Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Ayiqchamning oyog'i tushdi uzilib



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə100/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Ayiqchamning oyog'i tushdi uzilib,

Qarab turar ayiqchani ko'zi suzilib.

Ayiqchamni men juda yaxshi ko'raman,

Uzilgan oyog'ini o'zim tikib qo'yaman.

Tarbiyachi bu she'rni aytish bilan bir vaqtda matn mazmuniga taalluqli harakatlarni bajaradi, ayiqchaning uzilib tushgan oyog'i, ko'zini ko'rsatadi, bag'riga bosadi, tikish harakatini bajaradi. So'ngra bir bolani yoniga chaqirib, she’rni yoddan aytib turadi, bola esa harakatlarni bajaradi. Shu tariqa 2—3 bolani yoniga chaqirib, she’r matniga mos harakatlarni bajarishni taklif etadi. Keyin she'rni (harakatlarini ko'rsatish bilan) takrorlash uchun tez eslab qoladigan bolalarni chaqiradi. Bolalar she'rni harakatlarini ko'rsatish bilan aytib beradilar, tarbiyachi esa bolalarga ayrim so'zlarni, jumlalarni (agar esdan chiqarsa) aytib turadi. Mashg'ulotning oxirida bolalar ayiqcha bilan o'ynaydilar. Bu she'r ona tili mashg'ulotining boshqa turlaridan (didaktik o'yin, rasm yuzasidan suhbat va h.k.) farqli ravishda mashg'ulotning ikkinchi qismi sifatida rejalashtirilib, takrorlanadi. „Ajoyib xaltacha“ didaktik o'yini o'ynalib, mashg'ulot oxirida „Ayiqeha" she’rini takrorlatish mumkin.

Kichik guruhlarda yiliga 1—2 marta tanish she'rlarni, ovutmachoqlarni, ashulalarni bolalar xotirasida mustahkamlash uchun mashg'ulot o'tkazish mumkin. Masalan: „Ajoyib xaltacha" didaktik (ta'limiy) o'yini o'ynaladi. Xaltachaga bolalarga ilgari yod olgan she'r va ashulalaridan ma’lum bo'lgan o'yinchoqlar: ayiqeha, toychoq, mushuk, xo'roz, koptok, qo'g'irchoq va h.k. lar solinadi. Bolalar yarim doira hosil qilib o'tiradilar. Tarbiyachi o'yinchoqlar solingan xaltachani bolalarga ko'rsatib: Bolalar, bu nima? Uni silkitib, ichida nimalar borligini ayta olasizmi? — deb so'raydi. So'ng bolalar javobi tinglanadi.

Tarbiyachi: To'g'ri, kimki xaltachaning ichidan bitta o'yinchoqni olsa, shu

o'yinchoqning nomini aytib, u haqda she’r aytib beradi, deb aytadi va o'zi xalta ichidan bitta o'yinchoqni olib, u haqda yod olingan she’rni aytib beradi. So'ngra bolalarni yoniga bitta- bittadan chaqirib, xaltacha ichidan o'yinchoq olishni va u haqda she’r aytib berishni taklif etadi.

O'rta guruhda she’r yodlatishda yilning boshida kichik guruhdagi usullar: o'yinchoqni, buyumni, harakatJarni ko'rsatish usullaridan foydalaniladi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab o'yin usullari yoddan aytih berilgan she'r ustida suhbatlashish bilan almashinadi.

Katta guruhda mavzusi jihatdan turli xildagi: ona-Vatan, tabiat, bayramlar, kishilarning mehnatlari, bolalar hayoti, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi she’rlar yod oldiriladi. Bu guruhda tarbiyachining vazifasi faqat bolalarning she’rni yod oli^hlariga yordam berishgina emas, balki uni emotsional tarzda idrok qilishlariga erishish hamdir.

Bolalarni she’rni ifodali aytib berishga o'rgatishga alohida ahamiyat berish lozim. Tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarga bayramlar haqidagi she’rlarni sevinch ifodasi bilan, kuz haqidagi she'rlarni esa biroz g'amgin ohangda aytilish sabablarini tu- shuntiradi.

She’rni nutq o'stirishga doir bir necha mashg'ulotlarning ikkinchi qismida, ertalabki va kechki soatlarda takrorlash rejalashtiriladi. Quyida miso! tariqasida tayyorlov guruhlarida she'r yodlatish mashg'ulotining ishlanmasini keltiramiz.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin