“ Yangi astronomik jadvallar
” (
“ Zijji jadidi Ko‗ragoniy
“ ) bo‗lib, bu asar o‗rta asr
astronomiya fanining durdonasi hisoblanadi va sharq astronomiya fanining
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‗shgan mumtoz asardir. Bu asar 1437-yilda yozib
tamomlangan.
Astronomiyaning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan bu asarda
taqvim tuzish bilan bog‗liq bo‗lgan masalalar: arablar, yunonlar, eron, xitoy va
uyg‗ur sanalari, davrlar, yil va oylar, kun va haftalar, sanalarning kelib chiqishi va
ularning bir-biriga munosabati, quyosh va oyning harakati bayon qilingan. Shuni
aytish kerakki, Ulug‗bek Quyosh va Oy harakatini to‗g‗ri hisoblagan, uning bu
sohadagi hisoblash natijalari hozirgi hisoblashlardan juda oz farq qiladi. Masalan,
ekliptika tekisligining ekvatorga og‘maligini Ulug‗bek 23° 30' 17" deb topgan,
nazariy hisoblash bo‗yicha bu miqdor 23° 30' 49" bo‗lishi kerak, demak, bundagi
xato farq 0' 32" hisoblanadi.Bu asarning boshqa bo‗limida trigonometriyaga oid
jadvallar keltirilgan va 1019 yulduzning vaziyati ko‗rsatib berilgan. Bu jadvallar
o‗zining aniqligi bilan kishini hayratda qoldirdi. Masalan, mashhur fransuz olimi,
matematik, astronom Laplas shunday deb yozgan:
“ Ulug‗bek Samarqandda, o‗z
viloyatining markazida, Tixo Bragegacha mavjud bo‗lib kelgan. Eng yaxshi
hisoblangan yangi, yulduzlar katalogi va astronomik jadvallar tuzdi
” .
Trigonometrik jadvallar tuzish va u bilan bog‗liq bo‗lgan hisoblashlarni
bajarish shubhasiz og‗ir ish hisoblanadi. Ulug‗bek rasadxonasida uning jadvallarini
hisoblagan maxsus hisoblash markazi bo‗lib, unda hisoblashlar bilan mashg‗ul ko‗p
sonli matematiklar ishlaganlar va turli hisoblarni aniq bajarishda ular ko‗p mehnat
sarflaganlar.
1449-yil 27-oktabrda mashhur olim Ulug‗bek, reaksion ruhoniy fitnachilar
tomonidan vahshiylarcha o‗ldirildi. 1941-yil 18-iyunda akademik Qori-Niyoziy
rahbarligida Samarqanddan Temur maqbarasidagi Ulug‗bekning qabri ochilgan edi.
Ulug‗bek o‗z kiyinishlari bilan ko‗milganligi ma‘lum bo‗ldi. Chunki, shahid
bo‗lgan kishi, shariatga muvofiq shunday ko‗milgan. Olimning bo‘yin suyaklari
o‗tkir qilich bilan kesilganligi ma‘lum bo‗ldi.