Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini moliyaviy
hisob va boshqaruv hisobga
bo‘lish qabul qilingan. Biroq, mazkur bo‘lishning aniq bir chegarasi yo‘q. SHunday bo‘lsa ham
ularning ayrim asosiy mezonlarini sanab o‘tishimiz mumkin.
Moliyaviy hisob deganda xo‘jalik moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni asosan
tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi
Moliyaviy hisob korxona moliyaviy natijasi bilan bog‘liq va uning asosiy iste’molchisi
bo‘lib tashqi iste’molchi hisoblanadi.
Boshqaruv hisobi bu xo‘jalik rahbariyati talablariga ko‘ra boshqaruvga tegishli qarorlarni
qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi.
Bunday hisobni
xo‘jalikning hamma bo‘limlari olib borishlari mumkin.
Xo‘jalik hisobining boshqaruvda tutgan o‘rni asosan u bajaradigan axborot berish va
nazorat qilish funktsiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi.
Boshqaruv hisobi esa, xarajatlarni shakllanish, nazorat qilish va rejalashtirish bilan bog‘liq
bo‘lib, uning asosiy iste’molchisi bo‘lib korxona ma’muriyati hisoblanadi.
Korxona boshqaruv tizimida moliyaviy va boshqaruv hisobning o‘rnini quyidagi 1.3.-
rasmda ko‘rish mumkin.
1.3.-rasm. Buxgalteriya hisobi: moliyaviy va boshqaruv hisobi hamda uning
vazifalari.
Moliyaviy va boshqaruv hisobning bir-biridan asosiy farqlari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Moliyaviy va boshqaruv hisobning asosiy farqlari.
Tavsif
Moliyaviy hisob
Boshqaruv hisobi
Axborot iste’molchilari
Tashqi iste’molchilar
Ichki iste’molchilar
Hisobni yuritish
maqsadi
Tashqi iste’molchilar uchun
hisobot tayyorlash
Ma’muriyatni
axborot bilan
ta’minlash
Hisob yuritishning majburligi
Majburiy
Majburiy emas
Tanlash erkinligi
Buxgalteriya hisobining milliy
standartlari
bilan cheklangan
Aniq bir cheklashlar yo‘q,
foyda
va
xarajatlarni
solishtirish
maqsadida
boshqaruv
qarorlarni
qabul
qilish
Hisob axborotini aks ettirish
usuli
Ikki yoqlama yozuv usulida
Har
qanday foydali usulda
Hisobotni
tayyorlashning
davriyligi
CHoraklik va yillik
1 soatdan bir necha yillarni
qamrab
olishi mumkin
Бухгалтерия
ҳисоби
Молиявий
ҳисоб
Бошқарув ҳисоби
Солиқларни
режалаштириш
Молиявий активларни
назорат қилиш
Харажатларни
калькуляция қилиш
Ишлаб
чиқариш
фаолиятини назорат
қилиш
Молиявий ҳисоботни
тузиш
Axborotning
ishonchlilik
darajasi
Aniq va xolisona bo‘lib o‘tgan
xo‘jalik jarayonlari asosida
Taxminiy.
Kutilayotgan
xo‘jalik jarayonlar asosida
Asosiy hisob ob’ektlari
YAxlit
korxona
Ayrim tsex, bo‘lim yoki
muammo
Javobgarlik
Tashqi iste’molchilar oldida
javobgarlikning paydo bo‘lishi
Menedjerlar
va
javobgarlik
markazlari oldida javobgarlik
Dostları ilə paylaş: