Mavzu: bolalarning savod o‘rgatish jarayoniga tayyorgarligini o`rganish. Reja: kirish I bolalarni savod o‘rganishga tayyorlash


Savod o’rgatish davrida yozuv va o’qish darslariga qo’yiladigan talablar



Yüklə 173,03 Kb.
səhifə9/11
tarix22.12.2023
ölçüsü173,03 Kb.
#190151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
savod o\'qish yozuv

2.2. Savod o’rgatish davrida yozuv va o’qish darslariga qo’yiladigan talablar.
Savod o'rgatish davrida o'qish va yozuv darslari O'qish va yozuv darslariga qo'yiladigan talablar. Dars ta ’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o'rgatish darslari xilma-xil bo'lishi, o'quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo'ymasligi kerak.Savod o'rgatish davridagi o'qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo'lgan asosiy talablar mavjud:
1. Umumdidaktik talablar:
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo'lib, unda bironta axloqiy sifat o'stirilishi lozim;
b) darsning ta ’limiy maqsadi, ya’ni o ‘quvchilar darsda qanday yangilikni bilishi, nimani o ‘rganishi, qanday ko‘nikma va malakalar o‘stirilishi, o ‘quvchilarning mustaqil flkrlashi va faolligining qanday bo'lishi aniq belgilab olinishi kerak;
d) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan bog‘liqligi aniq belgilab olinishi zarur;
e) o'tiladigan materialning xarakteri va ta ’lim maqsadidan kelib chiqib dars uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim;
f) dars davomida o'quvchilarga differensial va individual yondashish,ishni barcha o'quvchilaming imkoniyati, bilimi, ko'nikma va malakasi hamda fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak;
g) o'quvchilarni aqliy mehnat (o'qish) usullariga o'rgatish, ularda maktabda o'qish uchun kerakli ko'nikmalarni hosil qilish zarur;
i) beriladigan material ilmiy, o'quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo'lsin va hokazo.
2. Maxsus metodik talablar:
a) o'quvchilar nutqi uchun qayg'urish, darsda adabiy til nuqtai nazaridan to 'g 'ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim;
b) o'qish darsida ham, yozuv darsida ham o'quvchilar nutqini o'stirishga, lug'atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og'zaki hikoyalash va shu kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak;
d) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har qanday yozuv mazmunan va imlo jihatdan savodli bo'lishi zarur;
e) darsda nutq madaniyati hukmron bo'lishi, o'qituvchi va o'quvchilar adabiy tilda so'zlashishlari kerak; o'qish va yozuv ko'nikma-malakalarini shakllantirish mashqlari darsda yetakchi o'rinni egallab, taxminan, darsning uchdan ikki qismiga to'g'ri kelishi lozim;
g) har bir o'qish va yozuv darsida ,,Alifbe“dagi matnlar bilan bir qatorda Q. Muhammadiy, P. Mo'min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda o'qish sinfdan tashqari o'qish hamda o'qib berilgan matnni eshitish bilan bog'lanishi zarur.
i) o'qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog'lanishli, ya’ni o'qish darsi o'quvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi o'qish darsining davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hokazo.
O`qish va yozuv darslarining turlari. Savod o'rgatish jarayonidagi darslar quyidagi belgilariga ko‘ra farqlanadi:
1. Ta’limning predmetiga ko'ra:
a) “Alifbe” darsligi asosidagi o‘qish darslari;
b) “Yozuv daftari” asosidagi yozuv darslari.
2. Ta’limning davri va bosqichlariga ko‘ra:
a) alifbogacha bo‘lgan davrdagi darslar;
b) alifboni o ‘rganish jarayonidagi darslar.
3. Darsda yangi mavzu o ‘tilishi va o'tilmasligiga ko‘ra:
a) yangi tovush-harf o'rganiladigan o'qish darslari;
b) yangi harfni yozish darslari;
d) yangi tovush-harf o'rganilmaydigan darslar;
e) yangi harf yozilmaydigan yozuv darsi.
Bulardan tashqari, umumlashtiruvchi va takrorlash darslari hamda savod o'rgatish davrining oxirida “Alifbe” bayrami o'tkaziladi. Savod o'rgatish davrida o'quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga bog'lab aniqlanadi, bog'lanishli nutqni o'stirish ham o'qish va yozuv darslariga uzviy bog'lanib ketadi. O'quvchilaming sinfdan tashqari o'qishlariga rahbarlik qilishlariga haftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi. Ssavod o'rgatishning tayyorlov davrida darslar 35 daqiqa, asosiy (alifbe) davrida 45 daqiqa bo'ladi.Savod o'rgatish darslarida ish turlarini almashtirib turish, vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o'tkazish zarur. Bu o'quvchilar toliqishining oldini oladi.Darslar tizimi deyilganda o'quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rejali taqsimlangan, darslaming mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bilan bog'langan, dare turlari va unda o'qituvchi bilan o'quvchilar foydalanadigan asosiy metodik vositalar xilma-xil bo'lgan izchillik nazarda tutiladi. Savod o'rgatish davri uchun darslar tizimi o'quv jarayoni bosqichlari asosida o'qish va yozuv darslari muayyan guruhini ajratishni ko'zda tutadi. Amaldagi “Alifbe” darsligi va ularga yozilgan qo'llanmalarga asosan, savod o'rgatishga jami 4 oy (shundan tayyorgarlik davriga 8 dars (ikki hafta), asosiy davrga qolgan vaqt) ajratiladi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Darslar qurilishida ichki mantiqiylik bo'lib, har bir darsda yangi tovush va harf o'rganiladigan dars bilan yangi mavzu o'rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, imlo va so'zning bo'g'in tuzilishi haqida ma'lumot berish, o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar umumlashtirish-takrorlash darsi bilan yakunlanadi. Savod o'rgatish davridagi darslarni interfaol usullardan foydalanib tashkil etish katta ahamiyatga ega. Oz komplektli maktablarda savod o'rgatish darslarining xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda savod o'rgatishni tashkil etishda o'qituvchi bir vaqtning o'zida ikki yoki uch, ba’zan to 'rt (1- va 4-sinf, 2—3-sinf, 1-, 2-, 3-sinf, 1—4-sinflar) sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o'zida bir necha sinf o'quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo'lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin. Savod o'rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o'qish darslari bilan birga olib borish maqsadga muvofiqdir. Oz komplektli maktablarda o'quvchilaming mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi, chunki o'qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. Shuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o'rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo'shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ish savod o'rgatish jarayonida o'qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o'qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o 'quvchi bajargan ishni sinfning o'zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1 -sinf o'quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi. Savod o'rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar shaklini chizish, bir xil oraliqni mo'ljallab nuqtalar qo'yish, yotiq to'g'ri chiziqlar chizish, ayrim harflar elementlarini yozish,rasmga qarab savollarga javob berishga tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin. Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o'qish, qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilganbo'g'inlar yordamida so'zlar tuzish, gaplarni to'ldirish, o'qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib qoldirilgan harf yoki so'zni o'rniga qo'yib yozish, berilgan predmetlarni ma’lum belgisiga ko'ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo'llash, bu jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida tarqatma materialda berilgan so‘zni o‘qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so'zni bo'g'inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o'qituvchiga juda qo'l keladi. Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi.Komplekt sinflarni to'g'ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlami mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko'rgazmali vositalardan unumli foydalanish yo'li bilan oz komplektli sinf o'quvchilarining bilimlarni puxta o'zlashtirishlariga erishish mumkin.


Yüklə 173,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin