Mavzu: boshlang’ich sinf texnologiya darslarida ish unumini oshirish yo‘llari


Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida ish unumini oshirish yo‘llarining mazmuni



Yüklə 12,48 Kb.
səhifə5/5
tarix26.06.2023
ölçüsü12,48 Kb.
#135249
1   2   3   4   5
Mavzu boshlang’ich sinf texnologiya darslarida ish unumini oshi-fayllar.org

2.1. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida ish unumini oshirish yo‘llarining mazmuni Mehnat ta`limi ko`rsatmalilik o`quv jarayonini tashkil qilish imkonini beradi, chunki mehnat ta`limining mazmuni texnik jarayonlar va ob`ektlar bilan boglikdir. Xar bir darsda ko`rsatmalilikdan ob`ektlarning, jarayonlarining o`zidan, ularning modellari va shartli tasvirlaridan keng foydalaniladi. Masalan, mehnat operatsiyalarini o`rgatishda o`qituvchi o`quvchilarga materiallarga ishlov beradigan asboblarni tarqatadi va ularni bu asboblarni konstruktsiyasi bilan tanishtiradi. Maktablar uchun tipaviy o`quv ko’rsatmalari, qo`llanmalar va o`quv jihozlari ruyxatiga mahkamlash, zanjirli, chervyakli va tishli uzatmalar, qo`lachokli mexanizmlar, friktsion redukterlarning modellari kiradi. Xar bir maktab turli yog`ochlar, fanera, listli metall, simlar, sortli metallar kollektsiyalariga ega bulish lozim. Bu kollektsiyalarni o`quvchilar kuchi Bilan xam tashkil etish mumkin. Namoyish qilish metodining xususiyati, ko`pincha o`quv materiallariga illyustratsiya sifatidagina emas, balki uni uzi bilim manbasi bulib, ko`p xollarda esa kunikma va malakalarni shakllantirish usuli bulib xizmat qiladi. Masalan, elektr dvigatel, jixozlar, asboblar va boshqa moslamalar bir vaqtning uzida xizmat qiladi.

2.2. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida ish unumini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari Mehnat unumdorligini oshirish yo'llarini iqtisodiy va boshqaruvga bo'lish mumkin. Iqtisodiy vositalar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun mehnat xarajatlarini kamaytirish va vaqt birligiga qo'shimcha miqdorda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chiqarish va boshqalarga qaratilgan. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limida keng ma’nodagi mehnatning ilmiy asoslari haqida emas, mehnat ta’limning elementlari to‘g‘risida gap boradi. Bu o‘quvchilarda mehnatning yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga yordam beradi. Politexnik bilimga ega bo‘lish qo‘yilgan mehnat vazifalarini bajarishda yordam beradi. Shuningdek, bu bilim kerakli amaliy ish bosqichlarini qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday asboblarni qo‘llash va uning sabablarini anglashga ko‘maklashadi. O‘quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o‘zaro bog‘langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish, u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘irlay olish kabilardan tarkib topadi.



http://fayllar.org
Yüklə 12,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin