Mavzu: Boshlang’ich sinflarda sintaksis elementlari ustida ishlash metodikasi. Boshlang’ich sinflarda sintaksis va punktuatsiya elementlarini o’rganish


-sinf o'quvchilari savod o'rgatish davridayoq nuqta, so'roq va



Yüklə 20,4 Kb.
səhifə5/6
tarix22.12.2023
ölçüsü20,4 Kb.
#190462
1   2   3   4   5   6
синтаксис ва пунктуация

1-sinf o'quvchilari savod o'rgatish davridayoq nuqta, so'roq va

  • 1-sinf o'quvchilari savod o'rgatish davridayoq nuqta, so'roq va
  • undov belgilari bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar „Alifbe" o'qimasalar
  • ham, rasmga qarab gap tuzadilar.
  • O'qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to'xtam (pauza)
  • bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasavishini tushuntiradi. Bolalar,
  • o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, 3—5 gapli kichik matnni gaplarga
  • ajratadilar va ular o'rtasidagi to'xtam (pauza) qilish hikoya mazmunini
  • yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular
  • gapni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga
  • nuqta qo'yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos
  • yaratadi. Bolalarni gapni o'qishga oldindan tayyorlash uchun chizmadan
  • foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so'zlarni
  • sanaydilar va o'qituvchi rahbarligida chiziqlar bilan belgilaydilar:
  • Biz ertakni sevamiz.
  • Ovqat pishdi.
  • O'qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi:
  • - Og'zaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza (to'xtam) bilan
  • ajratamiz (Har bir gapni talaffuz qilib ko'rsatadi). Kitoblarda, gazetalarda
  • gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish
  • kerakligini ko'rsatish uchun alohida belgi — nuqta ishlatiladi.

Bir necha darsdan so'ng o'quvchilar gaplarni o'qiy boshlaydilar.

  • Bir necha darsdan so'ng o'quvchilar gaplarni o'qiy boshlaydilar.
  • Ular nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar.
  • Kesma harflardan gap tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foydalaniladi.
  • O'quvchilar gapni yozganda o'qituvchi nuqta qo'yishni
  • eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta qo'yilmasa, xato
  • hisoblanadi. O'quvchilar o'qituvchi yordamida nima uchun nuqta
  • qo'yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo'l bilan gapning oxiriga
  • nuqta qo'yish ko'nikmasi shakllantiriladi.
  • So'roq va undov belgilari bilan ham savod o'rgatish davridayoq
  • tanishtiriladi. Bolalar so'rash mazmunini bildirgan gaplarni o'qiydilar.
  • O'quvchilar bunday gaplarni ohangga rioya qilgan holda, ya’ni gapning
  • oxirida ovozni ko'tarish bilan o'qishga o'rgatiladi. Gapning mazmuni
  • va intonatsiyasi so'roq belgisini qo'yishni talab etadi. Undov belgisini
  • qo'yishni o'quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida
  • ohangda o'qilishi bilan bog'laydilar.

Yüklə 20,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin