Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materialni o‘rganishda tarixiy materiallardan foydalanish


  1.3. MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY BILIM BERISH BILAN



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix25.09.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#148590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
 


16 
1.3. MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY BILIM BERISH BILAN 
O„QUVCHILARDA O„ZLIKNI ANGLASH HISSINI 
TARBIYALASH
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q" 
asarida "o‗zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi", degan muhim fikr mavjud. 
Haqiqatdan ham, ona yurt tarixini xolisona bilmasdan va u bilan faxrlanmasdan 
turib, milliy o‗zlikni anglab bo‗lmaydi. O‗tmish tarixini chuqur va mukammal 
bilgan xalq va millat tarix saboqlaridan o‗ziga tegishli va zarur xulosalar chiqarib 
oladi.
Hozirgi yoshlar o‗z xalqining jonkuyari bo‗lishi, milliy qadriyatlarimizni 
chuqur bilgan, o‗zlashtirgan, ularni qadrlaydigan bo‗lishi kerak.
Asrlar davomida ajdodlarimizning aqlu-zakovati bilan yuzaga kelgan milliy 
qadriyatlar inson shaxsining har tomonlama kamol topishida yetakchi omildir. 
Shunday ekan, hozirgi zamon kishisi, xususan, yosh avlodning milliy tushunchasini, 
ongini boyitib borish katta ahamiyatga ega.
Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy boyliklar xalqimiz tomonidan 
ko‗z qorachig‘idek saqlanmoqda va o‗rganilmoqda. O‗sib kelayotgan yosh avlod - 
maktab o‗quvchilarini mana shu asarlar bilan tanishtirish ularning dunyoqarashini 
kengaytiradi, bilim saviyasini yuksaltiradi.
O‗tmishni, goh g‗amgin, goh quvonchli kechgan tarixni ajdodlarimizning 
buyukligi nimadan iboratligini bilmay turib, milliy g‗urur, milliy iftixor tuyg‗usi 
shakllanmaydi. Kelajak o‗tmishdan boshlanadi, degan gap bor. Vujudimizda, 
qadriyatlarimiz tarkibida nimaki go‗zallik bo‗lsa, Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, 
Beruniy, Ulug‘bek, Umar Xayyom, G‗iyosiddin 
Jamshid 
Koshiylarning pokiza 
vijdonidan, buyuk e‘tiqodlaridan, 
muqaddas 
ruhlaridan jamlanganini har bir 
o‗qituvchi, har 
bir
o‗quvchi bilmog‗i kerak. Vatan o‗tmishdan, bugundan va 
kelajakdan iboratdir. 
Biz xalqimizning uzoq yillar davomida yaratgan behisob moddiy -ma‘naviy 
boyliklari bilan faxrlanamiz. O‗rta Osiyo xalqlari olimlari o‗tmish madaniyatini
badiiy va ilmiy merosini o‗rganish yuzasidan bir qancha muhim ishlarni amalga 


