Kurs ishining maqsadi; Boshlang`ich sinf ona tili darslarida imloviy bilimlarni yanada takomillashtirish uchun har jihatdan samarali bo`lgan dars uslublarini ishlab chiqish, tajriba –sinov darsida ko`proq samarali deb baholangan usullarni tadbiq qilish mazkur ish alohida alohida turgan eng muhim maqsaddir.Bunday usullar jumlasiga grammatik o`yinlar, testlar, diktant turlari, boshqotirmalar mansub bo`lib, ulardan ona tili darslari uchun maqsadga muvofiqlarini tanlab olish lozim.Ushbu kurs ishida 3-sinf o`quvchilari uchun tushunarli bo`lgan materiallar asosida imloviy bilimlarni takomillashtirish samarali deb topilgan uslublarni to`pladik va bu usullarni dars jarayonida qo`llash metodikasini bayon qildik.Ishda qo`laniladigan metodlar:Mazkur ishni yozish jarayonida o`qitishning umumdidaktik tamoyillari asosida qo`llaniladigan metodlardan foydalandik: ― dastlab o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib adabiyotlar bilan ishlash metodidan; ― o`quvchilarning qiziqish va istaklarini hisobga olib suhbat metodidan; ― o`quvchilarning o`zlashtira olish qobiliyatiga mos ravishda ta‘lim texnologiyalaridan hamda didaktik o`yinlardan; ― ona tili ta‘limida muhim bo`lgan mammoli ta‘lim metodidan; ― shu bilan birga, zamonaviy pedagogik texnologiya usuli hisoblanmish interfaol metodlardan foydalandik, uning xulosalaridan umumiy o`rta ta‘lim maktablarining boshlang`ich sinf o`qituvchilari dars iishlanma tuzishlari uchun, oliy o`quv yurti talabalari kurs ishlari tayyorlashda, ma‘ruza matnlari tuzish kabilarda foydalanishlari mumkin. Mustaqillikka erishgan hozirgi davrning muhim xususiyatlaridan biri,bozor munosabatlari shakllanayotgan mazkur jarayonga mos keladigan, yangicha fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashdan iborat. I.A.Karimov ta‟kidlaganidek, "fikrlash,ishlash va yashash madaniyatiga ega bo’lgan mustaqil shaxsni voyaga yetkazishimiz zarur". "Biz sog’lom avlodni voyaga yetkazishimiz lozim. Sog’lom kishi deganda nafaqat jismoniy sog’liqni, balki sharqona urf-odat, axloq-odob,umumbashariy, ma‟naviy-ma‟rifiy g’oyalari ruhida tarbiyalangan, kamol topgan shaxsni tushunamiz. Oila, jamiyat va davlat oldidagi mas‟uliyatni chuqur anglaydigan yetuk shaxsni tarbiyalash xamda axloqiy pok, jismonan baquvvat Vatan tuyg’usi bilan sug’oriladigan fidoiy inson, izlanuvchan, tashabbuskor avlodni о’qitish va tarbiyalash О’zbekiston Respublikasi xalq ta‟limining bosh maqsadlaridan biridir." О’zbekiston Respublikasining «Ta‟lim tо’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida bolalarga ta‟lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog„lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va uzluksiz ta‟lim tizimiing keyingi bosqichida ta‟lim olishga yoki bir kasb egasi sitfatida hayotda о’z о’rnini topib ketishiga yordam berishdan iborat.