11
qisqacha tavsifi beriladi. Kitob yana shunisi bilan qiziqarliki, bayonda
mualliflarning hayoti tadrijiy tartibda beriladi.
Bu ilmiy ishda hozirgi fanga ma‘lum bo‗lmagan mualliflarning ko‗l
yozmalari
haqida ham, noma‘lum asarlar haqida ham ma‘lumotlar berilgan. Bu
kitobdan O‗rta Osiyo matematika tarixi bo‗yicha ko‗rsatkich sifatida ham
foydalansa bo‗ladi.
Bizning ilmiy izlanishlarimiz G.M. Gleyzerning «Maktabda matematika
tarixi» (IV-VII asrlar) kitobi (1981 y.) bilan bevosita bog‗liq. Bu kitob juda sodda
tilda yozilgan bo‗lib, matematika tarixi taraqqiyotiga
oid muhim uslubiy
qo‗llanmadir.
Bu kitob o‗quvchilarning matematikani o‗rganishga qiziqishlarini oshirishga,
ularning aql doirasini kengaytirishga, madaniyatini yuksaltirishga mo‗ljallangan. U
arifmetikaning kelib chiqishi, algebraning boshlanishi va geometriyaning
rivojlanishi tarixiga bag‗ishlangan. Kitobdagi ayrim dalillardan boshlang‗ich
sinflarda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: