1.4. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA BUXGALTER KASBI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boshqaruv qarorlarni
qabul qilishda roli oshib bormoqda.
Buxgalter kasbi ham bozor talablariga mos ravishda shakllanib, takomillashib borayotgan
mutaxassisliklardan biriga aylanib bormoqda. “Buxgalter” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor
beradigan bo‘lsak, u “Kitob yurituvchi”, idora, muassasa, korxona va shu kabining hisob-kitob
ishlarini olib boruvchi mutaxassis xodim
2
ma’nosini anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalter kasbi qiziqarli, ijodiy va nisbatan yuqori
to‘lanadigan kasb hisoblanadi. Biroq, buxgalter bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi uchun
o‘z malakasini doimo oshirib borishi lozim. U nafaqat buxgalteriya hisobi, balki iqtisodiyot,
huquq, soliqqa tortish, matematika, statistika, boshqaruv, iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha
chuqur bilimga ega bo‘lishi lozim. Buxgalter matematik metodlardan foydalana bilishi, shu
bilan birgalikda kompьyuterdan foydalanish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi kerak.
Rivojlangan davlatlarda buxgalter olingan oliy bilimidan tashqari o‘z malakasi
sertifikatlash yo‘li bilan ham tasdiqlashi lozim. Sertifikatlash imtihonlar majmuidan iborat
bo‘lib, bu ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga kafolat beradi.
Rivojlangan davlatlarning tajribasi professional buxgalterlar darajasini baholash
instrumenti sifatida buxgalterlarni sertifikatlash tizimini ishlab chiqqan. 150 davlatdan ortiq
a’zosi bo‘lgan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) sertifikatlash tizimining umumqabul
qilingan standartini ishlab chiqqan.
Bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib raqobat hisoblanadi. Biznesning rivojlanishi
uchun korxona mijoz va kapital uchun kurashishi kerak. Buxgalteriya hisobi raqobat muhitida
yutuqning eng asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi.
2
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-том, 155-бет. М.: “Рус тили” нашриёти, 1981 й
Dostları ilə paylaş: |