Mavzu: bolalarning savod o‘rgatish jarayoniga tayyorgarligini o`rganish. Reja: kirish I bolalarni savod o‘rganishga tayyorlash


Og'zaki bogManishli nutqi. Ertak aytish



Yüklə 173,03 Kb.
səhifə5/11
tarix22.12.2023
ölçüsü173,03 Kb.
#190151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
savod o\'qish yozuv

5. Og'zaki bogManishli nutqi. Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
d) ertak avtishni bilmaydi, o'rganishga ham harakat qilmaydi.
6. Og‘zaki bog'lanishli nutqi. Fikr bayon qilish („Rasmda nimalar
ko'rayotganingni aytib ber").
a) 20 so'zdan ortiq bog'lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;
b) 10 tadan 20 tagacha so'z, bir necha gap tuza oladi;
d) 10 tagacha so'z bilan bog'lanishli nutq tarzida javob qaytara oladi;
e) 3—4 so'z bilan qisqa javob bera oladi.
Shuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham,foydalanadigan so'zlar doirasi ham o'rganiladi, lo'plangan materiallar ikki variantda yoziladi:a) har bir o'quvchi haqida alohida ma’lumot (bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak bo'ladi);b) sinf o'quvchilari uchun umumiy ma’lumot (bu ma’lumotdan darsda sinf o'quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi). Ma’lumki, o'quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi.O'quv materiallari 1-sinf o'quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o'quvchilarning o'zlashtirishlari turlicha bo'ladi. Bu savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differensial va individual yondashishni taqozo etadi.Bunday yondashish ta’limning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.Differensial yondashishda o'quvchilar guruhlarga bo'linadi, har bir guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o'quvchilari 3 guruhga bo'linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi. O'qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o'quvchilarbilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o'quv materiali „Alifbe" hisoblanadi, unga qo'shimcha tarzda tarqatma materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin. Alifbedagi o'quv materiali yoki o'qilayotgan matnning qiyin o'rni oldin tayyorgarligi puxta o'quvchiga, so'ng bo’sh o'quvchiga o'qitiladi.Ba’zi o'quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to'g'ri keladi.


Yüklə 173,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin