Mavzu buxgalteriya hisobi fanining muqaddimasi


BUXGALTERIYA AXBOROTIDAN FOYDALANUVCHILAR



Yüklə 378,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix26.01.2023
ölçüsü378,59 Kb.
#80962
1   2   3   4   5   6   7   8
1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI

1.2. BUXGALTERIYA AXBOROTIDAN FOYDALANUVCHILAR 
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq 
moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. 
Buxgalteriya hisobining vazifalari bo‘lib, buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning 
holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq 
ma’lumotlarni shakllantirish, samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
umumlashtirish, moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati haqidagi axborotga ehtiyoji 
bo‘lgan manfaatdor iste’molchilarni axborot bilan ta’minlash uchun yuritiladi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida axborot iste’molchilari ham turlichadir. Bu iste’molchilarga turli darajadagi axborotga 
ehtiyoj seziladi. Ushbu axborotlar asosida boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilinadi. 
Iqtisodiy axborot iste’molchilarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 

ichki iste’molchilar; 

tashqi iste’molchilar. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt haqidagi iqtisodiy axborot iste’molchilarining asosiy guruhiga 
tavsif 1-jadvalda berilgan.
 
Ichki iste’molchilarga quyidagilar kiradi: 
 Korxona ma’muriyati ular korxona faoliyatini boshqarish va qo‘yilgan 
maqsadlariga erishish uchun to‘liq javobgar shaxslardir. Korxonaning oldiga juda 
ko‘p miqdorda maqsadlari bor, lekin ma’muriyat bozor iqtisodiyoti va kuchli 
raqobat sharoitida faqat ularning ikkitasiga: foydalilik (rentabellik) va likvidlikka 
e’tiborini qaratadi. Foydalilik (rentabellik)- kiritilgan kapital va etarli darajada 
kapitalni jalb qilish uchun foyda ishlab topish qobiliyati bo‘lsa, likvidlik – mavjud 
qarzlarni belgilangan muddatlarda to‘lash uchun etarli darajada to‘lov vositalariga 
ega bo‘lishlikni anglatadi. 

Yüklə 378,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin