8
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
- ishlab chiqilgan
ilmiy pedagogik tavsiyalar
boshlang`ich sinf matematika darslarini tarixiy materiallar bilan bog`lash uni
samaradorligini oshirish imkoniga ega bo`ladi.
- boshlang`ich sinf matematika darslarida O`rta Osiyolik olimlar ijodidan
foydalanishga doir ko`rsatmalardan o`quvchilarni bilimli
va komil inson qilib
tarbiyalashda, ota-onalar, o`qituvchi va jamoatchilik foydalanishlari mumkin.
Ishdagi ilmiy yangilik.
Boshlang‗ich sinf matematika darslarini o‗rganishda
tarixiy materiallardan foydalanish boshlang‗ich sinflarda matematikani o‗rganish
metodikasida umuman olganda yangi yo‗nalish. Muhammad Xorazmiyning ―Hind
hisobi haqida kitob‖ asarida birinchi marta tahlil qilib o‗rganilmoqda. G‗iyosiddin
Jamshidning ―Arifmetika kaliti‖ asari XV asr matematikasining
qomusiy asari
bo‗lib, undan foydalanish masalalar ham birinchi marta ko‗rib chiqilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi
. Ushbu
bitiruv malakaviy ishi kirish,
uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.