Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)
Mashg'ulotning 2- qismida „Gullar do'koni'1 ta’limiy o'yini o'tkaziladi.
Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. Tarbiyachi rasmlar y ordam ida bolalarning tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurlarini kcngaytiradi, tafakkurlarini rivojlantiradi, xotirani mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Slumingdek, ko‘rish imkoniyati bo'lmagan narsa va hodisaiar bilan tanishtiradi, ular to ‘g‘risidagi bilinilarini aniqlaydi va to’ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o’z o'rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. Bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi prcdmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, reproduksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi. M.M.Konina bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatishning quyidagi mashg‘ulot turlarini ajratib ko'rsatadi:
narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish;
voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish;
voqealar ketma-ket keladigan rasmlar to‘plami asosida hikoya tuzish;
peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish.
Tarbiyachi hikoya qilish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak: a) voqealar oddiy bo’lish i, bolaning yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi; b) mazmuni jihatidan bolalarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo’lishi; d) bolaning xayolini, tafakkurini, estetik his-tuyg‘ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga yordam berishi; e) rasmda tasvirlangan narsa- buyumning ko'rinishi yoki voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo'lmasligi.
Turli yosh guruhlarida rasmga qarab hikoya tuzishga o’rgatish uslubiyoti Kichik guruh. Bu guruhda rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu guruh bolalari hali o‘z fikrlarini bir-biriga bog’lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko‘rinishiga ega boladi. Bu yoshdagi bolalar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu bolalarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so‘z to’plamining kamligi,