buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq
maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari:
hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
ichki
nazorat tartibini;
buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;
hisob hujjatlarining but saqlanishini;
moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;
soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini;
ushbu Qonun 12-moddasining talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni xulosa qilish mumkin.
Buxgalteriya
hisobi bo‘yicha bilimlarga nafaqat professional buxgalter balki korxona rahbari ham ega bo‘lishi
lozim. Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil bilim asoslariga ega bo‘lishlik, tavakkalchilikni
kamaytirishga, bozor iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlari bilishga, o‘z
vaqtida boshqaruv va
investitsion qarorlarni qabul qilishga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: