Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materialni o‘rganishda tarixiy materiallardan foydalanish



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix25.09.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#148590
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
G„IYOSIDDIN AL - KOSHIY 
Ulug‗bek ilmiy maktabining yirik olimlaridan biri Jamshid Koshiy 
hisoblanadi. Koshiy 1385- yilda Koshon shahrida (Texron bilan Isfahon shaharlari 
o‗rtasida tug‗ildi. Shu sababli uni Koshoniy deb ham yuritadilar. Koshiy 
yoshligidanoq o‗z davrining yetuk matematik, astronom olimi sifatida shuhrat 
qozonadi. Boshqa olimlar qatori uni Ulug‗bek Samarqandga taklif etadi. Koshiy bu 
taklifni qabul qilib, 1417-yilda Samarqandga keladi. 
Jamshid Koshiy Samarqandda Ulug‗bek rasadxonasini qurish ishlariga faol 
qatnashadi, chuqur ilmiy ishlar olib boradi. Ularni o‗zining astronomiyadan yozgan 
10 ta va matematikaga doir yozilgan 3 ta eng yirik asarida bayon etgan. Koshiy 
1430-yilda Samarqandda vafot etdi. 
1. Jamshid Koshiy o‗zining astronomik asari -

Haqqoniy astronomiya 
jadvallari

asarini 1413-yilda Koshon shahrida yozib, uni Shoxruh mirzoga 
bag‗ishlaydi. Bu asar Nasriddin Tusiyning "Elxokiy jadvallari"ga o‗xshash bo‗lib, 
Nasriddinning bu asarini Koshiy qaytadan ishlab chiqadi va yangi jadvallar tuzadi. 
Bu asar fors-tojik tilida yozilgan bo‗lib, uning qo‗l yozmalari Mashhad va Istanbul 
kutubxonalarida saqlanmoqda. 
2. 

Osmon narvoni

asari, astronomiyaga bag‗ishlangan. Bu asar arab tilida 
yozilgan bo‗lib, uning qo‗lyozmalari Texron universiteti kutubxonasida va Mashhad 
kutubxonasida saqlanadi. 
3. 

Vatar va sinus haqida risola

asarida bir gradusli burchakning sinusi 
aniqlanadi, 
4. 

Usturlob yasash haqida risola

asarini 1416-yilda Koshon shahrida fors-
tojik tilida yozgan. 
5. 

Aylana uzunligining diametriga nisbati

asari 1424-yilda Samarqandda 
fors-tojik tilida yozilgan. 
Jamshid Koshiy asarlari orasida juda katta ahamiyatga ega bo‗lgan va 
Ulug‗bek davridagi matematik bilimlar saviyasini ko‗rsatuvchi ikkita mashhur asar 
bo‗lib, biz ular ustida to‗xtalamiz. Bulardan biri "Arifmetika kaliti" (Miftox-ul 
hisob"). Bu asar o‗rta va elementar matematika ensiklopediyasi hisoblanadi. 1427- 


39 
yilda yozilgan bu kitob bir necha asr davomida Sharq mamlakatlarida talabalar 
uchun matematikadan asosiy o‗qish kitobi bo‗lib xizmat qildi. Hozircha bu asarning 
7 ta qo‗lyozmasi ma‘lum bo‗lib, ular Leningrad, Berlin, London, Parijda 
saqlanmoqda. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin