Mavzu: boshlang’ich sinflarda hosil qilinadigan sintaktik kompetensiyalar mundarija: kirish I bob. Grammatik tushunchalarning samarali o’zlashishini ta’minlaydigan metodik shartlar
I BOB. GRAMMATIK TUSHUNCHALARNING SAMARALI O’ZLASHISHINI TA’MINLAYDIGAN METODIK SHARTLAR……………………………………………...3
1.1. ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI O‘RGATIB BORISHNING AHAMIYATI ………………………………………...7
1.2. GRAMMATIKA VA SO’Z YASALISHIGA OID TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI……………………………………………….11
II BOB. GRAMMATIK VA SO’Z YASALISHIGA OID MASHQLAR…………………………………………………….17
2.1. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MORFOLOGIYAGA OID DASTLABKI TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH………………………..27 XULOSA……………………………………………………………….32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………….33 KIRISH Davlatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim mazmunida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Ona tili ta’limi mazmunining yangilanishi mazkur sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab berdi.
Jahonning 20 dan ortiq davlatlaridagi 65 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanining o‘qitilishi quvonarli hol, albatta. Ko‘plab chet ellik olimlar o‘zbek tili, uning rivojlanish bosqichlari, tarixiy taraqqiyoti, o‘zbek adabiyoti namoyondalari tomonidan yaratilgan o‘lmas asarlar yuzasidan ilmiy izlanishlarni amalga oshirayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Mana shunday yutuqlar bilan birga, hali bu sohada yechimini kutayotgan muammolar ham talaygina. O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o‘quvchilar aqliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o‘zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo‘lishini ko‘z oldiga aniq keltirishi lozim.