O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.
Birinchi guruh
-
«Alisher Navoiy»
Ikkinchi guruh
-
«Amir Temur»
Uchinchi guruh
-
«Al Xorazmiy»
O`quvchilar o`z guruhlari nomlarini ta'riflab berishadi.
«Alisher Navoiy» guruhi.
Alisher Navoiy bobomiz 1441 yil 9-fevral kuni Hirot shahrida dunyoga
kelganlar. Shoir bolalik chog`laridayoq zehnlari o`tkir bo`lib 4-5 yoshlaridan
boshlab o`qish va yozishni bilib olganlar, ko`plab g`azal va ruboiylarni yod
bilganlar.
G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg`a tikandek oshiyon bo`lmas emish.
57
A.Navoiy besh dostondan iborat ―Xamsa‖ asarini yozib qoldirdi. Asar 1483-
1485-yillarda yaratilgan. U 26415 baytdan iborat bo`lib ―Hayratul - Abror‖, ―Layli
va Majnun‖, ―Farhod va Shirin‖, ―Sabbai Sayyor‖, ―Saddi Iskandariy‖ nomli
dostonlardan tashkil topgan.
O`quvchi:
Yurakdagi faxrim, g`ururim sizsiz,
Bobojon ruhingiz bizni qo`llasin.
Avlodlar qalbida so`nmas sham kabi,
Nurli manzillarga bizni yo`llasin.
«Amir Temur» guruhi.
Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi bo ‗lgan.
Amur Temur bobomiz,
Mangu jasur bobomiz.
Jangu jadallar kezgan,
Ulug` davlat yurt kezgan
«Al Xorazmiy» guruhi.
1 dan 9 gacha bo`lgan raqamlarni, ular ustida bajariladigan amallar
qoidalarini va boshqa ko`p arifmetik qonunlarni fanga birinchilardan bo`lib
vatandoshimiz buyuk matematik Al Xorazmiy (783-850-yil) kiritgan. Uning
matematikaga doir bir qator asarlari o`sha paytda boshqa tillarga tarjima qilinib
uzoq vaqtgacha Yevropa universitetlarida hisob ilmidan darslik vazifasini bajarib
kelgan. Al Xorazmiy matematikaga doir juda ko`p risolalar yaratgan. Buyuk
bobokalonimiz Al Xorazmiy matematika, astranomiya, geografiya fanlarining
rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.
Sinfga Bilmasvoy kirib keladi.
|