17 
oshirdilar. Matematika tarixiga doir kitoblarda O‗rta asr Sharq olimlarining 
matematika sohasidagi ishlari haqida umumiy ma‘lumot berilgan. Keyingi yillarda 
taniqli olimlardan A.Axmedov, A.P.Yushkevich, B.A.Rozenfeld, G.N.Qori-
Niyoziy, S.X.Sirojiddinov, G‗.Jalolov va boshqalarning qilgan ishlari shu olimlar 
ijodi haqidagi ma‘lumotni yanada kengaytiradi va ularning metodlari bilan 
tanishtiradi. 
Hozir maktablarda qo‗llanilayotgan matematika dasturi va darsliklarda O‗rta 
Osiyo xalqlari allomalarining, matematika sohasiga qo‗shgan hissalari haqidagi 
ma‘lumot kam va umumiy tarzda. 
O‗qituvchi dars va darsdan tashqari mashg‗ulotlarda, matematikaga katta 
hissa qo‗shgan O‗rta Osiyo olimlarining ishlariga doir tarixiy materiallar haqida 
ma‘lumot berib borsa, o‗quvchilarning matematikaga qiziqishi ortadi. Matematik 
masalalarni qadimgi va hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan tahlil qilib yechilsa, 
maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
O‗rta Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar qatori jahon madaniyati xazinasiga 
katta hissa qo‗shgan. Ko‗pgina moddiy va ma‘naviy boyliklar chet el 
bosqinchilarining ko‗p asrlar davomida O‗rta Osiyo xalqlariga qarshi bosqinchilik 
urushlari oqibatida yo‘qolib ketgan. Shu sababli bu xalqlarning o‗rta asrda 
madaniyatining haqiqiy o‗rganish ancha mushkul. 
V asr oxirlariga kelib, Rim imperiyasi qulaydi. Shu munosabat bilan qadimgi 
Rimda fan va madaniyat tushkunlikka yuz tutadi. Yevropada o‗rta 
asrlar 
boshida 
ijtimoiy - madaniy va siyosiy hayotda dinning ta‘siri nihoyatda kuchayadi. 
Din ilm-fan va ma‘rifat taraqqiyotiga katta to‘sqinlik qiladi. Buning 
oqibatida, G‗arbiy Yevropada fan va madaniyat taraqqiyoti deyarli to‗xtab qoladi. 
Tarixiy manbalardan bilishimizcha, matematika sohasida XII
asrgacha hech qanday 
ijodiy ish yuzaga kelmaydi. Ammo VII-XIII
asrlarda dunyoning boshqa bir 
tomonida-Sharqda matematika, astronomiya fanlari taraqqiyotida juda katta 
yutuqlarga erishiladi. Madaniyat markazlaridan biri bo‗lgan O‗rta Osiyoda yashagan 
xalqlar juda qadim zamonlardan beri Xitoy, Hindiston, Eron, Kavkaz va boshqa 
mamlakatlarning xalqlari bilan "Buyuk ipak yo‘li" orqali savdo-sotiq, siyosiy 


18 
madaniy aloqa qilib turar edilar. O‗rta Osiyo xalqlari ilm-fan sohasida bu 
mamlakatlarning xalqlari yaratgan yangiliklarni qunt bilan o‗rganadilar va o‗zlari 
ham Sharqda ilm - fanning taraqqiyotiga katta hissa qo‗shadilar. 
Matematikani o‗rgatish jarayonida tarbiyani 
o’quvchilarning yoshi va 
bilimiga mos ravishda sonlar va ularning xossalari bilan tanishtirishdan boshlash 
mumkin. 
Masalan, quyi sinflarda ko‗p xonani sonlarni o‗rganishdan 
boshlab, 
yuqori sinflarda sonlar xonasini kengaytirish 
va 
nihoyat natural 
sonlar 
to‗g‗risidagi 
bilimlar orqali o‗quvchilar hamma 
sonlar inson amaliy 
faoliyati, uning hayotiy 
ehtiyoji 
va tajribasi 
na
tajasida 
paydo 
bo‗lganligiga ishonch hosil qiladilar. 
Sonlarning xossalarini o‗rganish vaqtida bu xossalar turlicha qarashlar va 
xurofiy nazariyotchilar tomonidan qanday talqin qilinganligi haqida suhbat 
o‗tkazish mumkin. Bunday suhbatlar oxirida o‗tkaziladigan mashqlar natijasida va 
sonlarning muhim xossalarini o‗rganish orqali o‗quvchilarni chekli tasavvurlar bilan 
tanishtirish mumkin. 
Dastlab, tarixiy materiallar tarkibida mavjud bo‗lgan hikoya, ertak, 
masallardan o‗rinli foydalanish lozim bo‗ladi. Bunga shu yoshdagi bolaning 
ko‗pincha uyda va maktabda shug‗ullanadigan asosiy faoliyati bo‗lgan o‗qish, 
muomala, o‗yin va mehnat yordam beradi. Yetti yoshga to‗lguncha bolalarda 
ma‘lum obyekt va hodisalar haqida faqat reproduktiv, ayni paytda idrok etib 
bo‗lmaydigan timsollarni payqash mumkin, bu timsollar asosan axborot 
ma‘nosidadir. 
O‗qishga kelishi bilan bola shaxsiga tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatadigan 
tengdoshlari, o‗qituvchilar, maktab o‗quv qo‗llanmalari orqali katta yo‗l ochiladi. 
O‗qish hisobiga ommaviy axborot vositalari orqali aloqalar kengayadi, unga 
muayyan darajada ta‘sir ko‗rsatadigan axborot oqimi kuchayadi. Bola maktabga 
borishi munosabati bilan oilaning tarbiyaviy ta‘siri birmuncha susayadi, chunki u 
bilan maktab yaxshigina raqobat qila boshlaydi. Endi bolaning ko‗proq vaqti oiladan 
tashqarida o‗z tengqurlari, o‗qituvchilari bilan turli vaziyatlarda muomala-
munosabat qilgan holda kecha boshlaydi. Quyi sinflarda o‗qiyotgan vaqtida bolaga 


19 
oila bilan maktabning ta‘siri deyarli bir xil bo‗ladi. Bu masalada tarixiy 
materiallardan foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega. 
Matematika mashg‗ulotlarida sonlarning xossalarini o‗rganishdan tashqari, 
ayrim matematik olimlarning hayoti bilan ham tanishtirib boriladi. Bu suhbatlar 
davomida albatta ularning yaratgan kashfiyotlari haqida ilmiy-g‗oyaviy ma‘lumotlar 
beriladi. 
O‗qituvchi o‗z imkoniyatiga qarab tinglovchilarni xalq ichidan yetishib 
chiqqan olimlarning fikrlari va ma‘rifatparvar g‗oyalari bilan ularning fanga bo‗lgan 
qo‗shgan hissalari, matematikaga doir ishlari bilan tanishtirib borsa, o‗quvchilarning 
fanga qiziqishi ortadi hamda vatanparvarlik dunyoqarashi ham shakllana boradi. 
O‗rta Osiyoda yashab ijod qilgan Forobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, 
Hakim 
va
 
Sobir Termiziylar, Firdavsiy, Rudakiy va boshqa buyuk mutafakkirlar 
o‗zlarining butun ijodiy faoliyatlarini Vatanda ilm-ma‘rifatni rivojlantirishga 
bag‗ishladilar. 
Bular ilk o‗rta asr sharoitida nihoyatda ozchilikni tashkil qilgan edilar. 
Ularning xizmatlari o‗z zamonasida inobatga olinmadi, ayrimlari 
moddiy
 
nochorlik, 
quvg‗in va ta‘qib ostida yashadilar. Ilmiy g‗oyalarni targ‗ib qilganliklari uchun 
ko‗pgina mutaffakkirlarning hayoti 
fojiali tugadi. 
Ulug‗bekning ilmiy faoliyati va madaniy merosi tarixini ham o‗quvchilarga 
mukammal tushuntirish zarur, chunki Ulug‗bek davlatning ma‘muriy, siyosiy ishlari 
bilan band bo‗lishiga qaramasdan, jahonshumul ahamiyatga molik ilmiy ishlarni 
bajaradi, mamlakatning madaniy
yuksalishiga alohida e‘tibor beradi. 1417-1420 
yillarda O‗rta Osiyoning yirik markazlari bo‗lgan Buxoro, Xo‗janjakon (hozirgi 
G‗ijduvon) shaharlarida zamonaviy madrasalar qurdirdi. Buxoroda qurdirgan 
madrasa darvozasining peshtoqiga ko‗pdan-ko‗p yulduzlar rasmini chizdirdi. Ilmga 
intilish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir degan shiorni yozdirib qo‗ydi, 
xotin-qizlarni ilm-ma‘rifatli bo‗lishga da‘vat etdi. 


20 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin