Mavzu: Buxoro viloyat sharoitida ko’p cho’michli ekskavatorlarni ish


Mashinalar bilan ish bajarishda mehnat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə10/22
tarix21.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#188534
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

4.2. Mashinalar bilan ish bajarishda mehnat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
Ish boshlanishidan oldin haydovchi gruntga ishlov beriladigan uchastka bilan tanishib chiqishi va unn mehnat xavfsizligi nuqtai nazaridan baholashi lozim. Uchastkadan yirik toshlar, to‘nkalar va shu kabi boshqa predmetlar chiqarib tashlanishi, yer osti inshootlari ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilab qo‘yiilishi kerak. Gruntni to‘plash va uni surish vaqtida ish jihozi gruntga botirilgan holda burilish taqiqlanadi.[18]
Mashina qiyalikdan surilib tushib ketmasligi uchun yangi ko‘tarilgan ko‘tarma bo‘yilab yurganda ko‘tarmaning qirrasidan kamida 1 m naridan harakatlanish lozim.Mashinalarning ko‘tarma yoki o‘yiilmada ishlagaida va to‘xtashi lozim bo‘lganda qiyalik chetidan mashinagacha bo‘lgan masofalar 1 jadvalda keltirilgan.
Tik tog‘ yonbag‘irlarida mashinani keskin burishlarga ruxsat etilmaydi, chunki bu mashinaning sirpanib pastga tushib yoki ag‘darilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qo‘ndalang qiyaligi 30° dan ortiq bo‘lgan joyilarda mashinada ishlashga ruxsat etilmaydi. Bo‘l’dozer ag‘darilib ketmasligi uchun qiyalikka ko‘tarilish burchagi 15° bo‘lganda, pastga tushish qiyaligi esa 30° bo‘lganda gruntni surish man etiladi.
Qiyalik chetidan mashinaning eng yaqin g‘ildirak yoki gusenitsasigacha bo‘lgan masofa (m)
4.1-jadval

O‘yilma chuqurligi, m

Qumli

Qumloq tuproqli

Loyli

1

1,5

1

1

3

4

3,6

1,75

5

6

5,3

3,5

YOmg‘ir yog‘ib turganda loyli gruntlarda skreperlardan foydalanish man etiladi.
Gruntni ko‘tarma chetidan pastga tushirishda bo‘l’dozer ag‘dargichini ko‘tarma chetigacha olib borish taqiqlanadi.Gruntga ishlov berish jarayonida kutilmagan er osti inshootlariga duch kelinsa, darhol ishni to‘xtatib, bu haqda ish boshqaruvchiga xabar berish kerak.[18]
Sim arqonblokli mashinalarda sim arqon tolalari titilgan bo‘lsa, ishlashga ruxsat etilmaydi. Sim arqonlarning sifatini tekshirish «YUk ko‘tarish kranlarini joylashtirish va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari» talablariga muvofiq bajariladi. Sim arqonni almashtirishda haydovchi qo‘lqop kiyib olishi zarur.Ishlayotgan mashinaga nisbatan 10 m radiusli masofada odamlar bo‘lishi, daraxt ag‘darayotgan bo‘l’dozerga nisbatan 50 m radiusda odamlar bo‘lishi man qilinadi.
Ishda tanaffus vaqtida mashina tekis maydonda tormozlab qo‘yilishi, ish jihozi gruntga tushirilgan, boshqarish mexanizmlari neytral holatga qo‘yilgan, kabina esa berkitilgan bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin