Mavzu buxgalteriya hisobi fanining muqaddimasi


MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOBI, UNING FARQLARI VA



Yüklə 378,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix26.01.2023
ölçüsü378,59 Kb.
#80962
1   2   3   4   5   6   7   8
1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI

1.3. MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOBI, UNING FARQLARI VA 
O‘ZARO ALOQASI 


Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini moliyaviy hisob va boshqaruv hisobga 
bo‘lish qabul qilingan. Biroq, mazkur bo‘lishning aniq bir chegarasi yo‘q. SHunday bo‘lsa ham 
ularning ayrim asosiy mezonlarini sanab o‘tishimiz mumkin. 
Moliyaviy hisob deganda xo‘jalik moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni asosan 
tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi 
Moliyaviy hisob korxona moliyaviy natijasi bilan bog‘liq va uning asosiy iste’molchisi 
bo‘lib tashqi iste’molchi hisoblanadi.
Boshqaruv hisobi bu xo‘jalik rahbariyati talablariga ko‘ra boshqaruvga tegishli qarorlarni 
qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi. Bunday hisobni 
xo‘jalikning hamma bo‘limlari olib borishlari mumkin. 
Xo‘jalik hisobining boshqaruvda tutgan o‘rni asosan u bajaradigan axborot berish va 
nazorat qilish funktsiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi. 
Boshqaruv hisobi esa, xarajatlarni shakllanish, nazorat qilish va rejalashtirish bilan bog‘liq 
bo‘lib, uning asosiy iste’molchisi bo‘lib korxona ma’muriyati hisoblanadi. 
Korxona boshqaruv tizimida moliyaviy va boshqaruv hisobning o‘rnini quyidagi 1.3.- 
rasmda ko‘rish mumkin. 
1.3.-rasm. Buxgalteriya hisobi: moliyaviy va boshqaruv hisobi hamda uning 
vazifalari. 
Moliyaviy va boshqaruv hisobning bir-biridan asosiy farqlari 2-jadvalda keltirilgan. 
2-jadval
Moliyaviy va boshqaruv hisobning asosiy farqlari. 
Tavsif
Moliyaviy hisob 
Boshqaruv hisobi 
Axborot iste’molchilari 
Tashqi iste’molchilar 
Ichki iste’molchilar 
Hisobni yuritish maqsadi 
Tashqi iste’molchilar uchun 
hisobot tayyorlash 
Ma’muriyatni axborot bilan 
ta’minlash 
Hisob yuritishning majburligi 
Majburiy 
Majburiy emas 
Tanlash erkinligi 
Buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari bilan cheklangan 
Aniq bir cheklashlar yo‘q, 
foyda 
va 
xarajatlarni 
solishtirish 
maqsadida 
boshqaruv 
qarorlarni 
qabul 
qilish 
Hisob axborotini aks ettirish 
usuli 
Ikki yoqlama yozuv usulida 
Har qanday foydali usulda 
Hisobotni 
tayyorlashning 
davriyligi 
CHoraklik va yillik 
1 soatdan bir necha yillarni 
qamrab olishi mumkin 
Бухгалтерия
ҳисоби 
Молиявий
ҳисоб 
Бошқарув ҳисоби 
Солиқларни
режалаштириш 
Молиявий активларни 
назорат қилиш 
Харажатларни
калькуляция қилиш 
Ишлаб
чиқариш 
фаолиятини назорат 
қилиш 
Молиявий ҳисоботни 
тузиш 


Axborotning 
ishonchlilik 
darajasi 
Aniq va xolisona bo‘lib o‘tgan 
xo‘jalik jarayonlari asosida 
Taxminiy. 
Kutilayotgan 
xo‘jalik jarayonlar asosida 
Asosiy hisob ob’ektlari 
YAxlit korxona 
Ayrim tsex, bo‘lim yoki 
muammo 
Javobgarlik
Tashqi iste’molchilar oldida 
javobgarlikning paydo bo‘lishi 
Menedjerlar 
va 
javobgarlik 
markazlari oldida javobgarlik 

Yüklə 378,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin