I BOLALARNI SAVOD O‘RGANISHGA TAYYORLASH. 1.1 Eski maktablarda xat-savod o’rganish jarayoni. Eski maktabda o'qish bilan yozish bir vaqtda o'rgatilmagan, awal faqat o'qish o'rgatilgan. O'qish hijo (bo'g'in) usuli bilan o'rgatilgan.O'qishga o'rgatishning „hijjai qadimiy" deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o'zgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida o'qishga o'rgatishni 3 bosqichga bo'lish mumkin:
1-bosqich. Harflaming nomini yodlatish („harfiy metod“). Bu metodning mohiyati quyidagilardan iborat bo'lgan: bir necha yildan beri o'qiyotgan bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og'zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so'zlarining ma’nosini tushunmay, suralarni birin-ketin yodlab olgan,bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o'tgan. Shundan keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir to moniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg'iz shaklini alifbo tartibida bandlarga bo'lib yozib bergan.Maktabdor birinchi banddagi harflaming nomini alif, be, te, se deb aytgan. Bola domlaga ergashib takrorlagan, ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni yaxshilab o'rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgacli, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan. Bolalar 28 harf nomini 5—6 oyda zo'rg'a bilib olganlar,ularning ko'pchiligi harflaming nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be(чО, qaysisi se (“ ) ekanini ko'rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar,otinoyilar yosh bolalaming eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o'ylab topganlar (I — uzunchoqqina alif, v — bittagina be, ^ — ikkitagina te , ^ — uchtagina se kabi). 2-bosqich. Bo‘g‘in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo'lingach,bo'g'in hosil qilishga, ya’ni „ ze r-u z a b a r “ ni o'rgatishga o'tilgan.Eski maktabda ,,ze r-u za b a r “ (zabar, zer, pesli) har xil o'rgatilgan.Masalan, ba’zi domlalar v (be, za b a r-b a ), b e -ze r-b i, be-pesh-bu, te -za b a r-ta kabi o'rgatsalar, boshqalari be za b a r ba, te za b a r ta kabi,yana birovlari b e -za b a r-a ; z e r -i, pe slt-u ; te -za b a r-a , ze r-i, p e sh -u deb o'rgatganlar.Maktabxonada „ z e r -и z a b a r “ quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida esa bu belgilarning ma’lum xizmati bor zabar (fatha)—undosh harf ustidagi urg‘u belgisiga o ‘xshash chiziqcha bo‘lib, undoshga a unli tovushini qo‘shib aytish zarurligini ko'rsatadi;zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo'lib, shu undoshga / unli tovushini qo'shib aytish kerakligini bildiradi; pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo'yiladigan belgi bo'lib, shu undosh tovushga и unlisini qo'shib aytish zarurligini ko'rsatadi. Demak, arabcha matnlami o'qish uchun .,zer-u zabar“ ni bilish juda zarur bo'lgan, ammo o'qishga o'rgatish anglab o'qishga asoslanmagani uchun bolalar mim zabar m a, mim zer mi, mim pesh mu deb yodlaganlar, ,,zer-u zabar"ning mohiyatini anglamaganlar. 3-bosqich. Bo‘g‘inlarni qo‘shish. Eski maktabda bo'g'inlarni qo'sliish „abjad" bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 so'zni ,,zer-u zabar" bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so'zni birin-ketin hijo usulida o'qib yodlab olganlar. Masalan, abjad so'zi alifga zabar qo'yib,begr/ itrisluirilsa ab, jinigrt zabar qo'yib, dolga urishtirilsa ja d , bularning ikkisidan abjad hosil bo'lgan.Abjaddan keyin eski maktab o'quv kitobi bo'lgan ,,Haftiyak“ka o'tilgan. ,,Haftiyak"dagi suralar ham ,,Abjad"dagi kabi hijo usulida o'qitilgan. Bolalar ,,Haftiyak“ ning bir betini hijo usulida o'qish uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflaganlar.So'zni hijo usulida o'qishda awal so'zdagi birinchi undosh harfning,keyin ikkinchi undosh harfning noniini aytib, unga zarur harakatni qo'yib hijo hosil qilingan. Shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-biriga qo'shib, bu so'z bir butunichaaytilgan. So'zni hijo usulida o'qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan. So'zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo'shilishi bolalarga tushunarli bo'lmagan, bolalar so'zdagi har bir harf ma’lum bir tovushni bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida o'qishga o'rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo'lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bolao'zi aytgan so'zining ma’nosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlayvergan.,,Haftiyak“ ning keyingi ayrim suralari so'zni yaxlit „o'qish" usulida olib borilgan, aniqrog'i bola o'qimagan, eshitganini yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o'qiganlarini o'zi o'qib yurgan kitobidan „o'qib bergan", ammo ularning qo'liga maktabda o'qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o'qiy olmagan; eski maktabda 6—10 yil muntazam o ‘qigan bolalaming juda ko‘p deganda 4—5 foizigina o'qish va yozish ko'nikmasini hosil qilgan.Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o'rgatishda ma’lum darajada ijobiy o'rin tutdi. Rus-tuzem maktablarining o'zbekcha sinflarida o'zbekcha xat-savod o'rgatish metodi 1900-yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi: hijo metodidan tovush metodiga o'tildi.1900-yilIardan rus-tuzem maktabi o'zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan f'oydalana boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni o'zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902-yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi — „Ustodi awal" nashr etildi. „Ustodi awal" nashr qilingandan keyin o'zbekcha xat-savod o'rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o'rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o'qitishni osonlashtirdi, ta ’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta ’limga, ya’ni faol ta ’limga aylantirdi.„Ustodi awal" 3 bo'limdan iborat edi: 1-bo'lim, hozirgi atama bilan aytganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo'limda arab alfavitidagiharflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini, harflaming yozilishi sodda yoki murakkabligini e ’tiborga olgan holda tizib chiqqan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-savod o'rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo'llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish o'rniga qarab turlicha bo'ladigan harflaming so'z boshida, so‘z o'rtasida, so'z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so'zlarini, g‘ harfini tanitish uchun g'or, uyg'oq, tog‘ so'zlarini tanlagan.Muallif soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe qismiga,asosan, o'zbek tilining lug'at tarkibidagi so'zlar tanlab olingan.„Ustodi aw a l“ ning 2-bo'limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo'limda hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim olish targ'ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda bo'lgan.S.Saidazizov kitobining 3-bo'limini „Alifboi Qur’on" deb atagan va o'z oldiga bolalarga ,,Qur’o n “ni tushunib o'qishga o'rgatishni maqsad qilib qo'ygan.Umuman, tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan yoyilgan:1. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o ‘rgatilar edi. O'zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda o ‘z ko'zlari bilan ko'rganlar va asta-sekin tovush metodini o'z sinflariga tatbiq eta boshlaganlar. 2. XIX asrning oxiridan boshlab Rossiyadan Markaziy Osiyoga kelgan tatar muallimlari, ya’ni jadidlar tovush metodida xat-savod o'rgata boshlagan edilar, oradan ko'p o'tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ular kabi yangi maktablar ochadilar va bolalarga xat-savodni tovussh metodi asosida o'rgata boshlaydilar.Shunday qilib, O'rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o'rnini egallay boshlagan.Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o'rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini q a t’iy himoya qilgan.Tovush meiodi bilan savod o'rgatilganda, so'zning eng kichik bo'lagi, ya'ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So'zning ma’nosini o'zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so'zda tovushlar almashinishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqabir yangi so'z hosil bo'lishi mumkinligi bolalar ongiga yetkaziladi.Keyingi yillarda ham xat savod tovush metodida o'rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S. P. Redazubov, A. I. Voskresenskaya, K. Qosimova,Y.Abdullayev, O. Sharafiddinov va boshq.) tovush metodida xat-savod o'rgatishni takomillashtirdilar.Arab alilbosida yozuvni o’rgatish qiyin bo'lgan. Bu alifbodagi harflar so'zda qo'llash o'rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozuvni o 'rganishni qiyinlashtirgan. Shuning uchun ko'p maktablarda bolalarga('o’qish o'rgatilib yozuv o'rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarningko'pchiligi o'qishni bilib, yozishni bilmagan.Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog'ozga dastlab yo'g'onroq savag'ich qalamda o'rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o'rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.Yozishni o'rgatish alifbo tartibida harflaming alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Awal alifax yozish o'rgatilgan, keyin o'.xshash shaklli harflar bandlarga bo'linib, o'xshash unsuri bo'lmaganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ba’zi domlalar ayrim harflaming elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar.Shundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib yozish (bu mufradot (sarhad) deyilgan: bunday yozish bir-ikki yilga cho'zilgan) o'rgatilgan.Shundan keyin harflarni bir-biriga qo'shib yozish mashqi boshlangan.Bu mashqni murakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo'shish yozish mashqi bir necha bosqichga bo'linib, harf birikmalarining ma’no anglatish-anglatmasligi umuman e ’tiborga olinmagan, qanday qo'shilish mashq qilinavergan. Ko'pgina eski maktablarda bundaymashq „abjad yozish“ bilan tugallangan.Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko'chirib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni muqattaol deyilgan. Bu mashqqa ham juda ko'p vaqt sarflangan; u ma’noli so'zlarni yozish bilan boshlanib,duoyi salom (insho) yozish bilan tugallangan. Bola duoyi salom yozishnibilsa, „xati chiqqan" hisoblangan.Yozuvni o'rgatish va husnixat mashq qildirishda „Mufradot“kitobidan foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho namunalari berilgan.Eski maktabda yozuvga o'rgatishning birdan-bir yo'li ko'chirib yozuv — nusxa ko'chirish hisoblangan, natijada bolada yozma nutq ko'nikmasi hosil qilinmagan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan, hech o'ylanmasdan yozishga odatlantirgan. Maktabxonada ijodiy ko'chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning qo'llanilmaganligi orqasida bola chiroyli ko'chirib yozish ko'nikmasini hosilqilgan bo'lsa ham, o'z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham zo'r-bazo'r xato bilan yozgan.Eski maktablarda, madrasalarda o'zbek tili o'qitilmagan, natijadaeski maktab bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o'tkazgan ba’zi bolalar ham o'z ismini to'g'ri yozishni bilmaganlar.Arabchada to'g'ri, chiroyli yozuvga o'rgatish uchun xivalik shoir Shermuhammad Avazbey o'g'li Munisning (1778-1829) „Savodi ta ’lim"kitobidan foydalanilgan.Rus-tuzem maktablarida o'qish va yozishni o'rgatish, odatda, bir vaqtda boshlanib, bir-biriga bog'lab olib borilgan, har kuni awal o'qish,keyin yozuv darsi bo'lgan; o'qish va yozish onglilik tamoyili asosida o'rgatilgan; bolalar qaysi tovush, bo'g'in, so'z yoki gapni o'qiyotgan yoki yozayotganini aniq tasavvur qilgan, ma’nosiga tushungan,arabcha harfning yolg'iz shaklini yoxud biror harfning elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan.Rus-tuzem maktablarining o'zbekcha sinfida ko'chirib yozishga va diktantga ko'p vaqt sarf etilgan. Bulardan tashqari. insho (turli tilxat, duoyi salom va savdo ishiga oid har xil xatlar) yozishga ham o'rgatilgan.