Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Maktabgacha yoshda nutqni o„stirish va rivojlantirish



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə172/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Maktabgacha yoshda nutqni o„stirish va rivojlantirish


Tayanch tushuncha va iboralar: nutq rivojlantirish,muloqot, otnogenezis, bola nutqi, nutq o’stirish, nutqni rivojlantirish, nutqni tushunishni takomillashtirish, pedagog, psixolog.

Tilga o‘rgatish, nuqtni rivojlantirish nafaqat lingvistik sohada (bolaning til ko‘nikmalarini - fonetika, leksika, grammatikani egallab olishi), balki bolalarning o‘zaro hamda kattalar bilan muloqotini shakllantirish sohalarida ham ko‘rib chiqilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, e’tiborga molik vazifa nafaqat nutq madaniyatini, balki muloqot madaniyatini ham shakllantirishdan iborat bo‘ladi.

Fanning turli yo‘nalishlari vakillarining asarlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiyaning nutqni rivojlantirishda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab bermoqda.

Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosiy vazifasi bola tomonidan ona tilining har bir yosh bosqichi uchun belgilangan normalari va qoidalarini o‘zlashtirilishi hamda uning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Qayd etish lozimki, bir xil yoshdagi bolalarning nutqiy darajasi bir-biridan mutlaqo farq qilishi mumkin.

Maktabgacha yoshda nutqni o‘stirish va rivojlantirish (ona tilini egallash) o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p qirrali jarayon hisoblanadi. U aqliy rivojlanish bilan uzviy bog‘langan, chunki insonning rivojlangan tafakkuri - bu nutqiy, til, so‘z-mantiqiy tafakkurdir. Nutqiy rivojlanish, tilni egallash va aqlni, bilishni rivojlantirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tafakkurni rivojlantirish uchun tilning qanchalik muhim ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda.

SHu bilan birga nutqiy (til) va intellektual rivojlanishdagi o‘zaro bog‘liqlikni teskari yo‘nalishda - intellektdan tilga qarab ham ko‘rib chiqish zarur. Bunday yondashuvni shartli ravishda intellektning til (lingvistik) funksiyasini tahlil qilish, ya’ni intellekt, fikrlash faoliyatining tilni egallashdagi ahamiyatini aniqlash sifatida ham belgilash mumkin (F.A.Soxin).

Ayniqsa, ravon nutqni, ya’ni mazmunli, mantiqiy, izchil nutqni shakllantirishda nutqiy va intellektual rivojlanish o‘rtasidagi uzviy aloqa yanada aniqroq ko‘rinadi. Biron-bir narsa haqida tushunarli qilib so‘zlab berish uchun hikoya ob’ektini (predmet, voqeani) aniq tasavvur qilish, tahlil qila olish, asosiy xususiyat va sifatlarni tanlab olish, predmet bilan hodisalar o‘rtasida turli nisbatlarni (sabab-oqibat, vaqt) o‘mata olish lozim. Bundan tashqari, ushbu fikmi ifodalash uchun eng maqbul so‘zlarni tanlay olishni, oddiy va qo‘shma gaplarni tuzishni bilish, alohida gaplar va fikrlarning bo‘laklarini bog‘lash uchun turli vositalardan foydalanish zarur.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin