Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Ona tilini to‘laqonli egallash, til qobiliyatlarini rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bola shaxsini to‘laqonli shakllantirishning o‘zagi hisoblanadi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə173/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Ona tilini to‘laqonli egallash, til qobiliyatlarini rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bola shaxsini to‘laqonli shakllantirishning o‘zagi hisoblanadi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar tengdoshlar bilan muloqot asosiy o‘rin egallaydigan muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bola katta yoshdagi odamdan ko‘ra o‘z tengdoshini afzal ko‘ra boshlaydi. Birga o‘ynayotgan o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan nutqdagiga nisbatan mazmunliroq bo‘lib boradi. SHerik bilan dialog muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy harakatlar tusiga ega bo‘ladi. Bola endi qo‘shnisining e’tiborini o‘ziga jalb qilishni biladi, uning o‘zi o‘rtoqlarining ishlari va fikrlari bilan qiziqadi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalari ko‘p qirralidir. Bunda bola nutqdan atrofdagilar bilan muloqot o‘rnatish, o‘ziga, o‘z ishlari va kechinmalariga e’tiborni jalb qilish, bir-birini tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta’sir qilish, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zining va birga o‘ynayotgan o‘rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, narsalar va kishilar olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq ob’ektiv munosabatlarning alohida sohasi bo‘lib, bola ularni so‘zlar, tovushlar, qofiyalar, ma’nolar bilan o‘ynash orqali anglab etadi.

Bola o‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zida mavjud bo‘lgan barcha vositalardan va noixtiyoriy vaziyatlarda fikr bildirishdan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralardan, mimika va harakat) va bevosita nutqning o‘zidan foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual portretini hosil qilgani holda o‘zaro birgalikda mavjud bo‘ladi.

Dialogni rivojlantirish faqatgina nutqning muayyan kompozitsion shaklini o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qolmay, balki u bolaning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi va uning shaxsi shakllanishining muhim tarkibiy qismi bo‘lib ham hisoblanadi. Dialogik muloqot nafaqat xabar qilishga (intellektual mazmundagi xabarga) va o‘z manfaatlariga yo‘naltirilishni, balki sherigining mavqeisini, uning manfaatlari, istak-xohishlari va kayfiyatini ham hisobga olishni nazarda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlarni muvofiqlashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri sherigini tushuna olish, uning nuqtai-nazarini qabul qilishni bilishga ham bog‘liqdir. Bunday tajribani bolalar o‘zaro uyushgan faoliyatda (birgalikda yasash, rasm chizish, hikoya qilish, jamoaviy o‘yinlar) orttiradilar. Tengdoshlar bilan muloqotda bola nutqi mazmunlilik (muloqot vaziyatidan qat’iy nazar til vositalaridan foydalanish asosida mazmunning tushunarliligi) kasb etadi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning dialogik muloqoti jarayonida nutqning yangi shakli - monolog vujudga keladi va shakllanadi. U bolaning o‘z fikrlari, hissiyotlari, atrofdagi olam haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashishni istashi tufayli vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shaklida ro‘y beradi. Hikoyada bolani hayron qoldirgan va hayajonga solgan qandaydir qiziq narsa (yangi o‘yinchoq sotib olish, oila a’zolarining kulgili vaziyatlarga tushib qolishi va h.k.) aks etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni hikoya qilish, multfilmlar mazmunini aytib berish, o‘qigan narsalarini aytib berishni yaxshi ko‘radilar.

Jaranglayotgan nutqqa bo‘lgan qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til borlig‘ini eng oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha katta yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuq hisoblanadi. So‘zga nisbatan lingvistik munosabat tovushlar, qofiyalar, mazmunlar bilan to‘satdan boshlangan o‘yinlar, so‘z mazmuni, ularning jaranglashi va mazmuni haqidagi masalalarda ko‘rinadi. Til borlig‘ini anglash uning barcha - fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. Nutqqa nisbatan ongli munosabat lug‘atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni tushunishga), nutqning tovush madaniyatini (tovush talaffuzi, talaffuz, tinglay olish qobiliyati, ohang ifodaliligi) rivojlantirishga, nutqning grammatik to‘g‘riligini (morfologiya, so‘z hosil qilish, sintaksisni) shakllantirishga, ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir qiladi.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin