50
tavsiya qiladi. U ayirish bosqichida kamayuvchining raqamlarini o‗chirib, ular
o‗rniga ayirmaning raqamlarini yozadi.
Koshiy esa qo‗shish va ayirishning quyidagi usulini bayon etadi. Ular
qo‗shish va ayirish amallarini hech qanday belgisiz so‘z bilan tushuntirganlar.
Demak, Tusiy, Nishopuriy va Koshiylar qo‘shish va ayirish usullari ichida bu usul
eng tushunarli ekanini qayd etadilar. Bu usul shu kungacha saqlanib qolgan.
Yangi boshlang‗ich matematika kursida, avvaldagiga o‗xshash, arifmetika
asosiy o‗rinni egallaydi. 1-4-sinflarning yangi dasturida arifmetik material mazmuni
unchalik ko‗p o‗zgarmagan: arifmetika nazariyasi (amallarning
xossalari, natijalar
va komponentlar orasidagi o‗zaro bog‗lanish, komponentlardan biri o‗zgarganda;
amallar natijalarining o‗zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar
(sanoq, o‗lchashlar,
hisoblashlar, masalalar yechish) bilan bog‗lanishi yanada
mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi,
arifmetik
amallar)ni shakllantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko‗zda tutilgan.
Shuningdek, arifmetikani boshlang‗ich o‗rganish uslubi ham mukammallashtirilgan.
Kichik yoshdagi o‗quvchilarni o‗qitishning barcha bosqichlaridan ularning fikrlash
faoliyatlarini aktivlashtirishga, tayin faktlar va kuzatishlarni o‗z
vaqtida
umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o‗zaro bog‗lanishni tayinlashga,
bolalarda mustaqil ishlash uquvlarini paydo qilishga qaratilgan yangi ilmiy
asoslangan usul va uslublari maktab dasturiga kiritilgan.
O‗quv materialini o‗quv yillari bo‗yicha taqsimlanishida o‗rganilayotgan
sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko‗zda tutiladi: I sinf «1 dan 20 gacha
sonlar», II sinf «1 dan 100 gacha sonlar», III sinf «1 dan 1000 gacha sonlar», IV sinf
«1 dan 1 000 000 gacha sonlar».
uslubida ko‗p umumiylik mavjud bo‗lib, bu o‗qitishning ma‘lum
uslubida
ishlashning umumiy usullarining shakllanishiga imkon beradi, o‗quvchilarning
kamayuvchi
953276
Ayriluvchi
417869
Ayirma
911490