Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari va sub’ektlari Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga,aloqalariga asoslanar ekan, uning ob’ekti hamda sub’ektlari mavjud.Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari — bu munosabatlar, aloqalar nimaga nisbatan yuz berishini ifodalasa, sub’ektlari ana shu munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida bo’lishini ifodalaydi.
Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar hamda puldir.Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar va pul. Xozirgi paytda bozor iqtisodiyotining yana bir ob’ekti sifatida pul massasi yoki agregatlari tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari tadbirkorlar, ishchilar, kapital, qimmatbaho qog’oz egalari, tijoratchilar, iste’molchilar va hokazolardan iborat. Bu sub’ektlar teng huquqli bo’lib, bir-biri bilan maqsadi, hamkorlikka undovchi manfaatlari, tovar va xizmatlar harakatini tashkil etish shakli va xarakteri jihatidan bog’langan. Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari iqtisodiy adabiyotlarda to’rt guruhga bo’linadi: