hajmi va tavsifi
haqida ishonchli xulosa qilib, to‘g‘ri boshqaruv,
investitsion va moliyaviy
qarorlarni qabul qilish mumkin bo‘lishi kerak.
Zamonaviy buxgalter tomonidan tayyorlangan axborot qaror qabul qiluvchilarning
manfaati uchun xizmat qiladi.
Statistik hisob - jamiyatimizda
yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy
hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Xo‘jalik
hisobining bu turi butun
davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Uning ob’ekti alohida korxona, tashkilot, davlat iqtisodiyoti yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi
mumkin.
Statistik hisob o‘rganayotgan ob’ekti va qo‘yilgan maqsadiga qarab natura, mehnat va pul
o‘lchov birliklaridan, umumlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun operativ va buxgalteriya hisobi
ma’lumotlaridan keng ma’noda foydalaniladi.
Statistik hisob vazifalari bilan buxgalteriya va operativ hisob yuritish uzviy bog‘langandir.
SHuning uchun ham xo‘jalik hisobida statistika hisobi tashkil qiluvchi rol o‘ynaydi.
Statistika hisobining ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o‘lchov
birliklar – natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan o‘rganilayotgan hodisaning mazmuni va
qo‘yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: