Mavzu: Bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari Reja



Yüklə 111,62 Kb.
səhifə4/4
tarix19.04.2023
ölçüsü111,62 Kb.
#100466
1   2   3   4
ABDUMUMINOVA ISMIGUL

EMOTSIONAL(HISSIY) SOHA

Nisbatan yaxshi hissiy barqarorlik va ta’lim motivatsiyasiga erishish(o’ynash va raqobatlashmaslikdan ko’ra o’rganish hissi)

  1. IJTIMOIY SOHA

Bolaning boshqa bolalar bilan muloqot qilish zaruriyati va bolalar guruhlarining qiziqishlari va qonun-qoidalarga bo’ysinish qobilyati,maktab sharoitida o’quvchining ijtimoiy rollini bajarish ko’nikmasi.
Ota-onalar bolalardagi o’ziga xosliklarni qanchalik chuqur bilsalar ularga o’rgatishni muvaffaqiyatli tashkil qila oladilar
Xulosa qilib aytganda bolaning maktabga psixologik tayyorligi keng va mukammal bo’lib rivojlangan bo’lishi kerak.Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak,uylaymanki ular kelajakda vatanga sadoqat ruxida,yetuk inson bo’lib yetishadi.
Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari.
Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash bu tekshiruv juda zarur.
U oila uchun bolaning qaysi jihatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti
yoshlining muvaffaqiyatlari va kamchiliklariga qanday yondashishda, shu
maqsadda u tarbiyachilarga, qolaversa, 1-sinf o‘qituvchilari uchun ham kerak.
Bolani o‘qitish uchun uni har tomonlama bilish kerak. Afsuski, bugungi kunda
tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini oqlamagan turli xil shakllarni
ko‘pligi ta’lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarni maktabga
tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmoqda. Masalan, ayrim maktablarda
bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini
belgilovchi asosiy ko‘rsatgich sifatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va
undan ham oshiq so‘z) ilgari surilmoqda. Vaholanki, bu ko‘nikma maktabgacha
ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o‘qishga o’rgangan bo`lsa
yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida qabul qilinmasligi
kerak.
Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim lishga
tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari
berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning
barchasini qo‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o‘tkazishni
majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suhbat yoki o‘yin tartibida olib borgan
ma’qul. Toki bola o‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan
savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini
so‘ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan
ma’qul. Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim.
Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy
bo‘lgan hamda ota-onalarning ham bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola
rivojlanishidagi ayrim jihatlarni chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy
tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi:
1. Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi.
2. Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish
suhbati;
- Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar;
- Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ).
3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi:
- bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma
(mativatsion tayyorgarlik);
- bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma;
- bolalarning ogzaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi
savolnoma.
4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllari:
- ko‘rish xotirasi;
- eshitish xotirasi;
- mazmun xotirasi;
- tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji;
- ogzaki – mantiqiy fikrlash rivoji;
- ma’lum joyda, hududda mo‘ljal olish rivoji;
- matematik tushunchalari rivoji;
- tasvirlash faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va uddalashi rivoji;
- o‘zi va o‘zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash.
Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash.
Maktabga qabul qilinishdan oldin barcha bolalar o‘z yashash joylaridan bolalar
poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bo‘yicha shifokorlardan iborat bo‘lgan
tibbiy komissiya tekshiruvidan utishi shart. Ular bolaning sog`ligi va maktabga
tayyorgarligi haqida o‘z xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta bahorda
o‘tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida
dispanserizatsiyada to‘ldirib olish imkonini beradi. Harakatning asosiy turlari, qo‘l
muskullari sport o‘yinlarining oddiy ko‘nikmalari, harakat sifati rivojlanganligini
musobaqa, estafeta tarzida o‘tkaziladigan sport va harakatli o‘yinlar davomida
tekshirish mumkin.
Bolaning shaxsiy–psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash.
Tashxislash suhbati savollari:
1. Familiyangni, ismingni, otangni ismini ayt.
2. Ota – onangning familiyasi, ismi, otasining ismini ayt.
3. Sen qizmi yoki o‘g‘il ? Katta bo‘lsang kim bo‘lasan: xolami, tog‘ami?
4. Sening akang (opang) bormi, kim katta ?
5. Yoshing nechada ? Bir yildan keyin nechaga kirasan, iki yildan keyin- hi?
6. Hozir ertalabmi yoki kechqurun(kunduzimi yoki ertalabmi)?
7. Sen qachon nonushta kilasan-kechqurunmi, ertalabmi? Tushlikni ertalab
qilasanmi, kunduzimi? Tushlik oldin bo‘ladimi yoki kechki ovqat?
8. Sen qayerda yashaysan? Uy manzilingni ayt ( Qanday mamlakatda?
Prezident kim? Vatanimizning bayrog‘ini, gerbini ko‘rsat va boshq.)
9. Otang (onang) kim bo‘lib ishlaydi?
10. Rasm chizishni yaxshi ko‘rasanmi? Bu qalamning (lentaning, ro‘molning)
rangi qanaqa?
11. Hozir yilning qaysi fasli – qishmi, bahormi, yozmi, kuzmi? Nega sen
shunday deb hisoblaysan?
12. Nega qor qishda bo‘ladi, yozda emas?
13. Haydovchi (shifokor, o‘qituvchi ) nima ish qiladi?
14. Maktabda qo‘ngiroq, parta nima uchun kerak?
15. O‘zingning o‘ng ko‘zingni, chap qulog`ingni ( o‘ng yoki chap qo‘l bilan )
ko‘rsat. Ko‘z va quloq nima uchun kerak?
16. Qanday hayvonlarni bilasan?
17. Sen qanday qushlarni bilasan?
18. Nima katta: sigirmi, echkimi? Kushmi yoki asalari? Nimaning panjasi
katta: kuchuknikimi, xo‘roznikimi?
19. Nima katta: 8mi, 5mi, 7mi, 3 ? 3dan 6 gacha, 9 dan 2 gacha sana.
20) Bilmasdan birovning narsasini sindirib qo‘ysang, nima qilish kerak?
21. Uy telefonlaringning, onangning, otangning, buvingning ish joylaridagi
telefonlarning raqamini eslab ko‘r…
22. Agar ota-onang ( kechqurun va dam olish kunlari) uyda yo‘q bo‘lsa –
qayerda bo‘lishi mumkin?
23. Sen (katta do‘konda, bozorda, hayvonot bogida, seni majburan olib
ketganda, notanish ko‘chada ko‘p kishilik avtobusda, metroda va boshq.) adashib
qolsang, bunday holatlarda nima qilgan bo‘larding?
Kern-Irasek uslubi bo‘yicha tashxis o‘tkazish. Bolalarni tekshiruvdan
o‘tkazish 4 topshiriqdan iborat bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad
ulardagi maktab uchun zarur bo‘lan faoliyatlari rivojidagi, jumladan, bosh miya
chanog‘ini analitik va sintetik vazifalari, motorikalaridagi yetishmovchilikni
aniqlash. Kern-Irasek metodi bo‘yicha bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligi
darajasini aniqlash alohida yoki 10-15 boladan iborat guruh bilan bir vaqtning
o‘zida olib borilishi mumkin. To‘rtinchi topshiriq esa har bir bola bilan alohida,
maxsus ajratilgan xonalarda ajratiladi. Bolaga (yoki guruhdagi 10-15 bolaga)
oddiy qog‘ozdan toza bir varoq beriladi. Qog‘ozning yuqoridan o‘ng burchagiga
tadqiqot bilan qamrab olingan bolaning ismi, familiyasi, yoshi hamda tekshirish
o‘tkazilayotgan sana yozib quyiladi. Ish qog‘ozi tagiga qattiq qog‘oz
qo`yiladi. Qalam bolaning oldiga shunday qo‘yilishi kerakki, unga o‘ng va chap
qo‘l bilan ham olish o‘ng‘ay bo‘lsin. Tashxis o‘tkazish uch topshiriqdan iborat:
1. Odam rasmi. 2. Uch so‘zidan iborat, chizilgan qisqa ibora (U osh yedi).
3. Chizilgan nuqtalar guruhi. Varaqning yuz qismi birinchi topshiriqni bajarish
uchun ajratiladi. Birinchi topshiriqqa quyidagi yo‘riqnoma beriladi: «Bu yerga
(har biriga qaergaligi ko‘rsatiladi) biror-bir erkakning (tog‘angning) rasmini
bilganlaringizcha chizinglar». Shundan so‘ng tushuncha (yordam) berish,
rasmning kamchiligi va xatosi yuzasidan ogohlantirish taqiqlanadi. Boladan
tushadigan har bir savolga quyidagicha javob berish lozim. «O‘zing
bilganingday qilib chiz». Agar bola ishni boshlay olmay tursa, quyidagicha unga
dalda berish kerak: «Ko‘ryapsanmi, sen qanday yaxshi boshlading», «Chizishda
davom et». «Xola»ni chizsam bo‘ladimi? Degan savolga barchamiz tog‘ani
chizyapmiz deya tushuntirish kerak. Agar bola ayol figurasini chiza boshlagan
bo‘lsa, uni oxirigacha etkazishni kutib turib, keyin yonidan erkak kishining
rasmini chizishni so‘rash kerak. Bola rasm chizishni yakunlagach, ish qog‘ozi
teskari ag‘dariladi. Uning orqa tarafi ko‘ndalang chiziq bilan teng ikkiga bo‘linadi
(buni oldindan qilish ham mumkin). 2-topshirqni bajarish uchun 10-15 ta
kartochka (7-8sm ga 13-14 sm o‘lchamda) kerak bo‘ladi. Unga «U osh edi» iborasi
qo‘lyozmada yoziladi (harflar o‘lchami-1 sm, bosh harf-1, sm ). Ibora yozilgan
kartochka bolaning oldiga, ish qog‘ozdan sal yuqoriroqqa qo`yiladi. Ikkinchi
topshiriq quyidagicha izohlanadi: «Qaranglar, bu erda nimadir yozilgan. Sen hali
yozishni bilmaysan. Shuning uchun buni chizishga harakat qil. Yaxshilab ko‘rib
olgin, bu qanday yozilagn va varaqning yuqori qismiga (qaergaligini ko‘rsating)
xuddi shunday qilib yozing». Agar bolalardan birortasi qator o‘zunligi hisobini
ololmay uchinchi so‘zni sig‘dira olmasa, unga uchinchi so‘zni pastdan yoki
tepadan yozish mumkinligini aytish lozim. Yuqoridagi o‘lchamli kartochkalarni
uchinchi topshiriqni bajarish uchun ham tayyorlab qo‘yish kerak. Ulardan nuqtalar
guruhi tasvirlangan bo‘lib, ular oralig‘i vertikal va gorizontal bo‘yicha – 1 sm,
nuqtalar diametri-2mm: Bola 2-topshiriqni bajarib bo‘lgan birinchi kartochka
undan olinib, o‘rniga ikkinchi (nuqtalari bor) kartochka shunday qo`yiladiki, unda
nuqtalar orqali tasvirlangan besh burchakli o‘tkir burchagi pastga qaragan bo‘lishi
kerak. Uchinchi topshiriqqa quyidagicha yo‘riqnoma beriladi: «Bu yerda nuqtalar
chizilgan. Xuddi shunday qilib varaqning pastki qismiga (qayergaligini ko‘rsating)
o‘zing chizishga harakat qil».
Natijani baholang. Har bir topshiriq ballar bilan baholanadi:
1 – eng yaxshi baho, 5 – eng yomon baho. Besh ballik tizimda baholashning
namunaviy mezonlari rasmlarda ko‘rsatilgan. 1-topshiriq (odam rasmi)
1 ball-chizilgan figurada bosh, gavda va qo‘l-oyoqlar bo‘lishi lozim. Boshni
gavdaga bog‘lovchi bo‘yin (u gavdadan katta bo‘lmasligi kerak). Boshda soch
bo‘lishi (yoki do‘ppi, telpak), quloq bo‘lishi, yuzda ko‘z, burun, og‘iz bo‘lishi
kerak. Qo‘l 5 ta barmoq bilan. Erkak kishi kiyimi belgilari.
2 ball – 1balga qo‘yilgan talablarning barchasi. Uch qismning tushib qolishi
mumkin: bo‘yin, soch, qo`lning bitta barmog‘i, biroq yuzdagi hech
bir a’zoning tushib qolishi mumkin emas. 3 ball – rasmdagi figurada bosh, gavda,
qo‘l-oyoqlar bo‘lishi kerak. Qo‘l va oyoqlar ikki chiziq
bilan chizilishi lozim. Bo‘yin, quloq, soch, qo‘l panjalari bo‘lmasligi mumkin.
4 ball – oddiy bosh rasmi qo‘l-oyoqlar bilan. Qo‘l va oyoqalar bir chiziq bilan
tasvirlangan. 5 ball – gavda va qo‘l-oyoqlarning aniq tasviri yo‘q.
2-topshiriq (yozilgan matnni chizish). 1 ball – bola tomonidan chizilgan
iborani chizish mumkin. Harflar namunadagiga nisbatan 2 baravar katta. Harflar
uchun so‘zni hosil etgan.Qatorlar to‘g‘ri chiziqdan 300dan ko‘p
og‘magan. 2 ball – gapni o‘qish mumkin. Harflar kattaligi namunaga yaqin, ular
tikligi shart emas. 3 ball – harflar kamida ikki guruhga bo‘lingan bo‘lishi lozim.
Hech bo‘lmaganda 4 ta harfni o‘qish mumkin. 4 ball – namunaga hech
bo‘lmaganda 2 ta harf o‘xshashi kerak. Barcha harflar guruhi hali yozuv
ko‘rinishiga ega emas. 5 ball – chiziqlar tasvirlanmagan, tushunarsiz.
3-topshiriq (nuqtalar guruhini chizish). 1 ball-berilgan namunaga qarab aniq
bajarilgan. Nuqtalar chizilgan, aylanar emas. Gorizontal va vertikal bo‘yiga
simetriya saqlangan.Figuralar qanchalik kichik bo‘lsa ham
mayli, biroq katta bo‘lsa yarim barobardan oshmagan bo‘lishi kerak.
2 ball –simmetriyada unchalik ahamiyatli bo‘lmagan kamchilik bo‘lishi mumkin:
bitta nuqta tikkasiga yoki eniga qolganlaridan chiqib qolgan yoki nuqta o‘rniga
aylana chizilgan bo‘lishi ham mumkin. 3 ball-nuqtalar guruhi namunaga qo‘pol
ravishda o‘xshash. Barcha figuralarda simmetriya buzilgan bo‘lishi mumkin.
Beshburchakning o‘xshash, uchi pastga yoki tepaga qaragan shakli
saqlangan bo‘lsa. Nuqtalar soni ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin (7 tadan kam
emas, 20 tadan ko‘p emas). 4 ball – nuqtalar to‘p bo‘lib joylashgan bo‘lib, ular har
qanday geometrik figurani eslatishi mumkin. Nuqtalar kattaligi va soni ahamiyatli
emas. 5 ball –noaniq chiziqlar. Bajarilgan alohida topshiriqlar ballari yig‘indisi
tekshirishning umumiy natijasini belgilaydi.
4-topshiriq (yig‘ma fikrni tekshirish).
Maqsad: bolaning fikrlash amaliyoti, mantig‘i, lug‘at boyligi rivojlanganligi
darajasi va boshqalarni aniqlash.
1. Qaysi hayvon katta: otmi yoki it. a) ot- 0 ball b) it-(-5) ball
2. Ertalab biz nonushta qilamiz, kun yarmida (yoki tunda…) a) tushlik
qilamiz… biz osh, go‘sht yoki nimadir yeymiz - 0 b) peshinlik, kechki ovqat
eymiz, uxlaymiz va boshqalar – (-3).
3. Kunduzi yorug‘ , kechasi…
a) qorong‘u – 0 b) noto‘g‘ri javob – (-4).
4. Osmon ko‘m-ko‘k , o‘t… a) yashil 0.b) noto‘g‘ri javob – (-1).
5. Gilos, nok, olxo‘ri, olma- bular nima? a) mevalar – 1.b) noto‘g‘ri javob –
(-1).
6. Nega poezd o‘tmasdan turib, uning yo‘li yoniga shlagbaum to‘siladi?
a) poezdning tagiga hech kim tushib ketmasligi, falokat yuz bermasligi uchun – 0.
b) noto‘g‘ri javob – (-1)
7.Toshkent, Samarqand, Chirchiq (tanish shaharlar aytiladi) nima ular?
a) shaharlar-1. b) bekatlar – 0. v) noto‘g‘ri javob – (-1).
8. Soat necha (soatdan to‘g‘ri kelgan soatining 18, 15, 19, 55, 11, 5
minutlarini ko‘rsating)? Bola soatini o‘zi belgilasin.
a) agar barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 4. b) agar bilmasa – 0. v) agar bir
martaginasi to‘g‘ri bo‘lsa – 3.
9. Kichik sigir-bu buzoqcha, kichik it- bu…, kichik qo‘y-bu….
a) kuchukvachcha, qo‘zichoq –4. b) ikkalasidan bittasi –0. v) noto‘g‘ri javob –
(-1).
10. It ko‘proq mushukka o‘xshaydimi yoki tovuqqa? a) mushukka (nimasi
bilan ular bir xil), chunki unda ham to‘rt oyoq, jun, tirnoq bor
(hech bo‘lmasa bitta o‘xshash joyini aytsa – 0). b) o‘xshash belgilarisiz aytsa – (-).
v) agar tovuqqa desa-(-3).
11. Nega barcha avtomobillarda tormoz bor? a) tog‘dan tushayotganda,
burilishda uni sekinlatish uchun (ikkita sabab) – 1.
b) bitta sabab-0. v) noto‘g‘ri javob-(-1).
12. Bolg‘a bilan bolta nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi? a) agar ikkita
umumiy belgisi (taxta, temir, mix qoqish mumkin, asboblar, orqa tomoni yassi)
aytilsa – 3. b) agar bitta belgisi aytilsa – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
13. Olmaxon bilan mushuk nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi? a) agar
ikkalasining ham ikki umumiy belgisi (oyog‘i, juni, daraxtga chiqib yurishi kabi)
aytilsa-3. b) agar bitta o‘xshash jihati aytilsa – 2. v) noto‘g‘ri javob-0.
14. Mix nimasi bilan vintdan farq qiladi? Agar stolda, sening yoningda
ikkalasi ham yotgan bo‘lsa sen ularni qanday bilasan?
a) rezbasidan (bolaning tushuntirishi) – 3. b) vint buraladi, mix qoqiladi, vint
gayka, mixda esa qalpoqcha bor – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
15. Futbol, suvga sakrash, tennis, suzish, gimnastika – bu nimalar?
a) sport jismoniy madaniyat – 3. b) o‘yinlar, mashqlar, musobaqalar – 2.
v) noto‘g‘ri javob – 0.
16. Sen qanday transport vositalarini bilasan? Agar «u nima» deb so‘rashsa
«Bu minib harakatlantiriladigan narsalar» deb javob qaytarish kerak.
a) agar erda yuradigan 3 ta transportni va samolyot, kemani aytsa – 4.
b) agar faqat erda yuradigan uchta transport vositasini aytsa yoki tushuntirishdan
so‘ng barchasini sanab bersa – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
17. Keksa kishi nimasi bilan yosh kishidan ajralib turadi? Ular o‘rtasida
qanday farq bor? a) uchta belgisi (ajinlar, yomon ko‘radi yoki eshitadi, oq sochi va
soqoli bilan) – 4. b) bir-ikki belgi uchun – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
18. Odamlar nima uchun sport bilan shug‘ullanadilar? a) ikkita sababga – 4.
b) bittaga – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
19. Kimdir ishdan bosh tortsa nega bu axloqsizlik, noto‘g‘ri, yomon deyiladi?
a) qolganlar u uchun ishlashi kerak (mazmuni: kimdir jabr chekadi) yoki
dangasalik qilyapti hech narsa sotib ololmaydi deyilsa – 2. b) noto‘g‘ri javob- (-2).
20. Nima uchun xatning ustiga marka yopishtiriladi? a) xatni pochta orqali
jo‘natish uchun – 5. b) agar jarima to‘lanish kerak bo‘lsa – 2.
v) noto‘g‘ri javob – (-2). Natijalarni ishlash quyidagi sxemalar bo‘yicha olib
boriladi: ballarning summasi alohida savollar bilan aniqlanadi.
Yig‘ma fikr rivojlanganligining birinchi darajasini +24 va undan baland.
Ikkinchi daraja +14 dan +23 gacha- o‘rta yuqori. Uchinchi daraja 0 dan +13 gacha
– o‘rta (me’yor). To‘rtinchi daraja (-1) dan (-10) gacha – past. Beshinchi daraja (-
1) va undan past –juda yomon.
«Grafik diktant». O‘quv topshirig‘ini qabul qilish, o‘quv amaliyotini
bajarish, ya’ni ixtiyoriy (erkin) e’tibor rivojlanganligi darajasini aniqlash uchun
L.A.Venger metodikasi bo‘yicha tashxis o‘tkazish.
Yo‘riqnoma:
– Katakli daftar varog‘idan olish va bolaga chiroqli naqshlar chizishni o‘rgatishni
taklif etish. – Men senga chiziqni qanday tortishni aytaman, sen men aytgandek
qilib chiz. – Sen o‘ng qo‘ling qayerdaligini eslaysanmi?. To‘g‘ri, bu o‘sha qalam
ushlab turgan qo‘ling. Qani uni yonga cho‘z-chi. Qayerni u ko‘rsatib turibdi
(eshikni va boshq). – Demak, men qachon chiziqni o‘ng tomonga tortinglar desam
sen eshik tomonga qaratib chizasan. – Chap qo‘ling qaerni ko‘rsatyapti? (derazani
yoki boshq). -To‘g‘ri. Men qachon chap tomonga, desam sen chiziqni deraza
tomongan tortasan. – Men faqat qaysi tomonga chiziqni chizishni aytmay, balki
uning o‘zunligiga qancha ya’ni, bir katak yoki ikki katak bo‘lishini ham aytaman.
– Faqat men aytgan narsani chizinglar. Chiziq tortayotganingda to‘xtab, kutib tur,
qachon men yangi chiziqni qanday chizishni aytganimdan so‘ng oldingisi
to‘xtagan joydan boshlash kerak. Bolaga naqshni qaerdan boshlab chizishni
ko‘rsatish (varaqning ustki chap burchagidan, chekkasidan biroz joy tashlab) va
aytib turish kerak: bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha
pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga.
Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Endi o‘zing
xuddi chizganingga o‘xshatib davom ettir. «Diktant» to‘g‘ri bajarilgan holda
quyidagi naqsh hosil bo‘lishi kerak: Agar bola xatoga yo‘l qo‘ysa, tuzating: Bu
naqsh mashq uchun edi. Bola uni chiza turib yo‘riqnomani tushunishi kerak.
Mustaqil chizishni davom ettirayotganida uni oxirigacha etkazish zarur.
Naqsh oxiriga etgach, bolaga navbatdagi naqshni qaerdan boshlash kerakligini
ko‘rsating va aytib turing: -Ikki katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga. Bir katak
yuqoriga. Ikki katak chapga. Ikki katak pastga. Bir katak o‘ngga. Ikki katak pastga.
Ikki katak o‘ngga. Ikkita yuqoriga. Bitta o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Ikkita o‘ngga.
Bitta pastga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita pastga. Naqshni chizishni o‘zing davom
ettir. Endi chizish jarayonida hech qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berilmaydi va
xatolar tuzatilmaydi. Naqsh qatorini oxirigacha to‘liq chizib bo‘lingach,
quyidagilarni aytib turishni boshlang: – Ikki katak tepaga, ikki katak o‘ngga, bir
katak pastga, bir katak chapga («chapga» so‘zini ovozda alohida ta’kidlash kerak).
Bir katak pastga. Ikki katak chapga. Ikki katak tepaga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak
pastga. Bir katak chapga. Bir katak pastga. Chizishni o‘zing davom ettir:
Va, nihoyat oxirgi naqsh: – Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga.
Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak
chapga. Ikki katak pastga. Uch katak o‘ngga. Ikki katak tepaga. Bir katak chapga.
Ikki katak tepaga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak
pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Chizishni o‘zing davom ettir:
Har bir naqshning (mashq uchun berilganlaridan tashqari) bajarilish
darajasi. Naqshning aytib turilgandagisi hamda bola tomonidan mustaqil davom
ettirilib bajarilgani alohida-alohida baholanadi. Eng yuqori daraja, bu –naqshning
xatosiz chizilishi. Uni 4 ball bilan baholash kerak. Agar 2-3 ta xatosi bo‘lsa 3 ball
qo‘yiladi. Ko‘p xatolari bo‘lsa 2 ball. Agar to‘g‘ri chizilgan qismlardan, xato
chizilgan qismlar ko‘p bo‘lsa, bu holda 1 ball beriladi. Va nihoyat agar birorta
chizilgan qism bo‘lmasa 0 ball qo‘yiladi. Bola naqshni aytib turilganda bajarib 0
dan (agar butunlay noto‘gri bo‘lsa), 12 ballgacha (agar uch asosiy naqsh xatosiz
bajarilgan bo‘lsa) umumiy ball yig‘ishi mumkin. Tashxisning aynan ushbu usulini
tanlashimizning boisi – unda bolaning aqliy rivojlanishining barcha shakllari
qamrab olinadi: Bilish jarayoni (solishtirish ko‘nikmasi, umumlashtirish, tahlil
qilish, mustaqil xulosalar chiqarish va boshq..), obrazli fikrlash, bolaning mantiqiy
imkoniyatlari uning qanchalik aqliy rivojlanganligiga holis baho beradi. «Grafik
diktant» bolaning o‘quv topshiriqni qanday qabul qilishini, o‘quv harakatlarini
qanday bajara olishini aniqlashtiradi.
Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi:
Bolaning o‘quv faoliyatiga ilk zamin va ko‘nikmalarni egallaganligi va darajasini
aniqlash uchun J.Saidnazarova tomonidan tayyorlangan savollar jamlanmasi
tavsiya etiladi.
I. Bolaning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma
(motivatsion tayyorgarlik). Maqsad: Ushbu savolnoma shaxsining belgisi sifatida
unda mas’uliyat hissi qanchalik shakllanganligi darajasini, bolaning maktab
vazifasini qanchalik tushunib etganligini va uning maktabga munosabatini
aniqlaydi.
1. Sen maktab-maktab o‘ynashni yaxshi ko‘rasanmi? (bolaning maktabga
munosabati va unda o‘qishga xohishi).
2. Bu o‘yinda sen kim bo‘lishni xohlaysan: o‘qituvchimi, o‘quvchi? (savol
bilim manbai sifatida o‘qituvchi bo‘lish istagi sababini va bilim olishga intilish
sifatida o‘quvchi bo‘lish istagi sababini aniqlaydi).
3. O‘qish –bu qiyinmi yoki oson? Nima uchun? (savol bolalardagi ta’lim
olish jarayonibu ko‘p mehnat qilishi lozim bo‘lgan jarayon degan tushunchaga
oydinlik kiritadi).
4. Katta bo‘lganingda, sen o‘qituvchi bo‘lishni xohlaysanmi? (o‘qituvchi
bo‘lish yoki bo‘lmaslik xohishining asosli tushunib etilishi, o‘qituvchi kasbiga
uning munosabati).
5. Sen maktabga bora boshlansang, popkangga nimalarni joylab borasan?
(sanab o‘tgan narsalardan uning bilimi va maktabda nimalar bilan shug‘ullanishi
haqidagi tasavvurlarini aniqlash mumkin).
6. Maktabingga sen sevimli o‘yinchog‘ingni olib borasanmi? Uni qachon
o‘ynaysan? (savol bolalarning maktab tartib tizimi maktabda tanaffuslar bo‘lishi
haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi).
7. Nega ayrim bolalar maktabda yomon o‘qishadi? (bolalarda mas’uliyat
hissining shakllanganlishi, irodaviy tayyorgarligi darajasini oydinlashtiradi).
8. Maktabda o‘qish bolalar uchun nega kerak? (savol bolaning bilim olishga
bo‘lgan intilishini aniqlaydi).
9. Agar senga o‘qituvching «2» qo‘ysa, sen xafa bo‘lasanmi? Nega? (salbiy
bahoga bola munosabatining asosi).
10. Maktabda sen qanday baholar olishga harakat qilasan? Buning uchun
nima qilish kerak? (bolaning ijobiy va salbiy baholar haqida bilishi).
II. Matematika bo‘yicha ilk tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma.
Maqsad: Bola tafakkuri rivojlanganligi darajasini, mashg‘ulotlarda olgan
bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni aniqlaydi.
1. Qara, atrofimizdagi kvadrat shaklidagi va to‘g‘ri burchak shaklidagi
narsalarni ayt?
2. Kvadrat to‘g‘ri to‘rtburchakdan nimasi bilan farq qiladi?
3. Kvadratni teng ikkiga bo‘l, undan ikkita to‘g‘ri burchak hosil bo‘lsin.
4. To‘g‘ri burchakni bo‘l, undan ikkita kvadrat hosil bo‘lsin.
5. Kvadrat aylanadan nimasi bilan farq qiladi?
6. Chap qulog‘ingni o‘ng qo‘ling bilan ko‘rsat.
7. Mening chap qo‘limni ko‘rsat.
8. Shkaf qayerda (chapda, o‘ngda) turibdi?
9. 8 sonidan keyin qanday son keladi?
10. 5 soni kattami 6 soni? Necha marta katta?
11. Ikki soni kichikmi 3? Necha marta?
12. 10 va 2 sonlari ishtirokida ayirish amalini bajarish uchun topshiriq
shartini tuz.
13. Temur stakandagi sutning yarmini ichdi, Barchinoy to‘liq. Kim ko‘p
ichdi?
14. Qanday qilib 5 ni har xil qilib hosil qilish mumkin?
15. Baland va past daraxtni chiz.
16. Xonamiz enini qadaming bilan o‘lcha.
III. Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish).
Maqsad: Bolalarning tovushlar, so‘zlar va so‘z birikmalari haqidagi bilim va
tasavvurlarini, ularning so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajaratish hamda berilgan so‘zlardan
gap tuzishni bilishini aniqlash.
1. «Chiroyli stol» so‘zi ishtirokida gap tuzish.
2. «Ruchka» chiqib so‘zi bilan so‘z birikmasi o‘yla.
3. Koptok haqida imkon qadar ko‘p so‘z ayt.
4. «Bolalar maktabga kelishdi. Ular sinfda o‘tirishibdi. Dars boshlandi. Bir
o‘quvchini doskaga chaqirishdi». Bu hikoyada nechta gap bor.(Har bir gapni
uchburchak bilan belgilang. Qancha uchburchak bo‘lsa, demak shuncha gap
bo‘ladi.)
5. «Mashina», «oshxona» so‘zlarini bo‘g‘inlab ayt.
6. «Bahor keldi» so‘z birikmasidan gap tuz.
7. So‘z nimadan tashkil topgan?
8. Gap nimadan tashkil topgan?
9. Xonadagi «O» tovushi bor narsalarni ayt (boshqa tovushlarni ham aytish
mumkin).
Savollarga javoblarni baholash mezonlari (J.Saidnazarova).
1. Agar bola savollarga to‘liq javob bersa-bu 100 % hisoblanib, + belgi bilan
belgilab qo‘yiladi.
2. Agar bola savollarining yarmiga javob bersa- bu 50% hisoblanib X belgisi
bilan qayd etiladi.
3. Agar bola savollarning yarmidan ozrog‘iga javob bersa-bu 25 % hisoblanib
/ belgisi bilan qayd etiladi.
4. Agar bola har bir testning 2-3 savoliga javob bergan bo‘lsa bu ko‘rsatkich
me’yordan past hisoblanib, - belgisi bilan qayd etiladi. Bolada o‘quv faoliyatiga
tayyorgarlikning ilk zamini shakllanganligini (umumlashtirish, uyg‘unlashtirish,
solishtirish, ajratish, xulosa chiqarish va boshqa bilish) aniqlash uchun yuqorida
ko‘rsatilgan tashxislashning asosiy shakllaridagi topshiriqlar ko‘zda tutilgan edi.
O‘tkazilgan tashxislash suhbati, Kern Irasek metodi bo‘yicha to‘rt topshiriq,
shuningdek A.A.Venger metodikasi bo‘yicha «Grafik diktant» va
J.Saidnazarovaning o‘quv faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha savollar
jamlamasi natijalarining maktab tayyorgarligining solishtirilishi va tahlili bolaning
shaxsiy-ruhiy, aqliy va maxsus tayyorgarlik darajalarini holis belgilash imkonini
beradi, rivojlanishdagi qusurlarni aniqlaydi, bola shaxsi rivojining turli
tomonlarini (qobiliyat, iqtidori yoki qoloqligi) tekshirish (zarur bo‘lganda)
yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Tashxislashning qo‘shimcha shakllari.
1.Ko‘rib, yodda saqlash. Bolagabir minut davomida 7-10 ta bir-biriga
bog‘liq bo‘lmagan narsalarning, masalan, koptok, daraxt, avtobus, tuya, olma,
qulqop, kitob, piyola, zontik, kapalak rasmi ko‘rsatiladi. So‘ngra ular teskari
ag‘darilib qo‘yiladi, boladan ko‘rgan narsalarni aytib berish so‘raladi.
Agar bola bir daqiqa davomida xohlagan tartibida ko‘rgan narsalaridan 5, 7 yoki
10 tasini aytsa, demak bu eng yaxshi natija.
2. Eshitib yodda saqlash. Bolaga 2-3 soniya oralatib 7-10 ta, bir-biriga
bog‘liq bo‘lmagan narsalar nomini ayting va undan eslab qolganlarini takrorlashni
so‘rang. Uslubiyati xuddi ko‘rib, yodda saqlashning tekshiruvidagidek bo‘ladi.
3. Mazmunini yodda saqlash. Bolaga ma’lum bir mazmundagi hikoya (1-2
marta) aytib yoki o‘qib beriladi. So‘ngra boladan unda nima haqida
gapirilayotganligini aytib berish so‘raladi. Agar bola hikoyani so‘zma-so‘z aytsa,
demak, unda eshitib yodda saqlash rivojlangan, agar u hikoyani
o‘z so‘zlari bilan aytib, shu o‘rinda hikoyadagi asosiy narsani ajratsa, uning
mazmunini etkaza bilsa, demak unda mazmunini yodda saqlash rivojlangan.
4. Bolaning tasavvuri va ijodiy fikrlashi rivojlanganligini aniqlashda
Rorshax metodikasi bo‘yicha tashxislash yordam beradi.
Bu metodikani shvetsariyalik olim, doktor Rorshax ishlab chiqqanligi uchun uning
nomi bilan atalgan. Bolaga qog‘ozga simmetrik tarzda 10 ta siyox charejamasi
(tomchisi) havola etiladi. Tekshiruvdan o‘tayotgan bola har bir dog‘ga qarab,
xuddi mo‘saffo yoz osmonida so‘zib yurgan bulutlarning goho kemaga, goho
uchib borayotgan chavandozga o‘xshab ketishidek, ularning nimani
eslatayotganligini, ularni nimani ko‘rayotganligini aytib berish kerak. Bola
qarayotganda vaqtni cheklash tavsiya etilmaydi. Javoblarni izohlash, aniqlash juda
murakkab va mutaxassis-psixologlar tomonidan to‘liq amalga oshirilgan bo‘lishi
mumkin. Biroq nafaqat mutaxassislar, balki ota-onalar ham bolasida ko‘p narsani
ko‘rishi va bilishi mumkin. Mana bir necha misollar: agar 6-7 yoshli bola o‘zigi
taklif etilgan siyoh charejamasidan biron marta ham odamga o‘xshagan shaklni
uchratmagan bo‘lsa, Rorshax testi asosida bu bolada rivojlanish to‘xtab, uning
yon‐atrofdagi kishilar bilan munosabati juda-juda og‘ir yuzaga kelgan, deb xulosa
chiqarish mumkin emasmi? Agar shu yoshdagi bola aynan o‘sha dog‘larda turli xil
tuzilmalarni ko‘rsa demak, u o‘zida hissiyot shaklining, keng qulami o‘ylashning
rivojlanganligini namoyon etib, ranglarni qiziqarli qilib izohlaydi, talqin etadi.
Uning javoblarida odatiylik bilan o‘ziga xoslik o‘rtasida munosabat me’yorda. Bu
hol bola juda aqlli, ruhiy vazmin, o‘z salohiyatidan yengil va erkin foydalana
biladi, degan xulosa chiqarish nahotki haqiqiy bo‘lmasa.
agar bola dog‘larda hech narsa ko‘ra olmasa, demak, gap uning fikirlashi, asosan
tasavvuri past darajadaligiga borib taqaladi.
5. Bo‘lajak birinchi sinf o‘quvchilarining og‘zaki- mantiqiy fikrlashini
tekshirib ko‘rishni quyidagi topshiriqlar yordamida o‘tkazish mumkin:
Buning uchun: Qanday so‘z to‘g‘ri keladi? - qish oyi…(sentyabr, oktyabr,
fevral, noyabr, mart); - bir yilda …(24 oy, 3, 12, 4, 7);
-ota o‘z o‘g‘lidan…(katta, kichik, teng); -yo‘lovchilar transporti…(kombayn, yuk
mashinasi,avtobus, teplovoz). Ortiqcha so‘zni ayting:
-atirgul, lola, shahar, boychechak, rayhon; -daryo, ko‘l, ko‘prik, hovuz;
-qo‘g‘irchoq, sakragich, qum, koptok, lego; -stol, gilam, kreslo, krovat, stul;
-terak, qayin, arg‘uvon daraxti, atirgul tog‘ teragi; -tovuq, xo‘roz, burgut,
kurka;
-aylana, uchburchak, to‘rtburchak, ko‘rsatkich, kvadrat; -Sanjar, Iskandar,
Ho‘san, Mavluda, Burhonov; -son, bo‘linma, qo‘shilma, ayirish, ko‘paytirish;
-quvnoq, tez, g‘amgin, shirin, ehtiyotkor. To‘g‘ri ayt (og‘zaki-mantiqiy
fikrlash darajasi bir-biriga o‘xshash narsalarni chiqara bilish).
Masalan, «chinnigul» so‘ziga xuddi «bodiring»ga «sabzovot» qanday to‘g‘ri
kelganidek mos so‘z topishini tanlab olish kerak.
1. Bodring (sabzavot) - Chinnigul (begona o‘t, shudring).
2. Poliz (sabzi) – Bog‘ (devor, qo‘ziqorin, olma, quduq, o‘chirgich).
3. Soat (vaqt) – Gradusnik (oyna, katta, krovat, harorat, shifokor).
4. Mashina (motor) – Qayiq (dengiz, mayoq, elkanli kema, to‘lqin, quruqlik)
5. Stol (kotiba) – Pol (daryo, gilam, chang, taxtalar, mix).
Ularni umumlashtirib qanday so‘z bilan aytish mumkin?
-ola bug‘i, tovon baliq…; -bodring, pomidor…; -shkaf, divan…; -iyun, iyo‘l…; -
fil, chumoli…;
6. Ko‘rsat, rasmda qayerda aylana kvadrat ostida, kvadrat aylana ustida,
aylana kvadrat ustida, kvadrat aylana ostida, aylana kvadrat ustida va aylana
kvadratning chap tomonida, aylana va kvadrat ichida va boshqa.
7. Mantiqiy fikrlash: Bola oldiga uch qator, har birida to‘rttadan kartochkalar
qo‘yiladi-nuqtalar, qorchalar va tayoqchalar. Birinchi qatorda nuqtachalar,
ikkinchisida qorchalar, uchinchisida tayoqchalar chizilgan.
Birinchi va ikkinchi qatordagi kartochkalarni ko‘zdan kechira turib kattalar bolalar
bilan ularning 1 dan 4 gacha oshib borish tartibida qo‘yilganligiga ishonch hosil
qiladi.
Topshiriq: Tayoqchalar chizilgan uchinchi qatordagi kartochkalarni ham 1- va
2- qatordagi kabi joylashtirib chiqing.
8. Har bir kvadratga kerakli sonni yoz.
3 + = 8 4 + = 8 7 - = 4
9. Ikki qo‘shiluvchi sondan aylana va
uchburchak yordamida 5 soni tarkibini birinchi
qatorda ko‘rsatilganidek tasvirlang.
10. «Katta» (>) va «Kichik» (<) belgilarini to‘g‘ri qo‘y.
11. Sabzilarni sana. Quyonchalarning qaysi biri to‘g‘ri javobni tashlab turibdi.
X bilan belgila.
12. 3-va 5-kvadrat oralig‘idagi kvadrat ichida nechta aylana bor? X bilan
belgilang.
13. Beshinchi o‘rindagi narsani aylana ichiga ol.
14. Bir xil miqdorda olmalar bo‘lgan tovoqlarni bir-biri bilan bog‘la.
15. Topshiriqni yeching. Lobarda uchta shar bor edi. Bittasi yorildi. Qancha
shar qoldi? Chiz.
16. Quyonchalarning qo‘li nechta? Topshiriqni yech.
17. Uchta sichqonning nechta qulog‘i bor? Topshiriqning echimini yozamiz.
18. Yetishmayotgan shakl (chiz).
19. Sonni kvadrat bilan (qaysi birida shuncha narsaning rasmi bo‘lsa)
birlashtir.
20. Uchburchakka quyida chizilgan narsalardan bitta kam bo‘lgan miqdorda
aylanalar chiz.
21. Gultuvaklardan oltita guli borini aylanaga ol.
22. Bolalardagi tasvirlash faoliyati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasini
tekshirish uchun topshiriq.
Bolalarning sovuq va iliq ranglarini, ko‘z, bahor, yoz va qishning o‘ziga xos
ranglarini biladigan, aniq ajratadiganlarini aniqlash.
-To‘q qizil, jigarang, yashil va ko‘m- ko‘k rangli suratlarni toping.
-Qalam, bo‘yoq (akvarel, guash), flomaster, barmoq, kaftga chizilgan
suratlarni ko‘rsating.
-Rasmlarni (rasm aralashib yotibdi) quyidagi tartibda joylashtir: portret,
peyzaj, natyurmort.
-Fotosuratlardan kichik shakldagi haykalchalarni, (loydan yasalgan
o‘yinchoqlar) monumental haykal (yodgorlik) qayerdaligini ko‘rsat.
- Shahrimizdagi yoki qishlog‘imizdagi maydon va yodgorliklarni aytib ber.
- Qaysi rassom va bezakchi rassomlarni bilasan (Tansiqboev, Kamoliddin
Behzod, Abdullaev, M.Nabiev, Repin, Ayvazov.)
- Odamni, hayvonni harakatda va yer usti hamda er osti, havo, suv, kosmik
transport rasmini chiz.
- Butun bo‘lakdan kuchukcha yasa.
- Qog‘ozdan do‘ppi, kema, stakan kabilarni yasa.
- Pape-mashe (qog‘ozdan biron-bir buyum yasash piyola, lagan va h.) usuli
bilan qanday qilib piyola yasashni aytib ber.
- To‘g‘ri burchak va kavdratdan qaychi yordamida boshqa geometrik shakllar
qiling (kvadrat-aylana, to‘rtburchak-oval.).
- Fotosurat yoki chizmalardan metro-ertaqlar saroyini qur.
- Gugurt qutisidan kley yordamida mashina, uy yasa.
23. Odam rasmini chiz. Keksa kishini, Bolani (o‘g‘il yoki qiz bola).
24. Odam rasmini chiz. U chopyapti U o‘tiribdi.
25. Majnuntol, terak va archa rasmini chiz.
26. Ranglarni bo‘yab chiq, qanday rang paydo bo‘ldi?
Sariq + ko‘k =
Qizil + ko‘k =
Sariq + qizil =
Qizil + oq =
27. Chiz. Natyurmort Portret Peyzaj.
28. Sana, nechta kvadrat (4). Sana nechta to‘rtburchak (3)
29. Sana qancha uchburchak (5). Aylana qancha (5)
30. Tasvirlash faoliyatida o‘zini namoyon etish va unga munosabati.
Bolalar rasmiga qaraymiz… Ayrimlar o‘ylaydiki, bular hech narsani anglatmaydi,
shunchaki chizilgan birinchi mashg`ulot faoliyati. Biroq bu faoliyat boshqalardan
ko‘ra ko‘proq bolani namoyon qiladi, uning atrof-olamga munosabatining ko‘plab
jihatlarinin ochib beradi. Misollarda qarab ko‘ramiz: Olti yoshli bolaga «Mening
oilam» mavzusida rasm chizishni taklif qiling:
-jon-jon deb ishga kirishdi-u o‘zi yashaydigan o‘yini sevadi;
-oilasini chizishdan bosh tortdi-bu noxush xotiralar bilan bog‘liq;
-kimni birinchi bo‘lib chizsa-bola uchun aziz inson;
-o‘zini yirik qilib chizsa uyda unga ko‘proq ahamiyat berishadi, kattalar
diqqat markazida;
-aksi bo‘lsa-oiladagi ahamiyatsizliginin ko‘rsatadi;
-katta ona va kichik ota-oilada ruhiy muvofiqlik buzilgan. ona ahamiyatli;
-barcha figuralar juda kichik bo‘lsa- bola ziqlik, ezilganlik, tashvishlilik
holatlari mavjud; -jinsiy alohidalik hisobga olinmay chizilsa-jinsiy tarbiyaning
to‘xtab qolganligi;
- oyog‘i katta bo‘lsa- oilada joyi borligi belgisi, oyog‘i kichik bo‘lsa-oilada
tutumning noqat’iyligidan darak;
-boshiga chiziqchalar tortilgan, go‘yoki bizga orqasini o‘girib turgandek
bo‘lsa-o‘ziga ketdi; -yopiq yuz-bola oilada bo‘lishni xohlamaydi;
-og‘zi labi katta va yorqin bo‘lsa-serjahllilik belgisi;
-qiz bola o‘zini kipriklarigacha chizsa-uni birovga yoqish yoqadi, katta
ehtiroz kuchi bor;
-to‘xtab-to‘xtab chizilganda yoki chizgan tasvirini obrazini ustidan chizib
tashlasa-bu kishi oldida qo‘rquv hissini tutayotganligi;
-barcha oila a’zolari alohida bo‘laqlarda chizilsa-oilada do‘stlik yo‘q,
ko‘pchilik begonalashib ketgan;
-televizor va gilamlar ham chizilgan bo‘lsa-ularga bola xayrixoh.
-yoritgich uskunalarini, kuyoshni chizsa-oilada issiqlik yo‘qligini boshidan
kechiryapti;
- oila o‘rniga oddiy uyni chizsa-uni zo‘rlash manbai sifatida qarab, borgisi
kelmayotganligidan darak;
-rasmda qo‘g‘irchoq yoki kuchukchaning rasmi bo‘lsa-oilada iliqlik
etishmaydi. bola hayvonlar va o‘yinchoqlar bilan muomala qilishga intiladi;
-ko‘pgina mayda narsalar-yaqinlar bilan munosabat etarli emas;
-ko‘p qora chiziqlar-tashvishlanishni boshdan kechirmoqda;
-rangli qalamlarni ishlatishdan bosh tortsa-tashvishli va o‘zini past baholaydi;
-bola o‘zini o‘rtaga chizsa – demak o‘zini eng ahamiyatli, agar qog‘oz pastiga
chizsa – eng qaram deb hisoblaydi.
Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati.
Har bir ota-ona farzandining hayotda o‘z o‘rnini topishini xohlaydi. Lekin hamma
ota-onalar ham bolani maktabga qanday tayyorlash, unga nimalarni o‘rgatish
kerakligini bilavermaydi. Bolani maktabga tayyorlashning quyidagi ikki usuli
mavjud:
bolani oilada maktabga tayyorlash;
Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabga tayyorlash.
Bundan tashqari bolaning maktabga moslashishida ba’zi qiyinchiliklarga duch
kelinadi, bu qiyinchiliklar tibbiy, shaxsiy, ijtimoiy-psixologik, aqliy omillarga
bog‘lik. Ular o‘quv faoliyati jarayonida bartaraf etib boriladi.
5-7 yoshli bola organizimining faol yetishish jarayoni davom etadi. Bolaning
vazni oyiga o‘rtacha 200 gr, bo‘yi 0 0,5 sm ga o‘sa boradi. Tana (gavda)
tuzilishining imkoniyatlari o‘zgaradi. 6 yoshga kelib bolaning harakat jihatlari
yetarlicha yaxshi shakllangan bo‘ladi: u turli tezliklarda yura oladi, qadam bosishi,
tekis, yengil va tez yuguradi. U yugurib kelib sakrash, osilib (chirmashib) chiqish
kabi murakkab harakatlarni o‘zlashtirgan bo‘ladi. Uning musiqa
mashg‘ulotlaridagi harakatlari xilma-xil, ritmik va egiluvchan bo‘ladi. U o‘yin va
mashqlarda chaqqonlik, abjirlik, tezkorlik, merganlik kabi sifatlarni yaxshiroq
namoyon eta boshlaydi. Lekin shular bilan birga ularning asab tizimini
mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlari bulmish chaqqonlik, chidamlilik,
tezkorlik, kuchlilik, epchillik kabilarni yanada rivojlantirish lozim bo‘ladi.
Bolaning nafaqat o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishida, balki har qanday ishda
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlardan biri
chidamlilikdir. Bolani maktabga tayyorlashda navbatdagi muhim ish uni
shifoxonada shifokor tekshiruvidan o‘tkazishdir. Bolaning sogligi va jismoniy
rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar maktab uchun zarur. Maktab shifokori va
pedagog bolaning jismoniy rivojlanishi, kurish va eshitish darajasini hisobga olib,
uni o‘qishning dastlabki kunlaridayoq partaga to‘g‘ri o‘tkazishda, unga tegishli
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tavsiya etishda, shuningdek, bolaning xulqatvorini, axloqini bilib olib, har qaysisiga xos muomala topishda shu
ma’lumotlardan foydalanadi. Bola qanday yukumli kasalliklar bilan ogriganligi, u
qanday em-dorilar qabul kilganligi va kasalliklar oldini olish uchun nimalar qilish
kerakligini maktab shifokori bilishi lozim. Har yili 1-yanvardan boshlab,
shifoxonaning patronaj hamshirasi shu yili maktabga borishi kerak bo‘lgan
bolalarning uylariga borib, ota-onalarga bolalarini o‘zlari bilan birga olib borib,
uchastka bolalar shifokoriga ko‘rsatishlari lozimligini aytadi. Ota-onalar
hamshiraning taklifiga jiddiy qarab, paysalga solmay poliklinikaga borilari
kerak.Poliklinikada mutaxassis shifokorlar bolaning ko‘zi, qulogi, burni, tomog‘ini
tekshiradilar, tishini davolaydilar. Nutqida nuqsoni bo‘lgan (ayrim harflarni
noto‘g‘ri talaffuz etadigan, nutqi noaniq, duduqlanadigan va haqozo) bola
shifokor-logopedga yuboriladi. Bunday atroflicha tekshirishlar natijasida shifokor
ota-onalar qo‘liga bolaning shifoxonadagi shifokorlar ko‘rigidan o‘ttganligi haqida
Ma’lumotnoma beradi. Maktab shifokorining so‘rovi bilan shifoxona bolaning
shaxsiy ambulatoriya kartochkasini maktabga yuboradi. Bolalarini birinchi sinfga
beradigan ota-onalar bajaradigan tayyorlov ishlari mana shulardan iborat. Mana
shularni hisobga olgan holda bolani uyda qanday qilib sog‘lomlashtirish kerakligi
haqida to‘xtalib o‘tishimiz kerak. Shuning uchun ham zamonaviy sog‘lomlashtirish
tadbirlarini sanab o‘tamiz:
1. Avval qirovli, so‘ng qorli yerda yalang oyoq yurish;
2. Ochiq havoda badandan suv quyish;
3. Saunadan foydalanish;
4. Kontrastli dush;
5. Yurish uchun muzlatilgan sochiqdan foydalanish;
6. Relaksatsiya va meditatsiya o‘tkazish;
7. Bolaga individual yondoshish, magnit to`lqinlar davrida yengillatilgan
rejim bilan ta’minlash;
Biz bolaning sog‘lomlashishini quyidagi vazifalarning amalga oshirilishidan
kuramiz. Bolalardagi shamollash kasalligi asosan bolaning kiyimi va poyafzali
harorat rejimiga to‘g‘ri kelmasligidan kelib chiqadi. Demak, haroratni va kiyimni
doimo taqqoslab, kichkintoylar badani haroratning ko`tarilishi yoki pasayishiga
yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, bolalarning uxlashi va ovqatlanishi uchun
sharoitlar yaratish ham zarur. Bolalar sog`ligi uchun u yashayotgan shartsharoitlar, muhitni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlar hisoblangan
musiqa va hid terapiyasi juda ham muhim hisoblanadi. Bolaning eshitish qobiliyati, ko‘rishi,
ichak, jigar foliyati, jinsiy rivojlanishi qanday axvolda ekanligi va boshqalar. Faqat
diagnostik ma’lumotlargina oilada bolaga aniq individual yondoshishni
ta’minlaydi. Rejim – hamisha bolalarning to‘liq fiziologik rivojlanishining negizi
bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Sayrlar – fiziologlar va psixologlarning ilmiy dalillariga
ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bola bir kunda 6-13 ming harakat bajarar ekan,
jumladan, 6 mingdan kam bo‘lsa bolalarda qo‘laylikning buzilishi (diskamfort)
boshlanishi alohida ta’kidlanadi. Bola birinchi sinfga o‘qishga borar ekan, uning
maktab ta’limiga jismonan tayyor holda bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bolaning
o‘ziga nisbatan jismonan baquvvat, kuchli bolalar orasiga tushib qolishi unda turli
holatlarning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Tibbiy, psixologik – pedagogik
kuzatuv daftari maktabgacha ta’lim tashkilotining har bir tarbiyalanuvchisi uchun
alohida yuritiladi. Unda shu tarbiyalanuvchi bilan yil davomida o‘tkazilgan tibbiy
ko‘rik, psixologik-pedagogik tashxis xulosalari hamda uning maktabgacha ta’lim
Davlat talablari asosida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarining
ko‘rsatkichlari uzluksiz qayd etib boriladi:

  • Maktabga tayyorlov davri (6-7 yoshgacha).

  • Rivojlanish ko‘rsatkichlari:_____________________________

  • Antropometrik ma’lumotlar:

  • bo‘yi_____________

  • vazni_____________

  • Salomatligi:____________________________________________

  • Psixonevrolog:_________________________________________

  • Otoloringolog:_________________________________________

  • Oftalmolog:___________________________________________

  • Uyquning kechishi:_____________________________________

  • Ishtaxasi:_____________________________________________

  • Asab tizimining xususiyati:_______________________________

  • Nutq va nutqiy malakalari:_______________________________

  • Tovushning talaffuzi:___________________________________

  • So‘z boyligi:__________________________________________

  • Nutqi ifodali:_________________________________________

  • Nutqi ravon:__________________________________________

  • Gaplar tugallangan mantiqiy:_____________________________

  • Qisqa hikoya so‘zlab bera oladi:___________________________

  • Jismoniy rivojlanishi:___________________________________

  • Harakat:_____________________________________________

  • Mayda qo‘llar motorikasi:_______________________________

  • Ma’naviy axloqiy yetuklik:______________________________

  • Ma’naviy ko‘nikma:____________________________________

  • Madaniy gigiyenik ko‘nikma:____________________________ Har

qanday maktab yoshiga etgan (6-7 yosh) bola, avvalo tibbiy ko‘rikdan o‘tishi
lozim. Tibbiy ko‘rik orqali bolani maktabga aqlan, jismonan, ma’nan sog‘lom yoki
sog‘lom emasligini aniqlash orqali uni maktabga chiqishini yoki chiqmasligini
aniqlash mumkin.
Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni
jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari,
intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga,
mustaqillik goyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlash, ularni
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga
muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga
erishish «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi. Har bir oila
barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg`urishi lozim. Shu bois «Ta’lim to‘g‘ri
sida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamalkatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni
tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog‘lom avlodni
tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. Hech kimga sir emaski,
respublikada bolalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya tashkilotlariga jalb qilish kam
foizni tashkil qiladi. Bunday nomutanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam
qo‘ygan kundan boshlab ularning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim tarbiya
mazmuni, shakli, vosita va metodlarini engilashga alohida e’tibor berilmoqda.
Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida
rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar
ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha
yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch
dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha
ta’lim tashkilotlariga jalb etilmagan bolalarni ham rivojlantirish va yagona davlat
talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir
so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga etkazish asosiy maqsad qilib
belgilandi. Bu o‘zluksiz ta’lim tizimining ilk turi – maktabgacha ta’limga o‘ziga
xos yondoshuvni talab etar edi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va
jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash
vazifasi qo‘yiladi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomila orqali, so‘ng ta’limiy
faoliyatlar, o‘yinlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi. Bola har doim buyumlar,
hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi,
ushlab ko‘radi, nimagadir quloq soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarakatrof buyum va narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi
va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam
beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy faoliyat
usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni
ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma,
malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlarga bo‘lib, bor bilimlarni chuqur
egallab olishga yordam beradi. Pedagogika, psixologiya fani aqliy tarbiya
vazifalarini samarali hal etish birinchi navbatda bolaning imkoniyatlarini to‘g‘ri
foydalanishni, ikkinchi tomondan bola organizmining charchashiga sabab
bo‘ladigan ortiqcha zo‘riqish bo‘lmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri
tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to`la qonli aqliy rivojlanish ro`y beradi. Shu
sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab
muomala orqali so‘ng ta`limiy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarini
egallab olishlari, ularni aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli
o‘qishlari uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib, xizmat
qiladi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy
vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, ularning vazifasi,
sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi
to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
2. Bilishga dorir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol,
tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning
erkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlning
sinchikovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan
iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat usullari,
predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib
ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarga
aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha tizimli ta`limiy faoliyatlar olib
borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lum bir
tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni
rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan ta`limiy faoliyatlarni o‘tkazishni
rejalashtirish mumkin. Bular quyidagilar: «Sen ta’rifla, men topaman».
Didaktik vazifa – kattalarning savollariga narsaning xarakterli
belgisini ajratib va nomini aytib javob berish. O‘yin harakati – kattalarga
topishmoqni aytish. O‘yin qoidasi – ta’riflanayotgan narsani nomini aytish
mumkin emas. Tarbiyachining savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish.
Jixozlash – sabzavot va mevalarni stol ustiga qo‘yiladi.Tarbiyachi
stulini o‘simliklar ko‘rinmaydigan qilib qo‘yiladi. O‘yinning borishi – Tarbiyachi
bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini tanlang. Men sizdan uning
qandayligini surayman. Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlarning
javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman. Keyin tartib bilan tarbiyachi
savol beradi: «Shakli qanday?, Hamma tomoni shardek dumaloqmi?, Chuqurchasi
bormi?, Rangi qanday?» va boshqa. Bolalar savollarga tula javob berishadi.
Bolalar narsaning xarakterli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi
topishmoqni topadi. Ta`limiy faoliyatda, o‘yinda, tabiat burchagida va
maydonchadagi mehnatda, ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga
atrofdagi olamning turli-tumanligini, chiroyini ko‘rsatadi, o‘simlikning turli xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, o‘simlik va hayvonot olami haqida
elementar tushunchani shakllantiradi. Tarbiyachining hikoyasidan faolroq
o‘zlashtirib olishga bolalarning jozibali munosabati imkon beradi. Ta`limiy
faoliyatlarda, didaktik o‘yinlarda qo‘yilgan vazifani hal etishda bola buyum va
hodisalarning ayrim xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umumiy
xususiyatlarga, belgilariga qarab guruhlarga ajratishga, klassifikatsiya etishga
o‘rganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosalar chiqarishga o‘rganadi, bolalar
diqqati, xotirasi va ixtiyoriy idroki rivojlanadi. Ta`limiy faoliyatni, o‘yin vazifasini
hal etishda bola o‘zining xatti-harakatini tushuntiradi. Bu esa nutqining o‘sishiga
yordam beradi. Ta`limiy faoliyatlar,didaktik o‘yinlar davomida turli maktabgacha
yoshdagi bolalar ko‘p marotaba takrorlash orqali Maktabgacha ta’lim
tashkilotining ta’lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini o‘zlashtiradilar.
Tabiiy materiallar bilan uynaladigan o‘yinlarni tanlashtirishda tarbiyachi o‘yinning
mazmuni atrof muhitdagi tabiatdagi o‘zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim.
Masalan: «Urug sotib olish» o‘yini bahorda, «Hosil yigishtirish» esa yoz yoki
ko‘zda o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachining o‘zi ham ta`limiy faoliyat , o‘yinning
turlicha variantlarini uylashi mumkin: o‘yinga, ta`limiy faoliyatga qo`shimcha
vazifa, yangi rol, bolalarning atrofdagi tabiat haqidagi bilimlarini boyitishga va
boshqalar. Ba’zi bir xil didaktik o‘yinni turli variantda, turli yoshdagi bolalar
uchun tavsiya etiladi. O‘yinlar o‘simliklar, hayvonlar yoki boshqa predmetlarning
soni oshishi, turlicha qoida va o‘yin harakatlarining oshishi hisobiga
murakkablashadi. Masalan: paypaslab bilish uchun sabzi, bodring, olma va
boshqalar olish mumkin, keyinchalik shakli o‘xshash bo‘lgan meva va
sabzavotlarni kiritish mumkin. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga barg,
gullar bilan o`ynash ko‘pincha guruh xonasini, ovqat stolini bezash, guldasta,
barglarni kattalarga, kichik bolalarga sovg`a qilishga xohishlari bilan bog‘lanadi.
Bunday o‘yinlarni, ta`limiy faoliyatlarni o‘tkazishda bolalarni o‘simliklarga
nisbatan ehtiyotkorlik, gullarni bekordan-bekorga uzmaslikka o‘rgatish lozim.
Agar bola olma yoki boshqa predmetlarni shakliga diqqatini qaratgan bo`lsa, unga
olmani dumalatib ko`rish, koptokdek silab ko`rish, uning sillikligini aniqlashni
taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, kattalik tushunchalarini ishlatishga
o‘rgatish lozim. Xilma-xil tabiat hodisasi olamida bolalarning bevosita
Kuzatishlari uchun eng tushunarligi o‘simlik va uy hayvonlaridir. Maktabgacha
ta`lim yoshidagi bolalarni o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish jarayonida
bolalarda tabiatga nisbatan muhabbat tarbiyalanadi, hayvonlarni parvarishlashga,
o‘simliklarni o‘stirishga nisbatan istaklari tarbiyalanadi.
Xulosa
Hozirgi sharoitda bolalarning maktabga tayyorgarlik darajalariga
qo’yilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy chora-tadbirlarni ishlab chiqish
lozimligini taqazo etmoqda.
―O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limto’g’risida Nizom‖ ga
muofiq maktabgacha ta’limni bola uyda (ota-onalarning mustaqil ravishda ta’limtarbiya berishi orqali) yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan maktabgachata’lim
muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida,
maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda
oladi.Bu yerda ular haftada 5kun shug’illanishadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’illanuvchilar 6-7
yoshli bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlashda asosiy shart
hisoblangan maktabgacha bo’lgan hayot tarzi uning maktabda kechadigan
kundalik faoliyatga o’tishida bir ko’prik vazifasini o’tashi hamda oila yoki
bog’chadagi ta’lim-tarbiya sharoitlaridan umumiy o’rta ta’lim maktablarida
beriladigan ta’lim-tarbiya muhitga silliq o’tishini ta’minlashi zarurligini ham
hisobga olishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi hamisha uning
hayoti, xulqi, qiziqishi va kundalik munosabatlarida anchagina jiddiy
o’zgarishlarni yuzaga keltiradi.Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani
bog’chada yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida uncha qiyin
bo’lmagan bilim, tushuncha, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish, o’z
navbatida bolada kechadigan moslashuv davri jiddiy qiyinchiliklarsiz o’tishga
yordam beradi.

Yetakchi mutaxassislarning fikricha ―maktabga tayyorgarlik‖ tushunchasi


bolani maktabga tayyorlashning jismoniy, shaxsiy, (ruhiy), aqliy va maxsus
tayyorgarlik yo’nalaishlarini o’z ichiga oladi.
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog’lomligi,harakat ko’nikmalari sifati
ko’rish motorikasi va qo’l mushaklarining o’zaro muofiq tarzda rivojlanishi bilan
izohlanadi.
Shahsiy (ruhiy) tayyorgarlikda esa bolaning maktabgacha ta’lim
muassasasida tarbiyalanganligiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkinligi nazarda
tutiladi.Bunda bolada sharoitga ko’ra umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ta’limtarbiya borasida tegishli tasavvur va tushunchalaar shakllangan bo’ladi.Ulardagi
ana shu ruhiy tayyorgarlikni tarbiyachilar to’g’ri yo’nalishga sola bilishlari lozim.
Shuningdek, maxsus tayyorgarlik bolani ilk savodxonlikka o’rgatish va unda
maktabvning 1- sinf o’quv dasturi materiallarini yetarli darajada egallash haqidagi
tushunchani shakllantirishni nazarda tutadi.Shu o’rinda bir narsani ta’kidlash
lozimki, bolaga po’qishni ayniqsa tez o’qish va yozishni o’rgatish eng asosiysi
emas.
Eng asosiysi bolaning lug’at boyligini oshirish undan ongli faol foydalana
olishni, tovushni tiniq eshitishni, aniq talaffuz qilishni, tovushlarni so’zlardan
ajrata olishni ta’minlash va ―Uchinchi ming yillikning bolasi‖ dasturiga kiritilgan
ilk savodxonlik bo’yicha oddiy bilimlarni matematik tasavvurlarni egallashlariga
erishishdir.Agar bola maktabgacha tarbiya davrida har tomonlama rivojlangan
bo’lsa, u maktabda 1-sinf ta’limi jarayonida 2-3 oy davomida o’qish va yozish
texnikasini qiyinchiliksiz egallab oladi.Maxsus tayyorgarlikning asosiy
ko’rsatkichlari, bu faoliyatning tushinib yetilishi va erkinligi, ijodiy tasavvurning
rivojlanganligi hisoblanadi.Ushbu sifatlar bolada maktabgacha tarbiya davrining
so’ngida ilk savodxonlik, matematik tasavvurlarni rivojlantirish, o’ziga xos

faoliyatning yangi o’yin konstruksiyalash(qurish-yasash) chizish ko’nikma va


malakalarni egallash asosida shakllanadi.
Shuni unutmaslik kerakki, makktabga tayyorgarlik bolaninig hissiy hayotga
boy faoliyatini tashkil etishdan iborat.Bu jarayon qayerda uyda yoki qayerda
kechishidan qat’iy nazar bolaning kelajakdagi rivojiga asos bo’ladigan, uning
maktabgacha bolalik pallasidagi qiziqish va ehtiyojlarni qondiradigan yorqin,
yanada unitilmas voqea va ishlar bilan boyitilishi kerak.
―Uchinchi ming yillikning bolasi‖ tayanch dasturida bolalarni har
tomonlama rivojlantirish va maktabga tayyorlash uch yo’nalishdagi mashg’ulotlar
asosida olib borilishi joroiy etilgan.Ushbu dasturdan foydalanilgan holda qisqa
muddatli guruhlar maktab qoshida ochilgan tayyorlov, shanba, yakshanbalik va
boshqa noan’anaviy guruhlar uchun mashg’ulotlar soni aniqlanadi hamda haftalik
jadval tuziladi.Demak, farzandlarimiz oilada maktabga tayyor bo’lib kelishlari ham
dasturimizda belgilangan asosiy vazifasidir.
Biz tatqiqotimiz natijasida quyidagi natijalarni berishni maqsadga muofiq
deb bildik.
1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshdan boshlab
maktab ta’limiga tayyorlab borishni;
2. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi va maktab boshlang’ich
ta’lim o’qituvchilari maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va maktab
ta’limiga tayyorlashda ―Uchinchi ming yillikning bolasi‖ tayanch dasturi va
―Bolangiz maktabga tayyormi?‖ o’quv qo’llanmasi bilan mustaqil foydalana
olishlari lozim
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston. 2012.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. –T.:
O‘zbekiston, 1997.
3. Ўзбекистон Республикасининг Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. – T.:
O‘zbekiston, 1997.
4. O`zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risidagi”
qonuni O`.R.Q-595.16.12.2019 yil.
5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2017-2021-йилларда
мактабгача таълим тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари
тўғрисида”ги 2707-сонли Қарори. 2016 йил, 29 декабрь.
6. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Мактабгача
таълим муассасалари фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида” ги 528-
сонли Қарори. 2017 йил, 19 июль.
7. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Мактабгача таълим
тизими бошқарувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари
тўғрисида»ги ПФ-5198-сонли Фармони. 2017 йил 30 сентябрь.
8.“Ўзбекистон Республикаси мактабгача таълим тизимини 2030 йилгача
ривожлантириш Концепцияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг
“Ўзбекистон Республикаси мактабгача таълим тизимини 2030 йилгача
ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги 2019 йил 8
майдаги ПҚ-4312- сон Қарорига 1-илова.
9.“Умумий типдаги давлат ва нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари
тўғрисида” Низом. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019
йил 13 майдаги 391-сонли “Мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини
янада такомиллаштириш чора тадбирлар тўғрисида”ги Қарорига 1-илова.
10. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Bolalarni
boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish
chora tadbirlari” to`g`risida 132-sonli 9 mart 2020 yil.
11. Ўзбекистон Республикасининг илк ва мактабгача ёшдаги болалар
ривожланишига қўйиладиган давлат талаблари. Ўзбекистон Республикаси
Мактабгача таълим вазирининг 2018 йил 18 июндаги 1-мҳ-сон буйруғига
илова. https://nrm.uz.
12. “Илк қадам” давлат ўқув дастури. Тузувчилар: Грошева И.В.,
Евстафева Л.Г., Маҳмудова Д.Т., ва бошқалар. – Тошкент, 2018 йил.
11.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –
Tоshkent: Ilm ziyo, 2006.
13. Mavrulоv A. Ma`anaviy barkamоl insоn tarbiyasi. – Tоshkent:
135
O‘zbekistоn, 2008.
14.Egamberdieva N. Ijtimоiy pedagоgika. – Toshkent: A.Navоiy nоmidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxоnasi nashriyoti, 2009.
15. Қодирова Ф., Тошпўлатова Ш., Аъзамова М. Мактабгача педагогика.
– Тошкент: “Маънавият”, 2013.
16. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: Tafakkur
sarchashmalari, 2013.
17. Roziqova M., Umarova K., Murodova N. Maktabgacha ta’lim
muassasalarining tarbiyalanuvchilari uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar majmuasi. –
Toshkent, 2013.
18. Содиқова Ш.А. Мактабгача педагогика. – Тошкент, 2018.
19. Bolangiz maktabga tayyormi? – Toshkent, 2011.
Xorijiy adabiyotlar:
20.Researchining effective pedagogy in the eariy ears. Iram Siraj-Blatchford
and others. June 2002.
21.Axler S., F.W. Gehring: Graduate Tehts in the Mathematics. Springer.
March, 2009.
22.John. C. Sparks: The handbook of Essential mathematics. Air Force
Publication. March, 2006.
23.The National Strategies Primary: Numbers and Patterns. December, 2009.
24.Козлова С.А, Куликова Т.А. Дошкольная педагогика. – Москва:
Академия, 2002 .
1.Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasiSH.Fayzullayev
2.”Uchinchi mingyillikning bolasi”Tayanch dasturi.T.2002 y.
3.“Bolalarni maktabga psixologik tayyorligi”M.Rasulova
4.”Maktabga tarbiya metodikasi”P.Yusupov

Elektron ta’lim resurslari


www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. ziyonet. uz
4.www. edu. Uz


Yüklə 111,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin