Mavzu: Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanish shart sharoitlari



Yüklə 44,62 Kb.
səhifə10/13
tarix27.04.2023
ölçüsü44,62 Kb.
#103161
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Iqtisodiyot nazariyasi. Kurs ishi

«Yaponcha model». U ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni har tomonlama va so’zsiz qo’llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg’usi asosida yaratilgan. Yaponiya harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinch-lik maqsadida barcha resurslarni to’plash va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potentsialni o’stirish imkoni yaratildi. Eng avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo’ljallab, moslashtirilib valyuta ishlab topildi, uning evaziga xorijiy mamlakatlardan, ayniqsa Amerika va g’arbiy Evropadan eng yangi texnika, texnologiya, litsenziya, patent, «nou-xau» sotib olinib, yuqori mehnat umumdorligiga erishildi. Tadbirkorlik qo’llab-quvvatlandi. Jahon bozorida xom ashyo va yoqilg’ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy xarajatlarning yo’qligi Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada yirik kompaniyalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakatda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga alohida ahamiyat berilishi katta rol o’ynadi. Aholining tabaqalanishi dastlab kuchaygan bo’lsa, maqsadga erishilgach, aholining ehtiyojmand qismiga davlat va firmalar yordami kuchaytirildi, umumiy farovonlikka erishildi.

«Yapon modeli»ning asosiy xususiyatlari.
Milliy iqtisodiyotning asosiy yo’nalishlariga davlatning yuqori darajada ta’sir ko’rsatishi. Davlat avval tankerlar ishlab chiqarishni, so’ngra avtomobil, 70- yillardan esa elektronika va kompyuterlar ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatladi. Bunday yondashuv Yaponiyaga 70- yillarning o’rtasidagi chuqur krizislardan xoli bo’lib, iqtisodiyotni dinamik tarzda rivojlanishini ta’minladi.
1957 yildan boshlab iqtisodiyotni tanglik holatidan olib chiqish hamda ishlab
chiqarishda yuqori samaraga erishish strate-giyasi aniqlanib, energetikani rivojlantirish rejasi ishlab chiqildi. Kadrlarning intellektual salohiyatini oshirishga ahamiyat berildi. Uni amalga oshirishda firmalar ham qatnashdi, lekin asosan umumiy jarayonga davlat rahbarlik qildi. Bu investitsiya va undan foydalanish, soliq, narx, ish haqi siyosati orqali amalga oshirildi.
Ish haqidagi farq uncha katta emas. Firma boshlig’i bilan xodimlar o’rtasida farq 17 marta atrofida.
Model sotsial yo’naltirilgan. Davlat ijtimoiy notenglikka qarshi kurashadi. Aholining sotsial huquqlarini himoya qiladi. Ijtimoiy masalalarni hal etishni ma’lum darajada korporatsiya va birlashmalar zimmasiga yuklaydi. Aholi jon boshiga yaratilgan YaMM 40,9 ming dollar bo’lib, dunyoda 3-o’rinda turadi.



Yüklə 44,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin