I. BOB.MATEMATIKAGA DOIR ILMIY - NAZARIY G„OYALARNING YUZAGA KELISHI MANBALARI .
1.1. Matematika fanining rivojlanish bosqichlari. Matematikaning eng qadimgi davrlaridan hozirgi kungacha
bo
‗l
g
an ko‗p
asrlik rivojlanish tarixida uning 4 rivojlanish davri qayd etiladi.
1 .
Dastlabki omillarning jamlanishi (to„planishi) bilan tavsiflanadigan matematikaning paydo bo„lish davri . Bu davrda matematika hali alohida fan
tariqasida o‗zining predmetga va metodiga ega bo‘lmay, balki matematikadan faqat
ayrim faktlar to‗planadi. Matematik tushuncha miqdor esa inson tajribasidan olinib,
mustaqil abstraktlashgan tekshirish metodi doirasiga kiritilmagan. Umuman
olganda, bu davr matematikasi ilmiy nazariyasiz amaliy xarakterda bo‗lgan. Bunga
misol tariqasida qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hind matematikasini ko‗rsatish
mumkin.
2. Elementar matematika davri. Bu davrga qadimgi Yunon matematiklari
asos soldilar va uni O‗rta Osiyodagi O‗rta Sharq olimlari davom ettirdilar.
Bu eramizdan oldingi VI-V asrlardan boshlab eramizning XVII asrigacha
bo‗lgan vaqtni o‗z ichiga oladi. Bu davrda matematika alohida fan tariqasida
o‗zining predmeti va metodi bilan vujudga keladi. Masalan: Eramizdan oldingi VI-
V asrlarda qadimgi Yunon matematikasida abstraktlashgan va qat‘iy mantiqlashgan
geometriya vujudga keladi. Bu Evklid geometriyasi nomi bilan ataladi. Bundan
tashqari, butun va ratsional sonlar arifmetikasi, Dedikend kesimi nazariyasiga
o‗xshash nisbatlarning
umumiy
nazariyasining asoslari, limitlar nazariyasining
elementlari yuza va hajmni hisoblashdagi ―Yetarli metod‖ kabi matematika
tarmoqlari vujudga keladi.
O‗rta Osiyo mamlakatlarida Muhammad al- Xorazmiy algebrani ijod etish
bilan uni alohida fan darajasiga ko‗taradi.
―O‗rta Osiyo‖ ensiklopediyasi olimlari Al-Farg‗oniy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Ulug‗bek, G‗iyosiddin Koshiy va boshqalar
matematika faniga o‗z hissalarini qo‗shdilar.
10
Xurosonlik matematik Nasriddin Tusiy XIII asrda tekis va sferik
trigonometriyani bir tizimga soladi va trigonometriyani alohida fan darajasiga
ko‗taradi.