Mavzu: Boshqarish faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarning asosiy turlari. Reja


Kadrlar xizmatida axborot texnologiyalari



Yüklə 35,14 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2022
ölçüsü35,14 Kb.
#70915
1   2   3   4   5
Boshqarish faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarning asosiy turlari.

Kadrlar xizmatida axborot texnologiyalari

Inson faoliyatining turli jabhalarida ilm-fan yutuqlari, xususan, kompyuterlar va yangi informastion texnologiyalarining yaratilishi, izlanish va taraqqiyot uchun nihoyatda katta imkoniyatlar ochib berayotgan hozirgi zamonda axborot bilan ishlay olish juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi paytda kundalik hayotida turli xil axborotlarni qabul qilib, muhim qarorlar qabul qilish ehtiyojini sezmaydigan biron bir inson yoki tashkilot topilmasa kerak.
Ayni vaqtning o‘zida qabul qilinayotgan axborotlarning hajmi tobora kengayib murakkablashib borayotgani, ular tuzilishining o‘zgarib borishi ob‘ektiv jihatdan axborotlar bilan ishlashga nisbatan yangicha talablarni ilgari surmoqda. Bugungi kunda axborot tizimlari bilan ishlaydigan har bir odam olinayotgan axborotlarni juda qisqa fursatlarda qabul qilishi, operativ tarzda ularga ishlov berishi va tegishli tuzilmalarga, manzillarga uzatishi va nihoyat, olingan axborotlardan kelib chiqib, vaziyat taqozosi bilan yuzaga kelgan muammoga adekvat tarzda javob reakstiyasini berishni talab etmoqda.
Ayni paytda kompyuterlar quyidagilarni ta‘minlaydi:
  • inson resurslarini boshqarishda ko‘proq javobgarlikni yuklagan holda muntazam rahbarlarni axborot bilan ta‘minlaydi;


  • tanlovda qatnashuvchilar ro‘yhatini tuzish uchun nomzodlarga qo‘yiladigantalablar asosida rezyumelarni tanlab oladi;


  • personalni qidirish uchun internetga chiqishni ta‘minlaydi. 9



Yuqorida aytib o‘tilgan ob‘ektiv shart-sharoitlar o‘z vaqtida yangi zamonaviy axborot texnologiyalarining yaratilishini talab etgandi. Shu tariqa o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab dunyoning turli burchaklarida sun‘iy intellekt yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar avj olib ketdi.
Mutaxassis olimlar oldida tabiatning eng mo‘‘jizaviy mahsuli odam miyasining ish faoliyatini atroflicha o‘rganib chiqib, ushbu jarayonlarni modellashtirish asosida sun‘iy intellektni yaratish va uning yordamida murakkab muammolarning echimini izlab topishning oddiy uslublarini kashf etish masalasi turardi. Sun‘iy intellekt yaratish borasida olib borilayogan ilmiy tadqiqotlarning ilk davridayoq mutaxassis olimlar ―ekspertlar tizimi‖ni (uning tarkibiga qarorlar qabul qilish kichik tizimi ham kiritilgandi) yaratish ustida izlanishlar olib borishdi.

Yüklə 35,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin