Mavzu: bolalarning predmetlar shakli va geometrik


guruh Geometrik shakllar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#129952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARNING PREDMETLAR SHAKLI VA GEOMETRIK FIGURALARNI IDROK QILISHNING

guruh
Geometrik shakllar. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, 
olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq 
material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina 
ekanligini belgilash.
Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu 
ko‘pburchak. Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, 
burchak uchlari) bilan tanishtirish.


23 
Tayoqchalar yordamida turli shakllarni 
yasash.
Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga 
bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida 
butun qismdan katta, qism esa butundan 
kichkina ekanligini belgilash.
Bolalarni 2
ta,
4
ta 
uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar 
tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta 
katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish.
Beshburchak 
va 
oltiburchak 
bilan 
tanishtirish.
Yetishmagan shakl, jismni (shar, kub, 
silindr) 
topishga 
doir 
mantiqiy 
masalalarni yechishni o‘rgatish.
Geometrik 
shakllar 
ko‘rinishini 
o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash 
va boshqalar.
Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik
shakllardan bir 
necha tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish.
Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish.
.Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
Uch yoshli kichkintoylar dumaloq buyumlarni va burchaklari bor buyumlarni 
farq qilishga, ya’ni buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga 
o‘rgatiladi.
Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q oddiy shakldagi 
buyumlar tanlanadp. Buning uchun dastlab, har xil rangdagi, ammo bir xil 
shakldagi, bir xil buyumlardan, masalan: uchburchak, kvad-drat, to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu 
kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har 


24 
xil rangli bir xil buyumlarni sodda shakldagi istalgan buyumlar (koptok, ip 
koptok g‘ildiraklar)ni berish mumkin.
Tarbiyachi bolalarga buyumlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, 
“shakl” so‘ziga urg‘u bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U buyum konturi 
(tashqi ko‘rinishi) ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u buyum 
ustidan qo‘lini o‘tkazib “dumaloq” (g‘ildirak), — deydi.
Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. 
Kichkintoylar tarbiyachining qo‘l harakatini kuzatib, xuddi shunday harakatni 
havoda bajarishga “yordam” berishadi. Buyum konturi ustidan qo‘l yoki 
ko‘rsatkich barmoq aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo‘lni 
tekkizib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa, shakl haqidagi tasavvur 
kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda buyumlar 
konturini o‘rab olish ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha 
siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni har-xil holatga qo‘yish istagini 
uyg‘otadi. Natijada yumaloqlangan va burchakli buyumlarning xossalarini 
(turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar.
“Shakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla” kabi o‘yin-mashqlardan foydalanish 
mumkin. Chaqirilgan bola o‘z buyumini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi 
buyumlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil 
bajaradilar, masalan, o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi 
buyumlarni ajratib qutilarga solishadi: bir qutiga-dumaloq (doiraviy), ikkinchi 
qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) buyumlarni solishadi.
Kichik guruhda bolalar doira va kvadrat bilan tanishtiriladi. Buning uchun 
tarbiyachi dastlab har bir bolaga 2 tadan geometrik shakl, masalan, qizil doira 
va yashil kvadrat beradi (tarbiyachining o‘zida ham shular bo‘ladi). Tarbiyachi 
bolalarga 2 ta shakldan bittasining nomini aytmagan holda ko‘rsatadi va 
ulardan xuddi shunday shaklni topish va ko‘r-satishni so‘raydi. So‘ngra 
ikkinchi shaklni ko‘rsatib, bolalardan o‘z stollaridan xuddi shunday shaklni 
topib ko‘rsatishni so‘raydi. Maktabgacha yoshidagi bolalarni geometrik 
shakllar bilan tanishtirish metodikasida buyumlarni payqash — harakat yo‘li 


25 
bilan tekshirish usullariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Buni qanday 
bajarishni tarbiyachi ko‘rsatadi: u bolalarni birga ishlashga jalb qilgan holda, 
buyum konturi ustidan bir necha marta ko‘rsatkich barmog‘ini yuritib chiqadi 
(bola har bir shakl konturi ustidan qo‘lini yuritib chiqadi). Bunda u shakl 
nomini aytadi. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining har bir geometriq 
shakl konturini hosil qilayotgan qo‘l harakatini kuzatishadi. Shundan keyin 
o‘zlari shakl konturi bo‘yicha barmoqlarini yuritib chiqib, uning nomini 
aytishadi. Bolalarni kontur ustidan barmoq yuritib chiqish bo‘yichamashq 
qildirish uchun 2—3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham 
foydalanish mumkin.
O‘z tarbiyalanuvchilarini doira va kvadratni ajrata olish bo‘yicha bir necha 
marta mashq qildirib, tarbiyachi bolalarni shakllar bilan aktiv harakat qilishga 
(qo‘lga olish, bir-birining ustiga qo‘yish, qator qilib qo‘yish) chorlaydi. Bu 
bolaga geometrik shakllarning nomlari va shakllarini eslab qolishga yordam 
beradi.
Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi o‘zidagiga qaraganda kichiko‘lchamdagi, 
ammo rangi bir xil bo‘lgan doira va kvadratlarni beradi, so‘ngra esa namunadan 
o‘lchami ham, rangi ham farq qiladigan doira va kvadratlarni beradi.
Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun 
(“Doirani o‘ng qo‘lingga ol”, “Kvadratni chap qo‘lingga ol”, “Qo‘lingda turgan 
narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori chiziqqa, hamma 
kvadratlarni pastki qiziqqa qo‘y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “Top-chi, 
xaltada nima bor”, “Juftini ton”, “O‘z uyingni top” kabi o‘yinlardan 
foydalanish mumkin.
Bunday topshiriqlarga mashg‘ulotning bir qismini ajratish kerak, qolgan vaqtda 
esa doira va kvadratlardan ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma 
material sifatida foydalanib, buyumlar to‘plamini yoki bitta buyumni topish, 
yoki yoniga qo‘yish yo‘li bilan buyumlar guruhlarini taqqosla-sh kabi 
mashqlarga bag‘ishlash mumkin. Bolalarni buyumlarni ularning tasvirlari bilan 


26 
mos keltirish bo‘yicha (“Buyum va uning tasviri”, “Bizning tomorqa” kabi 
o‘yinlarda) mashq qildirish ham foydali.
Oxirgi o‘yinda bolalar buyumning kontur va yassi tasviri orasidagi moslikni 
idrok qilishni mashq qiladilar. Buyumlar shaklini abstrakt geometrik shakllar 
bilan taqqoslash kichkintoylar uddalay oladigan ish. Bolalar geometrik 
shakllarni har qanday buyumni — koptokni, g‘ishtni va boshqa narsalarni 
qanday idrok qilsalar, shunday idrok qiladilar.
Binobarin, bolalar qurilishkomplektlarida, mozaikalarda har xil geometrik 
shakllar bilan doimo uchrashadilar va ular shakllarning to‘g‘ri nomlarini bu 
nomlarni eslab qolish shart bo‘lmasa ham, eshitishlari kerak.
Har xil shakldagi teshiklar ochilgan taxtachalar, teshikli yashiklar (bu 
teshiklarga shakli bo‘yicha tegishli shakllar qo‘yiladi) bilan o‘ynar ekanlar, 
ular-aslida geometrik ob’ektlarning shakli bo‘yicha mos keltirish harakatlarini 
egallaydilar.
To‘plangan sensor tajriba, maxsus mashg‘ulotlarda yumaloqlangan va 
ko‘pburchak shaklidagi buyumlar bilan ishlash asosida kichkintoylar doira va 
kvadrat bilan tanishadilar.
Birinchi shunday mashg‘ulotda bolalar katta va kichik doiralarni, ikkinchi 
mashg‘ulotda esa, doira va kvadratlarni farq qiladilar.
Har bir bolaga turli ko‘rinishdagi va har xil rangli, ikki-uch o‘lchamli ikki-uchta 
shakl beriladi. Shakllar karton, faner, yoki qalin qog‘ozdan tayyorlanadi. 
Doiralar va kvadratlar tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Har qaysi 
jadvalda ikki-uchtadan shakl har xil holat va har xil kombinatsiyalarda beriladi. 
Bolalar shakllarni tekshirib, ularning shakllari bo‘yicha ajratadilar, masalan, 
kartochkaning yuqori chizig‘iga doiralarni, pastki chizig‘iga kvadratlarni 
qo‘yadilar. Qaysi shakllar ko‘p, qaysi shakllar kam ekanini topadilar, shakllar 
nomini aytadilar.


27 
Tarbiyachi bolalarga o‘yin-toshliriqlarini berib shakllarni tanish va atash 
bo‘yicha mashq qildiradi: “O‘ng qo‘lingda kvadrat, chap qo‘lingda doirani keltir”, 
“Qo‘limda nima borligini top”, 
“Xuddi shunday shakl top” 
(bolalar 
tarbiyachidagi 
shakl 
shaklidagi 
shaklni 
topadilar), 
shuningdek, bunda “Shakllar 
dominosi”, “O‘z uyingni top” 
(uychalar 
har 
xil 
shakldagi 
belgilar bilan belgilanadi) kabi 
o‘yinlardan foydalanadi. 
Natijada kichkintoylar o‘lchami 
va
rangiga
bog‘liq 
bo‘lmagan doira, kvadratlarni 
topishadi, 
doiraning 
dumalashini,
uning burchaklari yo‘qligini, kvadrat dumalamasligini, 
uning burchaklari ko‘pligini bilib oladilar.
Tarbiyachi to‘plamlarning tengligi bilan tanishtirishda tarqatma va 
demonstratsion material sifatida doiralar va kvadratlardan foydalanadi, 
bolalarnishakllarning aniq nomlarini ishlatishga o‘rgatadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin