13
Kitobdan o‗rta maktab matematika darslarida tarixiy materiallarni qo‗llash
maqsadida foydalanish mumkin.
Golland olimi B.P.Vanderning «Uyg‗onayotgan fan» (Qadimgi Misr, Vavilon
va Yunoniston matematikasi) aniq fanlar turli tarmoqlari arifmetika, matematika,
algebra, geometriya davrlarga bo‗lib ko‗rib chiqilgan. Mazkur ilmiy ishda
matematikaning fan tariqasida shakllanishining sarchashmalari haqida fikr
yuritiladi. Bu ilmiy
ishning
o‗quvchilar uchun yana bir foydali tomoni - matematika
va geometriyaning amaliy ishlari bilan bog‗langan, matematikaning amaliyot bilan
bog‗liqligi haqida qiziqarli ma‘lumotlar keltirilgan.
A.P.Yushkevichning «O‗rta asrlar matematikasi tarixi» ilmiy ishida
matematika fanining Xitoy, Hindiston, Islom mamlakatlari (arab davlatlari, O‗rta
Osiyo, Eron, Ozarbayjon)dagi taraqqiyotining umumiy bayoni berilgan. Muallif
ko‗p sonli tadqiqotlariga yakun yasab, matematika fani taraqqiyot tarixini yangicha
tushunish
haqida
o‗z xulosalarini bayon qilgan. S.X.Sirojiddinov va
G.P.Matviezskaya birgalikda 1978-yilda o‗quvchilar uchun Abu Rayhon Beruniy
haqida qo‗llanma ham yaratdilar. Bu qo‗llanma «Abu Rayhon Beruniy va uning
matematikaga oid asarlari» deb ataladi. Unda O‗rta Osiyo qomusiy olimi Abu
Rayhon Beruniy ijodining qisqacha bayoni, uning ilmiy tarjimai holi va uning
izdoshlari haqida ham ma‘lumotlar bor. Oxirida Beruniyning matematik asarlari,
ya‘ni matematikaga oid ijodi berilgan.
M.Axadovaning O‗rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari ijodi to‗g‗risida o‗z
tilida yozilgan ilmiy ishlari 1964- va 1983- yil sanalari bilan belgilangan. Birinchi
kitob shu sohaga qiziquvchilar uchun matematika tarixi faniga oid qo‗llanma bo‗lib,
u «O‗rta Osiyoning mashhur matematiklari» deb ataladi. Unda Muhammad
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom haqida hikoya qilingan
4
.
Ikkinchi kitob «O‗rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir
ishlari» deb ataladi. Bu kitobda Beruniy, Umar Xayyom, Ibn Sino, Tusiy, Ulug‗bek,
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar haqida kengroq ma‘lumot berilgan.
Dostları ilə paylaş: