Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Z. Diyorning „Binafsha' she’rini yod oldirish



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə101/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Z. Diyorning „Binafsha' she’rini yod oldirish.

Dastur mazmuni. Bolalarga binafsha bahor faslining elchisi ekanligi to'g'risida tushuncha berish va mustahkamlash. She’rning mazmunini tushunishga, unda aks etgan ko'tarinki ruhdan, quvnoq ohangdan, sevinch, shodlikdan ta’sirlanishga undash.

Mashg‘ulotga tayyorgarlik. Binafsha gulini guldonga solib, bolalarga ko'rinmaydigan joyga qo'yish.

Mashg‘ulotning borishi.

Tarbiyachi: Hozir o'lkamizda qaysi fasl? Bu faslda ob- havo qanday bo'ladi? Qanday gullarni bahor elchisi deymiz? Binafshalar qayerlarda ochiladi? Siz shu gulni ko'rganmisiz? (Binafsha gulini ko'rsatadi.) Bolalar javobidan so'ng tarbiyachi ularning javoblarini umumlashtirib, shunday deydi: To'g'ri, hozir bahor fasli. Bahor faslida hamma yoq chiroyli libosga burkanadi. Bog'larda qushlar sayraydi, kapalaklar guldan gulga qo'nib yayraydi. Bahor elchilari binafsha, lola ochiladi. Hamma bog'larga, dala va adirlarga gul tergani chiqishadi.

Bahor fasli, gullar haqida shoirlar she’rlar yozishgan. Mana, bolalar shoiri Zafar Diyor ham binafsha haqida she’r yozgan.

Tarbiyachi she’rni yoddan aytib beradi. So'ngra she’r mazmuni yuzasidan quyidagi savol- javob tarzidagi suhbat o'tkaziladi:

Zafar Diyorning „Binafsha'4 she’ri sizga yoqdimi? Sizlarga hammadan ko'ra ko'proq nimasi yoqdi? Binafsha haqida nima deyilgan? Binafshaning hididan nimalar lazzat olar ekan? Bu she’rda kapalak haqida nima deyilgan? Bu she’rda kimlar binafshani maqtashlari haqida yozilgan? Kimning esida qoldi? Kim aytib bermoqchi?

Tarbiyachi bolalar javobini to'ldirib: „Endi diqqat bilan ting- lang. Bu she’rni sizlarga aytib beraman. Sizlar she'rni yod olishingiz kerak“,— deydi. She'rni ikkinchi marta ifodali qilib yoddan aytib bergach, takrorlashga istagan bolani chaqiradi, so'ngra o'zi belgilab qo'ygan bolani she'rni yoddan aytish uchun chaqiradi.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin