Mavzu: boshlang’ich sinflarda hosil qilinadigan sintaktik kompetensiyalar mundarija: kirish I bob. Grammatik tushunchalarning samarali o’zlashishini ta’minlaydigan metodik shartlar


Boshlang’ich sinflarda morfologiyaga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirish



Yüklə 162,26 Kb.
səhifə9/10
tarix13.12.2023
ölçüsü162,26 Kb.
#175759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi bosh.

2.1. Boshlang’ich sinflarda morfologiyaga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirish

Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Bu esa har bir yoshdagi insonlardan ana shu texnologiyalardan bohabar bo’lishni talab qilishi tabiiy. Hozirda yurtimizda texnika kirib bormagan hech bir soha qolmadi. Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’g’il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.


Yoshlarga yaratilayotgan bunday imkoniyatdan albatta samarali foydalamish, yurt kelajagi va xalqimiz istiqboli uchun imkon boricha harakat qilish lozim. Shu jumladan, yurtboshimiz quyidagi fikrlarni bejiz aytmaganlar: "Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odobaxloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin.
Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Shunday ekan yoshlarga ta’lim - tarbiya berish avvalo boshlang’ich sinfdan boshlanadi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ko’zda tutiladigan maqsadlardan biri o’quvchilarni o’z ustida ishlash, nutqini rivojlantirish, izlanish va yangiliklarni ixtiro qilishlarini hisobga olishdir. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda o’tiladigan har bir darsni noan’anaviy usullar asosida tashkil etish yaxshi natija beradi. Hozirgi kunda boshlang’ich sinflarda morfologik tushunchalarni shaklllantirish, bunda turli usul va metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Metod aslida yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi. Bunda o’qituvchi kuzatish, suhbat, savol-javob metodlaridan foydalangan holda darsni olib borishi mumkin.
Boshlang’ich sinflarda morfologik tushunchalarni o’rgatishda dastlab morfemika tushunchasi bilan tanishtiriladi.
Morfema - so’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma’noli qismi. Shundan so’ng morfemika turlari va ularga ta’rif berib o’tiladi. Morfemika, avvalo morfologiyaning ajralmas qismi ekanligi aytib o’tiladi. Boshlang’ich sinflarda so’z turkumlaridan ot, sifat, son, fe’l va kishilik olmoshlari o’rgatiladi.
Maktablarda ona tili o’rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’oyaviysiyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan.
Ona tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, mazm unli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilgan um um ta’lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.
Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartining “Kirish” qismida “Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jism onan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi”, - deb alohida ta’kidlagan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so’ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o’rganiladi. Bu so’z turkumlarini o’rganishning boshlang’ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lining quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so’z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat);
2) qanday so’roqlarga javob bo’lishi;
3) o’zgarish-o’zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi;
4) gapda, asosan, qanday bo’lak vazifasida kelishi.
O’quvchilar mana shu o’rgangan belgilari asosida so’z turkumlarini taqqoslaydilar. Ular nimani o’rganganlariga qarab, har bir so’z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi. Dasturga ko’ra, boshlang’ich sinfda so’zlar dastlab javob bo’ladigan morfologik so’roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda “So’z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi.
O’quvchilar har bir so’z turkumiga xos ayrim belgilar (so’z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlaming birlik va ko’plikda qo’llanishi, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’ining gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi.
Amerikalik lingvist Dell Xeteuey Xims (1972) kommunikativ kompetensiya tushunchasini ishlab chiqdi, bunda u suhbatdoshni tushunish uchun ham grammatik aniqlik (jumladan, grammatik tuzilmalar va soʻzlardan foydalanish), ham tildan toʻgʻri foydalanish (kontekst aniqligi) zarurligini ta’kidladi.
Angilyalik faylasuf Pol Grice (1975) oʻzining ilmiy ishlarida soʻzlovchi va tinglovchi oʻrtasidagi hamkorlik tamoyillarini oʻrganib, ularni maksimal miqdor, maksimal sifat, maksimal munosabat, maksimal xarakter tushunchalari orqali ifodalaydi.
Inliz tilshunosi Jeffri Neal Leach (1983) soʻzlashuv odobining eng yuqori darajalari ya’ni maksimumlarini yaratgan: xushmuomalalik (boshqalarning xohish-istaklariga maksimal darajada e’tibor berish), saxiylik (boshqalar uchun maksimal afzallik), ma’qullash (boshqalarni maksimal darajada ma’qullash), kamtarlik (oʻzini maqtashni minimallashtirish), kelishuv (maksimal) kelishuv), empatiya (boshqalarga maksimal darajada hamdardlik).
Biz yuqorida kommunikativ va pragmatik kompetensiya haqida chet el tilshunoslarining ayrim fikrlarini keltirdik. Oʻquvchilarda pragmatik kompetensiyani shakllantirish masala si oʻzbek tilshunoslarining ham ilmiy qarashlarida oʻz ifodasini topgan. Xususan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxtiyor Daniyarov “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquv fanlarini oʻqitishda tayanch kompеtеnsiyalarni shakllantirish masalalari” nomli maqolasida “Boshlangʻich sinflar oʻquvchilarida pragmatik kompetensiyani shakllantirishda oʻquvchilarning zukkoliklaridan samarali foydalangan holda ularga berilgan savollarga oʻquvchilar erkin javob berishlari, agar savol tushunarli boʻlmasa (notanish mavzuda murakkab gap va boshqalar), “Sorry” degan holda oʻzlari bilgan ma’lumotlarni, she’rlarni aytib berishlari va noqulay vaziyatdan chiqib keta olishlari mumkinligini tushuntirish lozim” - deb ta’kidlaydi.
4-sinfda so’z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o’quvchilar otlaming egalik va kelishiklar bilan o’zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o’rganadilar.
Boshlang’ich sinflar dasturi o’quvchilarni so’z turkumlari mustaqil va yordamchi so’z turkumlariga bo’linishi bilan maxsus tanishtirishni ko’zda tutmaydi, ammo o’qituvchi bolalarni so’z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.
Boshlang’ich sinflarda ot, sifat, son, fe’l va kishilik olmoshlari o’rgatiladi va bunda sodda, oddiy, tushunarli tildan foydalaniladi. Ushbu mavzular bo’yicha qisqa qoidalar keltirilgan. Qoida bo’yicha mashqlar berilgan.
So’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifa o’quvchilaming og’zaki va yozma nutqini o’stirish, lug’atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o’quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so’zlaming ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog’lanishli nutqda u yoki bu so’zdan o’rinli foydalanish malakasini o’stirish hisoblanadi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so’z turkumlarini o’rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o’quvchilar ko’p ma’noli so’zlar, ulaming o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi.

Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilgan um um ta’lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.


Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartining “Kirish” qismida “Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jism onan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi”, - deb alohida ta’kidlagan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so’ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o’rganiladi. Bu so’z turkumlarini o’rganishning boshlang’ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi.
Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Shunday ekan yoshlarga ta’lim - tarbiya berish avvalo boshlang’ich sinfdan boshlanadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ko’zda tutiladigan maqsadlardan biri o’quvchilarni o’z ustida ishlash, nutqini rivojlantirish, izlanish va yangiliklarni ixtiro qilishlarini hisobga olishdir. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda o’tiladigan har bir darsni noan’anaviy usullar asosida tashkil etish yaxshi natija beradi. Hozirgi kunda boshlang’ich sinflarda morfologik tushunchalarni shaklllantirish, bunda turli usul va metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 162,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin