|
O'quvchilaming nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra
|
səhifə | 2/6 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 20,4 Kb. | | #190462 |
| синтаксис ва пунктуация
3. O'quvchilaming nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra - 3. O'quvchilaming nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra
- turlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
- 4. Gapda so'zlarni aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish.
- 5. Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan
- boshlash, tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish20.
- Ishning bu besh yo'nalishi bir-biriga o'zaro ta’sir etadi va gapning
- ayrim tomonlarini o'rganish maqsadidagina ulaming har biri mustaqil
- muhokama qilinadi. Gapni o'rganish va nutqda undan foydalanish
- ko'nikmasini shakllantirish 0‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy
- kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. 0 ‘quvchi qanday yangilikni
- bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z
- fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish
- talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.
- ,,Gap“ mavzusi barcha sinflarda o'rganiladi. Gapning belgilari
- haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O'quvchilar fikr ifodalovchi
- nutq birligi - gap haqidagi elementar tasawurdan gapning bosh va
- ikkinchi darajali bo'laklari, gapda so'zlaming bog'lanishi, gapning
- uyushiq bo'laklarini o'rganishga o'tadilar.
- Gap ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi savod o'rgatish davriga
- to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilar gapning muhim xususiyatlari
- (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar.
- Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so'zlardan gap tuzib
- bo'lmaydi. Agar o'quvchilar gapning bosh bo'laklarini ajrata olmasalar,
- gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning
- qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun
Gapning
Dasturga
2-sinfda
3-sinf gap
4-sinfda
Ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyatini ochish - Ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyatini ochish uchun o'quvchilar
- gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo'lagiga bog'lanib, uni izohlab
- kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari
- gapni yoyish (yig'iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol
- ko'rinadi. Masalan, o'quvchilar ,,Qaldirg‘ochlar uchib keldi“ gapini
- yozadilar. Fikrni to'liq ifodalash uchun gapga qayerga? va qachon?
- so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni qo'yish topshiriladi. O'quvchilar
- bu vazifani bajarib, qaysi gap bo'lagi (ikkinchi darajali bo'lak) fikrni
- yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
- O'quvchilarda gapda so'zlaming bog'lanishini aniqlash ko'nikmasini
- shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko'nikmalar qatoriga kiradi.
- So'z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang'ich sinflarda
- uning muhim belgilari idrok qilinadi. „So'z birikmasi" atamasi
- darsliklarga kiritilmagan, ta’rifi berilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|