Mavzu buxgalteriya hisobi fanining muqaddimasi


Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi



Yüklə 378,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix26.01.2023
ölçüsü378,59 Kb.
#80962
1   2   3   4   5   6   7   8
1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI

Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi. Bu birlik reja ko‘rsatkichlarini hisob 
ko‘rsatkichlari bilan solishtirish va reja topshiriqlarining bajarilish darajasini aniqlash uchun 
zarurdir. Undan tashqari, hisob ma’lumotlaridan reja tuzishda foydalanilar ekan, bu o‘z 
navbatida hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligini ham taqoza qiladi. 
Hisobning aniq va to‘g‘riligi. Bu talab shuni bildiradiki, hisob ma’lumotlari to‘g‘ri 
bo‘lishi, haqiqatni to‘g‘ri va aniq aks ettirishi kerak. U faqat xo‘jalikdagi mavjud yutuqlarni 
emas, balki kamchiliklarni ham aks ettirishi lozim. 


Hisobning oddiy va tushunarli bo‘lishi. Hisob ko‘rsatkichlari oddiy va ko‘pchilik uchun 
tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob ma’lumotlaridan 
foydalana olish imkoniyatini beradi. 
Hisobning tejamkorligi. Hisobning oldiga qo‘yilgan bu talabga hisob ishlarini uzluksiz 
takomillashtirish va soddalashtirish, hisobni olib borishning yangi, oqilona va arzon usullarini 
joriy qilish hamda boshqaruv apparatini qisqartirish yo‘li bilan erishish mumkin. 
Hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish. Hisob xo‘jalik faoliyati ishlari to‘g‘risidagi 
kerakli ma’lumotlar bilan korxona ma’muriyatini o‘z vaqtida xabardor qilib turishi kerak. 
SHunday qilingandagina korxona faoliyatida ro‘y bergan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf 
qilish va shu faoliyatni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish 
imkoniyati tug‘iladi. 
Xo‘jalik ishlariga rahbarlik va nazorat olib borish uchun hamma ishlarini hisobga olish 
maqsadida miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan tavsiflash zarurdir. SHuning uchun hisob 
ma’lumotlari son ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Xo‘jalik hisobini yuritishda natura, mehnat va 
pul o‘lchov birliklari ishlatiladi. 
Natura o‘lchovi hisobga olinayotgan narsaning harakatini, masalan, material, mahsulot va 
boshqalarni natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi (kg, metr, kub, dona va x.k.). natura 
o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o‘lchash natijasida olingan 
ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor va sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish 
uchun qo‘llaniladi. 
Mehnat o‘lchovi ma’lum mahsulotni ishlab chiqarish yoki boshqa biron ishni bajarish 
uchun sarflangan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu o‘lchovga misol qilib kishi-kun, 
kishi-soatni keltirish mumkin. Mehnat o‘lchovi yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, 
korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari 
belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o‘lchov birlik natura o‘lchov birliklari bilan birgalikda 
qo‘llaniladi. 
Pul o‘lchovi yordamida xo‘jalikdagi mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari 
hamda xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va ular ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida 
umumlashgan ma’lumot olish uchun hisob ob’ektlarini yagona bir xil ifodalashda, korxona 
xo‘jalik faoliyati natijasini aniqlash, ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni hisoblash, 
mahsulot tannarxini aniqlashda qo‘llaniladi. Bu o‘lchov birlik vazifasini Respublikamizda so‘m 
va uning birligi tiyin bajaradi. 
Iqtisodiyotda xo‘jalik hisobining quyidagi uch turi mavjud. Operativ (tezkor) hisob, 
buxgalteriya hisobi va statistik hisob (1.1.-rasm). Ularning har biri o‘zining aniq ob’ektlari, 
vazifalari va xususiyatlariga ega.
 

Yüklə 378,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin