Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Lug‘atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə174/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Lug‘atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya (o ‘tkir-o‘tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o ‘tkir - uchi o‘tkirlangan, o‘tkirlangan), ko‘p ma’nolilik (o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularni ma’nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma’noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish- tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so‘zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o‘ynaydilar. Ular so‘z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni payqay oladilar, artikulyasion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni (S-SH, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so‘zda uchragan tovushlarni sezadilar.

Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. To‘g‘ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari - morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilishda, (non uchun - nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini engib o‘tish: va bog‘lovchisini ko‘p marta

qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq etti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.

Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish usullarini (gaplarni bog‘lovchilar, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq dialogli muloqot negizida rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan muayyan shakldagi muloqotiga, to‘g‘rirog‘i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki tilning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab etishga qaratilgan muloqotga muhtoj bo‘ladilar.

Nutqiy rivojlanishdagi individual qobiliyatlar kirishimlilikda ham, til hamda ravon nutqni o‘zlashtirish sur’atlarida ham ifodalanadi. Ko‘pchilik bolalar o‘z harakatlarini sharhlashni, atrofdagilarning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb qilishni yoqtiradilar. SHu bilan birga bunda ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi, natijada bunday sergap bola ish bajarishda guruhdagi boshqa bolalardan ortda qoladi. Unchalik kirishimli bo‘lmagan bolalar kam gapiradilar, biroq odatda amaliy vazifalarni boshqalardan ko‘ra tezroq va to‘g‘riroq bajaradilar.

Ravon nutqning vujudga kelish muddatlari va uning mahsuldorligi ham farqlanishi mumkin. Nutqiy rivojlanishning ilk xilida bolaning maxsus o‘qitilmasidan turib hikoya qilishi 4-5 yoshlarda paydo bo‘ladi. Bolalar sehrli ertaklarni bir-birlariga aytib beradilar, o‘yinchoqlar yordamida o‘zlari ham original voqelarni to‘qiydilar. Agarda bola etti yoshda an’anaviy tanish ertakni mustaqil aytib bera olsa, o‘yinchoqlar, suratlarga qarab kichik og‘zaki hikoya tuza olsa - bu normal holat hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining yuqori darajada rivojlanganligi quyidagilarni nazarda tutadi:


  • bola ona tilining barcha tovushlarini va tovush birikmalarini to‘g‘ri, ya’ni adabiy til normalariga muvofiq holda talaffuz qiladi; ovozni ko‘tarishni (pasaytirishni) biladi; aniq talaffuzga ega; fonematik qabul qilish va nutqni tinglash qobiliyati rivojlangan; nutqdagi xatoliklarni sezadi va ularni tuzatadi; maishiy leksikaga ega, mebel, poyabzal, kiyim, daraxtlarni anglatuvchi umumlashtiruvchi so‘zlarni, narsalarning ayrim detallari va qismlarini biladi; antonimlar, otlarga ta’riflarni to‘g‘ri tanlay oladi; otdan sifat yasay oladi (yog‘och- yog‘ochdan ishlangan va boshq.); barcha ranglarni aytib bera oladi; turli kasb kishilarining (vrach, oshpaz va boshq.), hayvonlarning harakatlarini ko‘rsatib bera oladi (vovullaydi, miyovlaydi, pishqiradi va boshq.); nutqda ravish, sifatdosh, ravishdoshlarni qo‘llaydi;


  • nutqda barcha kundalik so‘zlarni, ayrim turlanmaydigan otlarni (pianino, metro, palto) to‘g‘ri qo‘llaydi; otlarni sonda, kelishikda sifat bilan moslashtira oladi; qaratqich kelishik shaklini to‘g‘ri qo‘llaydi; old qo‘shimcha, suffiks, qo‘shimchalar yordamida so‘zlar hosil qiladi; nutqda oddiy (yoyiq, yig‘iq), qo‘shma (bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap) gaplardan, har xil turlanadigan fe’llardan (xohlashmoqda, yugurishmoqda, uxlashmoqda, va boshq.) foydalanadi; hikoyani mustaqil aytib bera oladi; matn mazmunini voqealar ketma- ketligiga rioya qilgan holda ortiqcha pauzalarsiz aytib beradi; nutqda ifoda vositalaridan foydalanadi; asosiy qismlarni o‘zga darajali qismlar bilan bog‘lay oladi; narsalarni mustaqil bayon qiladi, o‘z shaxsiy hayotida ro‘y bergan voqealar (hodisalar) haqida hikoya qilib bera oladi.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin