Mаvzu boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan (2)
1.Ona tili darslarida ilmiy dunyoharash elementlarini shakllantirish O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishdan maqsadga muvofiq ishlashning etakchi sharti − o’quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan bog‘liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang‘ich sinflarda tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.
2. Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.
3. Til va tafakkur atrofimizni o’rab olgan moddiy borliqqa nisbatan ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. So’z tushunchaning shartli nomini o’zida aks ettiradi. Dunyoda yo’q narsa ongda ham, tilda ham bo’lmaydi. Bu holat o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o’rab olgan muhitni, voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o’rganilishini belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalardan biriga, ya’ni nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob tayyorlash hisoblanadi; materiya − birlamchi, ong – ikkilamchi degan tushunchadan o’quvchilarning xabardor bo’lishiga yordam beradi.
4. Til − barcha tomonlari o’zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda bo’lgan murakkab, ko’p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning barcha jihatlari bir-biriga o’zaro ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o’zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi.
O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.