Mavzu: Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanish shart sharoitlari


Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari



Yüklə 44,62 Kb.
səhifə5/13
tarix27.04.2023
ölçüsü44,62 Kb.
#103161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iqtisodiyot nazariyasi. Kurs ishi

Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari



Bozor iqtisodiyoti yetuklik bosqichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi. Bozor iqtisodiyotining mohiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar:

1.Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda har bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi.
Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik yuritish usullari ham turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, har bir insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarining mavjudligi va ularning tengligi iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi. Bularsiz jamiyat taraqqiyotiga erishib bo’lmaydi.


2. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk ob’ekti, mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir.
Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xohlagan iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng huquqligi qonuniy ravishda ta’minlangan.


3.Bozor iqtisodiyoti yakka hokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy monopolizm — korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror sohada tanho hukmronlik qilishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanho hukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni chegaralaydi va hokazo. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega.

Yüklə 44,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin