Hisobning oddiy va tushunarli bo‘lishi. Hisob ko‘rsatkichlari oddiy va ko‘pchilik uchun
tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob ma’lumotlaridan
foydalana olish imkoniyatini beradi.
Hisobning tejamkorligi. Hisobning oldiga qo‘yilgan bu talabga
hisob ishlarini uzluksiz
takomillashtirish va soddalashtirish, hisobni olib borishning yangi,
oqilona va arzon usullarini
joriy qilish hamda boshqaruv apparatini qisqartirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish. Hisob xo‘jalik faoliyati ishlari to‘g‘risidagi
kerakli ma’lumotlar bilan korxona ma’muriyatini o‘z vaqtida xabardor qilib turishi kerak.
SHunday qilingandagina korxona faoliyatida ro‘y bergan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf
qilish va shu faoliyatni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
imkoniyati tug‘iladi.
Xo‘jalik ishlariga rahbarlik va nazorat olib borish uchun hamma
ishlarini hisobga olish
maqsadida miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan tavsiflash zarurdir. SHuning uchun hisob
ma’lumotlari son ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Xo‘jalik hisobini yuritishda natura,
mehnat va
pul o‘lchov birliklari ishlatiladi.
Natura o‘lchovi hisobga olinayotgan narsaning harakatini, masalan, material, mahsulot va
boshqalarni natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi (kg, metr, kub, dona va x.k.). natura
o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o‘lchash
natijasida olingan
ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor va sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish
uchun qo‘llaniladi.
Mehnat o‘lchovi ma’lum mahsulotni ishlab chiqarish yoki
boshqa biron ishni bajarish
uchun sarflangan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu o‘lchovga misol qilib kishi-kun,
kishi-soatni keltirish mumkin. Mehnat o‘lchovi yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari,
korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari
belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o‘lchov birlik natura o‘lchov
birliklari bilan birgalikda
qo‘llaniladi.
Pul o‘lchovi yordamida xo‘jalikdagi mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari
hamda xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va ular ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida
umumlashgan ma’lumot olish uchun hisob ob’ektlarini
yagona bir xil ifodalashda, korxona
xo‘jalik faoliyati natijasini aniqlash, ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni hisoblash,
mahsulot tannarxini aniqlashda qo‘llaniladi. Bu o‘lchov birlik vazifasini Respublikamizda so‘m
va uning birligi tiyin bajaradi.
Iqtisodiyotda xo‘jalik hisobining quyidagi uch turi mavjud. Operativ (tezkor) hisob,
buxgalteriya hisobi va statistik hisob (1.1.-rasm). Ularning har biri o‘zining aniq ob’ektlari,
vazifalari va xususiyatlariga ega.
Dostları ilə paylaş: