Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


gaplarni to’g‘ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog’liqdir



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə103/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

gaplarni to’g‘ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog’liqdir.

Rasm bo'yicha ishlashda tarbiyachining asosiy vazifasi quyidagilar: 1) rasmni ko'rib chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o‘rgatish; 2) rasmda tasvirlangan narsa- buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan bog’langan nutq ustida

(savollarga javob berish va uncha katta bo’lmagan hikoyalar tuzish) mashq qilishga o'tish.

Bolalarni rasmlar bilan tanishtirish mashg‘uloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg'ulot asosan ikki qismdan iborat boladi:


  1. Savollar yordamida rasmni ko‘rib chiqish.


  2. Tarbiyachining namuna-hikoyasi bilan yakunlash.


Mashg’ulot uncha katta bo'lmagan kirish suhbati bilan boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda tasvirlanganlar to‘g‘risida bolalarning tasavvurini aniqlashdan va emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Tarbiyachining savollari mashg’ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, Shuning uchun savollarni oldindan puxta o'ylab olish muhimdir. Bolalarga beriladigan savollar tushunarli bo’lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug'dirmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalar rasm asosida ikki-uch so‘zdan iborat bo’lgan gaplar yordamida hikoya qilib berishga o'rganadilar. Rasmni ko‘zdan kechirish bolalar nutqining to‘g‘ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. Tarbiyachi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to‘g’ri aytishlarini nazorat qilib borishi kerak.

Tarbiyachi o‘z nutq namunasi, savollari, ko'rsatmalari bilan bolalarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so’zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. Kichik guruhlarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o‘yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvoniari, bolalar hayotidan olingan murakkab bo’lmagan voqealar tasviridan iborat bo‘ladi. Mashg'ulotdan so’ng rasm guruh xonasida bir necha kunga qoldiriladi. Bolalar yana bir marta rasmni ko‘zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko‘rmagan narsalarini ko‘radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin