13
kommunikatsiyaning tashkil etilishi masofadan turib turli xil zamonaviy texnika vositalari bilan
aloqa qilish ekanini ta’kidlaydi.
Shuningdek, MDH davlatlari olimlari va yetakchi mutaxassislari A. A. Andreyev, Ye. S. Polat,
A. M. Bershadskiy, V. M. Monaxov, V. A.
Slastenin, V. P. Tixomirov, I. K. Shalayev, A. V.
Xutorskiy, M. V. Moiseyeva kabi mutaxassislar tomonidan masofaviy o‘qitish
tushunchasi va u
bilan bog‘liq boshqa atamalar keng tahlil qilingan.
Ye. S. Polat masofaviy o‘qitishni tyutor va ta’lim oluvchilarning hamda ta’lim oluvchilarning
bir-birlari bilan o‘zaro faoliyatlari masofaviy amalga oshiriladigan va internet-texnologiyalar yoki
boshqa interfaol texnologiyalarga xos maxsus vositalar orqali amalga oshiriladigan o‘quv
jarayoniga xos bo‘lgan barcha komponentlarni (maqsadlar, mazmun, metodlar, tashkiliy shakllar,
ta'lim vositalari)ni aks ettiradigan mustaqil ta’lim shakli sifatida ta’kidlaydi.
A. A. Andreyev turli ta’riflarni
tahlil qilib, masofaviy o‘qitish ta’lim beruvchilar va ta’lim
oluvchilarning o‘zaro va ta’lim vositalari bilan birgalikdagi faoliyati ularning makon va zamonda
joylashishlariga invariant bo‘lgan o‘ziga xos maxsus didaktik tizimda amalga oshiriladigan interfaol
faoliyatlarining maqsadga yo‘naltirilgan,
tashkil qilingan jarayoni, degan xulosaga keladi.
Eydos Markazi mutaxassislari A. V. Xutorskiy va boshqalar masofaviy o‘qitish tushunchasini
shunday talqin qilishadi: o‘qitish subyektlari (ta’lim oluvchilar, pedagoglar, tyutorlar va boshqalar)
makon va vaqt bo‘yicha bir-biridan uzoqda turib telekommunikatsiya vositalari yordamida umumiy
o‘quv jarayonini amalga oshiradi.
MESI mutaxassislari V. P. Tixomirov va boshqalar tomonidan masofaviy o‘qitish deganda
shunday ta’lim texnologiyasi tushuniladiki, bunda tyutor va ta’lim oluvchi turli joylarda joylashgan
bo‘ladi hamda o‘qitish vositasi sifatida keys-texnologiya,
TV-texnologiya va tarmoq
texnologiyalaridan foydalaniladi.
M. V. Moiseyevaning ishida masofaviy o‘qitish sirtdan o‘qishning bir turi, ya’ni kompyuter
telekommunikatsiyalari, zamonaviy yangi axborot texnologiyalari vositalaridan maksimal darajada
foydalanish va o‘quv jarayonining barcha qatnashuvchilari orasida faol axborot almashish nazarda
tutilishi kerakligi tushuntiriladi.
Mazkur fikrlarni umumlashtirilgan holda mutaxassislar masofaviy o‘qitishni tyutor bilan ta’lim
oluvchilar orasidagi munosabatlar masofadan turib amalga oshiriladigan va o‘quv
jarayoniga xos
bo‘lgan internet texnologiyalarining spetsifik vositalari yoki interfaollikni ko‘zda tutadigan boshqa
vositalar bilan amalga oshiriladigan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, shakl,
vositalari)ni o‘zida aks ettiradigan ta’lim shakli sifatida ta’kidlaydi.