O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni tuzatishda mehnat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar Mashina qo‘yiladigan maydon tekis va quruq, begona predmetlar bilan to‘silmagan, imkoni boricha chang, shamoldan to‘silgan, yong‘in chiqish ehtimoli bo‘lgan materiallardan va elektr simlaridan uzoqroq bo‘lishi kerak.
Stasionar ustaxonada mashinani shunday joyga qo‘yish kerakki, uning oldiga bemalol borish mumkin bo‘lsin. Mashinaning ish jihozini gruntga, polga yoki maxsus taglikka tushirib qo‘yish lozim.
Mashinaga texnik xizmat ko‘rsatishdan yoki uni tuzatishdan oldin uning dvigatelini o‘chirib qo‘yish kerak. Rostlashlardan keyin mashina dvigateli yoki uning tarkibiy qismlari ishini tekshirish lozimligi bundan mustasno. Mashinaning ishga tushirish to‘zilmalari, richaglari va elektr starter tugmachalariga «Ulanmasin—odamlar ishlayapti!» degan yozuvni ilib qo‘yish lozim.
Mashinani issiq suv bilan yuvishda brezent qo‘lqop kiyib olish kerak.
Mashina va uning tarkibiy qismlarini chang va gruntdan tozalashda qirg‘ich, cho‘tka, maxsus tozalagichlar va lattalardan foydalanish darkor.
Ish vaqtida faqat benuqson asboblardan foydalanish lozim. Gayka kalitlari gayka va bolt kallaklari o‘lchamiga mos kelishi, qirralari eyilmagan, qiyshaymagan bo‘lishi kerak. Kalit jag‘i bilan gayka orasiga qistirma qo‘yish, kalitlarni boshqa kalitga ilashtirib, bo‘yini uzaytirish taqiqlanadi. Detallarni mahkamlashda kalitni «o‘zingizga» tortib burash kerak.[20]
CHilangarlik bolg‘asining muhrasi yorilmagan, pachoqlanmagan bo‘lishi lozim. Bolg‘a va bosqonlarning dastalari quruq va pishiq yog‘ochdan yasalib, yaxshilab ishlangan bo‘lishi kerak. Bolg‘a va bosqonlarning dastaga mustahkam o‘rnatilganligini ish boshlamasdan turib tekshirish lozim.
Zubilo va kreysmeysel’ kabi asboblarning yuqori qismi yorilmagan, qirilmagan, tirnalmagan bo‘lishi kerak, chunki unga bolg‘a bilan urganda metall parchalari atrofga otilib chiqishi mumkin.
Egov va shunga o‘xshash asboblarning o‘tkir, ishlamaydigan uchlariga dasta kiydirilgan bo‘lishi kerak.Moslama va ajratkichlarning ilmoqlari, panjalar va qamrovlari detallarga puxta mahkamlanishi lozim.
Rez’balari eyilgan yoki o‘zilgan hamda sterjen, planka, boltlari egilgan ajratkichlar va boshqa montaj moslamalaridan foydalanib bo‘lmaydi. YUk ko‘tarishtransportirovka qilish to‘zilmalaridan foydalanishdan oldin ko‘tarish to‘zilmasining va ushlagichlarning (zanjir, arqonlar, sim arqonlar) buzuqmasligini gekshirish lozim. YUkni vertikal holatda ko‘tarib tushirish kerak; ko‘tarilgan yuk ostida turish taqiqlanadi; ko‘tarilgan yukni transiortirovka qilish vaqtida uning orqasida bo‘lish lozim. YUk tushirilayotgan paytda uning tagiga tagliklar qo‘yish taqiqlanadi, uni ol dinroq qo‘yib qo‘yish darkor; agar ish tugagan yoki vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa, ko‘tarilgan yukni osilgan holda qoldirib bo‘lmaydi; mashinadan olingan yig‘ish birliklarini, detal’ va asboblarni bo‘laklarga ajra tilayotgan mashinaga qo‘yib bo‘lmaydi.
Utkir qirrali detallarni qo‘lqop kiyib olib mashinadan olish yoki unga o‘rnatish kerak; o‘zaro birlashtiriladigan detallardagi teshiklar birbiriga mos kelishi borodok yoki metall sterjen’ bilan tekshiriladi.
Verstakni qirindi, qipiq va metall parchalaridan o‘z vaqtida cho‘tka, supurgi yoki lattaputtalar bilan tozalab turish zarur. Polga to‘qilgan moy yoki yonilg‘i ni tezda artib olish va o‘rniga qum yoki qipiq sepish kerak. Detallarni kerosin yoki dizel’ yonilg‘isi bilan yuvishdan oldin qo‘llarga vazelin surib olish zarur.
Akqumulyatorlardagi shamollatish teshiklarini kuzatib turish va tozalash lozim, aks holda akqumulyatorlar batareyasi ichida gaz yig‘ilib qolib, baki yorilib ketishi mumkin. Akqumulyatorlar batareyasgini ko‘zdan kechirishda 36 V kuchlanishli ko‘chma lampadan foydalanish zarur. Bunda ochiq alangalardan foydalanish taqiqlanadi.
Qislotalar bilan ishlaganda rezina qo‘lqop kiyib, ko‘zoynak taqib olish shart. Kielotani suv bilan ara lashtirishda kislotani suvga quyish lozim. Kiyimga tushgan kislotani nashatir spirti bilan yuvish kerak.
Detallarni etillangan benzinda yuvish taqiqlanadi. Tasodifan to‘qilgan etillangan benzin dixloramin yoki xlorli ohak eritmasi bilan zararsizlantiriladi (1 qism ohakka 3—5 qism suv qo‘shiladi). Mashinaning etillangan benzin bilan ifloslangan metall detal lari kerosin yoki ishqor eritmasi bilan yuviladi.
Asbobni dastgohda charxlash vaqtida maxsus ko‘zoynak taqib olish lozim. Dastgohning tiragi shunday o‘rnati lishi kerakki, u bilan charxtosh orasida ko‘pi bilan 3 mm tirqish bo‘lishi kerak. CHarxlash dastgohining charx toshida o‘yilgan, yorilgan joylari yoki chiqiqlar bo‘lsa, undan foydalanib bo‘lmaydi.[20]
SHinalarga havo haydashda ehtiyot bo‘lish lozim. Avval shinaga ozgina havo haydaladi, ventil’, pokrishka bortlari, qulf halqasining holati tekshiriladi, so‘ngra butunlay havo haydaladi, undagi bosim manometr bilan tekshiriladi.
Dvigatel’ sovitilmagan radiatorining qopqog‘ini qo‘lqopsiz ochish va kallani radiatorning bo‘g‘zi tomonga egib, uning ichini tekshirish man qilinadi.
Mashina karteridagi moy sathini tekshirayotganda sapunning kirlanib qolishi tufayli bosimi oshib ketgan issiq moyning sachrab chiqishidan saqlanish lozim.
Dvigatelning sovitish tizimidagi qaynoq suvni, mashina va dvigatel’ karterlaridagi moyni ehtiyotlik bilan to‘qib olish, biror yerni kuydirib qo‘ymaslik kerak.
Mashinaga texnik xizmat ko‘rsatishda qizigan chiqarish kollektoriga tegib ketib, kuyib qolishdan saqlanish zarur.
Domkrat bilan ko‘tarib qo‘yilgan mashina tagiga kirish man etiladi.Mashinani bo‘yashda xususiy himoya vositalari — respirator, ko‘zoynak, qo‘lqoplardan va qo‘lni himoya qilish uchun pastalardan foydalanish lozim.