O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
4.3.Ekskavatorda ishlaganda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi. Ekskavator o‘rnatiladigan maydoncha yaxshilab tekislangan va yoritilgan bo‘lishi kerak. Unda ishlar fronti yaxshi ko‘rinib turadigan bo‘lishi lozim.
Gusenitsaning tashqi chetidan transheya va kotlovanning chetigacha bo‘lgan oraliq nishablarining turg‘unligiga qarab aniqlanadi, ammo u 1 m dan kam bo‘lmasligi darkor.Bir cho‘michli ekskavator kabinasi bilan qazima orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi zarur.
Baland qazima kavlanayotganda qazimanipg yoqasidagi yirik toshlar va boshqa narsalar olib tashlanishi kerak. Bunda qazimaning tepasida bo‘g‘otlar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chuikn ular o‘pirilib, ekskavatorda ishlayotganlarni bosib qolishi mumkin.
Mashinist qazimaning holatini hamisha kuzatib turishi va uning o‘pirilish xavfi paydo bo‘lganda darhol ekskavatorni xatarsiz joyga olib o‘tib, bu haqda ish yurituvchini xabardor qilishi shart.
Ekskavatorlarni har qanday kuchlanishli ishlab turgan elektr uzatish liniyalari ostiga qo‘yish va ishlatish mumkin emas. Liniyadagi eng oxirgi simdan kamida 30 m narida ishlash zarur bo‘lib qolganda mashinistga ishlarni bajarish uchun naryadruxsatnoma berilishi kerak.[21]
YUmshatilgan jinsdan ajratib olingai yirik bo‘laklar yoki xarsangtoshlar zarurat tug‘ilganida ekskavatorning tezda o‘tishiga xalaqit bermaydigan tarzda joylashtirilishi lozim.
Kattaligi mashinaning gabaritlariga mos bo‘lmagan jins bo‘laklari, xodalar, taxtalar va to‘sinlarni cho‘mich yoki greyder bila« ko‘tarish taqiqlanadi.
Ekskavator yaxshilab tayyorlangan va tekislangan yo‘ldan harakatlantirilishi darkor. Grunt bo‘sh yoki loyga aylangan bo‘lsa, ekskavator yurishi uchun xodalar, shpallar, bruslardan yaxlit to‘shamalar qilinadi yoki 6—0,5 m uzunlikdagi ko‘chma shchitlardan foydalaniladi. Ekskavator yurib ketayotganida to‘shamalar yoki shchitlarni qo‘yish yoxud olish mumkin emas.
Ekskavator yurib ketayotganida strelasi gusenitsalarning yurishi bo‘ycha yo‘nalgan, cho‘mich esa strelaga tortib qo‘ylgan bo‘lishi kerak. Draglayn bilan jihozlangan strela imkoni boricha past tushirib qo‘yladi, cho‘mich esa uning tovoniga shunday tortib qo‘yladiki, u erda« 0,5—1,0 m ko‘tarilib turadigan bo‘lsin. Ekskavator yurib ketayotganida uni kuzatib boruvchi ishchilar mashina oldida yurmasliklari lozim. Tik qiyaliklarda ekskavatorni traktor yoki chig‘ir yordamida tushirish va ko‘tarish zarur. Ekskavatorni tormozlash uchun gusenitsalari ostiga shpal yoki xodalar qo‘yish taqiqlanadi.
Ekskavator va transport vositalari ishlab turganida ularga xizmat ko‘rsatuvchilarning ular orasida, shunnigdsk ekskavatorping strelasi yoki cho‘michi tagida turishi mam etiladi.Ish vaqtida ekskavator bilan qazimaning nishabi ski qazimaming devorlari orasidan o‘tish taqiqlanadi.Bino va inshootlar yaqinida ishlash uchun tegishli ruxsat olinishi kerak.[20]
Ekskavator bilan ishlayotganda oldindan ma’lum bo‘lmagan narsalar, er osti truboprovodlari, kabel yoki inshootlar va boshqa narsalar ko‘rinib qolsa, iishi darhol to‘xtatish va bu haqda qurilish ma’muriyatini xabardor qilish zarur.
CHo‘mich yerga tegmaydigan bo‘lsagina uni bo‘shatish uchun ekskavatorni burishga, shuningdek ekskavatorni qazima bo‘ylab harakatlantnrishga ruxsat etiladi.CHo‘michi to‘la ekskavatorni burish oxirida cho‘michdagi grunt bo‘laklari to‘qilmasligi uchun astasyokin tormozlash kerak.
Ekskavatorni hatto qisqa vaqtga to‘xtatib qo‘yganda ham mashinist cho‘michni yerga tushirib qo‘yishi shart. CHo‘michni ohista, zarbsiz tushirish lozim.Aholi yashaydigan joylarda ishlayotganda ekskavator ishlaydigan qazimalar va uchastkalar to‘sib qo‘yladi va ularning yaqiniga ogohlantiruvchi yozuvlar o‘rnatiladi. Kechqurun va tunda to‘siqlar yoritib qo‘ylishi kerak.Qorong‘ida ishlayotganda qazimadagi ekskavatorning ish fronti, avtomashinaga grunt ortiladigan va bo‘shatiladigan joylar, mashinalar keladigan yo‘llar yaxshi yoritilgan bo‘lishi darkor.
Gruntni avtomashinalarga ortayotganda cho‘michni odamlar tepasidan va shofyorning kabinasi ustidan olib o‘tish qat’iy taqiqlanadi. Kabinasining ustida muhofazalovchi zirhli to‘sig‘i bo‘lmagan avtomashinaga grunt ortilayotganda shofyor mashinadan xavfsiz maso fada turishi kerak.[19]
Smenani topshirayotgan kshpi smenani qabo‘l qilib olayotganlarni o‘zn pamqagan ekskavatornpng barcha nuq sonlari to‘grisida ogohlantirishi shart.