Mavzu: Boshqarish faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarning asosiy turlari. Reja



Yüklə 35,14 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2022
ölçüsü35,14 Kb.
#70915
1   2   3   4   5
Boshqarish faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarning asosiy turlari.

Ekspertlar tizimi – bu kompyuter yordamida ishlaydigan, turli faoliyat sohalarida qarorlar qabul qilishning maxsus yaratilgan murakkab tuzilmali modeldir. Mazkur modelning ish prinstipi shundayki, u xuddi ekspertlar kengashi kabi mulohaza yuritib, echimi izlab topilishi kutilayotgan qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini taklif etishga moslashtirilgan. Ekspertlar tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis qo‘yish, tarjimonlik, referentlik, taftish, tavsiyanomalar ishlab chiqish kabi zaruriyatlar yuzaga kelganida qo‘llaniladi‖. Olimlarning fikriga qaraganda, ekspert tizimlari turli sohadagi mutaxassislar va muayyan sohada mutaxassisligi bo‘lmagan har qanday odamlarga favqulodda vaziyatlarda muammoning echimini izlab topishga, mavjud ekspertlar guruhining o‘rnini bosishga imkoniyat yaratib beradi va shu xususiyati bilan iqtisodiy faoliyatda murakkab tashkiliy tuzilmaning turli tizimlarida ishlaydigan va ish yuzasidan o‘zaro muloqot qilishga majbur bo‘ladigan kishilarning vaziyatga mos tarzda to‘g‘ri qaror qabul qilishiga yordam beradi”. Ekspertlar tizimining asosiy afzalliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) har qanday tashkilotda amalga oshiriladigan reinjiniring (tuzilmani qaytadan tashkillashtirish) jarayonlari davomida ekspertlar tizimi nihoyatda asqotadi, chunki ushbu tizimdan foydalanish tufayli korxona rahbariyati eng avvalo, rastional tarzda xodimlar shtatini qayta tuzish, vaqtni tejash, byurokratiya ko‘lamini ancha cheklash, qog‘ozbozlikka chek qo‘yish imkoniyatini qo‘lga kiritadi;
2) tegishli mavzuga (muammoga) daxldor bo‘lgan barcha ma‘lumotlar, ularni izlab topish va foydalanish qoidalarining hammasi kompyuter xotirasida saqlanadi.
Bundan tashqari, sun‘iy intellekt qabul qilgan qarorlari qandaydir tahmin va farazlarga asoslangan bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda ekspertlar tizimi va ularning alohida elementlari buxgalteriya hisoblarini olib borish, hisobotlarni tayyorlashda, bank faoliyatida, personalni boshqarish sohasida keng qo‘llanilmoqda. Personalni boshqarish sohasida ekspertlar tizimidan foydalanish tufayli quyidagi imkoniyatlarni qo‘lga kiritish mumkin:
1) boshqaruv qarorlarini maqsadga muvofiq va vaziyatga mos tarzda qabul qilish, eng muhimi mavjud qonunchilikka xilof kelmaydigan tarzda qabul qilish;
2) boshqaruv tizimi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini kuzatib nazorat qilish;
3) boshqaruv tizimining joriy ish faoliyatiga oid barcha axborotlarni, shu jumladan, boshlang‘ich (relevant) qarorlarni, bir yerda to‘plash.
Boshqacha qilib aytganda, ekspertlar tizimi turli faoliyat sohalaridagi mutaxassislarga boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishda, kadrlar bilan ishlash jarayonida qabul qilinadigan qarorlarning amaldagi qonunchilik doirasida bo‘lishiga yaqindan yordam beradi. Bundan tashqari, ekspertlar tizimidan foydalanuvchi har qanday shaxs o‘zining haq-huquqlarini bilib olishi mumkin. Aksariyat ekspert tizimlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan, ayni vaqtning o‘zida nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan alohida qismlardan iborat. Ekspertlar tizimining birinchi qismi – alohida axborot tizimi bo‘lib, u menyular tizimi shakliga ega. Ushbu menyular orqali tegishli dasturlarga kirib personalni boshqarish sohasidagi ish jarayonlarining kechishiga doir kerakli ma‘lumotlar bilan tanishish mumkin. Ekspertlar tizimining ikkinchi qismi turli sohalarga oid bilimlar bilan yaqindan tanishish uchun xizmat qiladigan mahsuliy model asosida ishlaydi.

Xulosa.
Dasturning bu qismiga kirilsa tizim tomonidan ishlab chiqilgan muayyan savollar yordamida har kim o‘zini qiziqtiruvchi masalalar yuzasidan foydali maslahatlar olishi mumkin bo‘ladi. Jumladan, ekspertlar tizimining bu qismidan foydalanish tufayli personalni boshqaruvchi shaxslar intizomiy jazo tayinlash, xodimlarni ishdan bo‘shatish va hokazo shu kabi masalalar yuzasidan amaliy yordam olishadi. Shu o‘rinda ta‘kidlab o‘tish kerakki korxonalarda personal bilan ishlash jarayonida aynan ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish masalalarida ko‘proq turli xil nizoli vaziyatlar yuzaga keladi. Ekspertlar tizimi bunday vaziyatlarda juda qo‘l keladi. Ekspertlar tizimining uchinchi qismi personalni baholash bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun xizmat qiladi. Bu dasturda personal bilan ishlash jarayonida tuziladigan turli xildagi hujjatlar bazasi mavjud bo‘lib, zaruriyat tug‘ilsa, ularga tegishli tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqliklar kiritish, eng muhimi, bu kabi ma‘lumotlarni kerakli vaqtda izlab topib ko‘rib chiqish mumkin. Ekspertlar tizimining bu qismida turli xil ish hujjatlari haqidagi mufassal ma‘lumotlar (xususan olganda, ular qachon va kim tomonidan qabul qilingani, hujjatga asosan berilgan topshiriqlar mazmuni, ijrochilar, topshiriqni ijro etish muddatlari, turli xildagi rasmiy ish hujjatlarini to‘ldirish tartibi va hokazo) saqlanadi. Olimlarning fikricha, ekspertlar tizimining kelajagi porloq, chunki bu kabi tizimlar boshqaruv faoliyatini tartibga solishi va anchagina engillashtirishi mumkin. Bugungi kunda mavjud ekspertlar hamda boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilish tizimlarini takomillashtirishning bir qancha yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Bu xildagi yo‘nalishlarning quyida ta‘rifi keltiriladigan ikkitasi jiddiy e‘tiborga loyiq. Ushbu yo‘nalishlardan biri tizimdan foydalanuvchilar uchun kompyuter bilan algoritmik emas, balki tabiiy tilda muloqot qilish imkoniyatlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu juda muhim masala hisoblanadi, zotan ayni vaqtda mavjud bo‘lgan aksariyat ekspertlar tizimining negizidagi modellarning ish prinstipi shundayki, kompyuter tomonidan beriladigan turli savollarga aniq (ha yoki yo‘q degan) javoblar berish tufayli foydali maslahat, amaliy yordam olish mumkin.

Yüklə 35,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin