Mavzu: Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanish shart sharoitlari



Yüklə 44,62 Kb.
səhifə2/13
tarix27.04.2023
ölçüsü44,62 Kb.
#103161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iqtisodiyot nazariyasi. Kurs ishi

Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi boʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi

Kishilik jamiyati taraqqiyoti bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi
Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko'pchilik mamlakatlari uchun xos bo'lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o'ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hoziigi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning banqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Shu bilan birga xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi hamda mavjud bo'lishining umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o'z-o'zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorga oid xususiyatini ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo'lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo'nalishlarini ko'rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi. Dastlabki, «kurtak», erkin, tartibga solinuvchi, deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti.



  1. Yüklə 44,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin