Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materialni o‘rganishda tarixiy materiallardan foydalanish


Ahadova. M.O‟rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matеmatikaga doir ishlari. Toshkеnt. “O‟qituvchi”. 1983



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix25.09.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#148590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
4
Ahadova. M.O‟rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matеmatikaga doir ishlari. Toshkеnt. “O‟qituvchi”. 1983. 


14 
Ulug‗bek ilmiy maktabining namoyondalari Ulug‗bekning shogirdlaridir. Bu 
ulug‗ olimlar amalda kanallar qurdilar, yulduzlar xaritasini tuzdilar, turli inshootlar 
barpo etdilar. Bu kitob yana shunisi bilan qiziqarliki, unda matematika va 
geometriyaga oid amaliy masalalar berilgan bo‗lib, ular ustida olimlar ish olib 
borganlar. 
Keyingi yillarada matematika fani tarixiga oid nashr etilgan kitoblardan (1974 
- 1987) biri «Matematika tarixi», ikkinchisi esa «Matematika fanining paydo 
bo‗lishi va rivojlanishi» deb ataladi. Bu kitoblarda matematika fani tarixidagi aktual 
muammolar va ma‘lumotlar tahlil etilgan. 
«Matematika tarixi» kitobida matematika fanining taraqqiy etish 
qonuniyatlari tahlil qilib chiqilgan. Kitob tarkibi bir shaklga keltirilgan, matnning 
bir necha joylari hozirgi zamon fani talablari asosida katta ishlangan. Kitob 
tushunarli ilmiy til bilan yozilgan 
va 
matematika o‗qituvchilari o‗z o‗quvchilariga 
tushuntirish uchun qulaylik bilan foydalanishlari mumkin.
Shu kitobda matematik tasavvurning shakllanish jarayonlari, 
matematika 
nazariyasi, elementar matematika rivoji, o‘zgaruvchan miqdor matematikasi, 
matematik tahlil va geometriya, hozirgi zamon matematikasining 
boshlanishi 
kabilar talqin etib chiqilgan. Barcha bu ma‘lumotlar davrlashtirilgan. Misr, qadimgi 
Vaviloniya, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, O‗rta Osiyo va Yaqin Sharq, Uyg‗onish 
davri Yevropasi matematikasi va geometriyasi ma‘lumotlari bayon qilib berilgan.
«Matematika fanining paydo bo‗lishi va rivojlanishi» asari «Matematika 
tarixi» asarining yana ham soddalashtirilgan yo‗nalishi bo‗lib, o‗rta maktab 
o‗qituvchilari uchun mo‗ljallangan.
O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
sharqshunoslik instituti nashr etgan maqolalar to‗plami 1979-yilda nashr etilgan 
bo‗lib, bu to‗plam Ulug‗bek davri matematika taraqqiyoti haqidagi qiziqarli 
ma‘lumotlarga g‗oyatda boydir.
Hozirgi zamon matematika predmetining shunday boy mazmunga ega 
bo‗lishi uning eng muhim muammolar majmuini qayta qurishga olib keladi. 


15 
Matematika asoslari deganda, tarixiy, mantiqiy, falsafiy muammolar va matematik 
nazariyalar tizimi tushuniladi.
Tarixiy tushunchalarni boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining bilimi va yosh 
xususiyatiga muvofiq t
ushuntirish 
va aniq bo‗lishini hisobga olib dastlab:
- xalq pedagogikasidagi maqol, topishmoq, ertak, o‗yinlardagi matematikaga 
doir tushunchalar tizimi;
- matematik olim, mutafakkirlarning hayoti va faoliyatidan namunalar; 
- xalq obidalaridan elementar matematik hisoblashga doir qurilmalarni 
ko‗rsatish va o‗lka bo‗ylab sayr orqali amalga oshirish kabilar tarixiy tushunchalarni 
shakllantirishda asosiy vositadir.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin