Mavzu: Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi


-rasm Buxoro sanoatining yillar davomida o’sib boroshi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə4/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#167827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Buxoro viloyatining iqtisodiy frdavis

2-rasm Buxoro sanoatining yillar davomida o’sib boroshi
Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi. Buxoro viloyati
iqtisodiyoti agrar-industrial yunalishga ega. Mustaqillik yillarida mintaqa sanoati,
xususan, yoqilg’i, qurilish materiallarini ishlab chiqarish ancha tez rivojlandi,
chunki qo’lay investitsiya muhiti yaratildi. Hozirgi kunda viloyat umumiqtisodiy
rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha respublika o’rtacha darajasidan yuqoriroq
pog’onada turadi.
Sanoati.Mamlakatimiz neft va neft-kimyo sanoatining rivojlanishida Buxoro
(Qoravulbozor) neftni qayta ishlash zavodining birinchi navbatini qurish katta
ahamiyatga ega bo’ldi Ushbu zamonaviy korxona asosan Frantsiya bilan
hamkorlikda barpo etildi va buning uchun 500 mln. AQSh dollariga yaqin mablag’
sarflandi. Zavod qo’shni Qashqadaryo neft-gaz konlari asosida ishlamokda.
2018yilning aprel oyida Qandim koni negizida 11 mlrd. m gazni qayta ishlovchi
zavod ham ishga tushdi va buning natijasida Buxoroda neft’-gaz energiya ishlab
chiqarish sikli yanada mukammallashdi, viloyat xududida o’sish qutb va
markazlari shakllanmoqda. Viloyatda sanoat korxonalari soni jami 10 mingdan
ziyod, biroq, ularning yiriklari 25 ta. Buxoro sanoati, asosan, yonilgi (benzin,
kerosin, dizel yonilgisi), mebel, ohak, gips, gipskarton, paxta tolasi, ip gazlama va
boshqalarni ishlab chiqaradi. Bir yilda 80-90 ming t neft va gaz kondensati, 2,6
mlrd. m tabiiy gaz, 730 ming t benzin, 465 ming t atrofida dizel Yoqilg’isi, 160-
165 ming t. mazut, 90 ming tonnadan ziyod kerosin, 6-7 ming t suyultirilgan gaz
ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, bir yilda o’rtacha 110-120 ming t paxta tolasi,
200 t atrofida ipak tolasi, 4,5-5,5 mln. kv. km gilam va gilam mahsulotlari, 20-25
ming t o’simlik yog’i, 105 ming t un, 45 ming t omixta yem ham olinadi. Bu
raqamlar har yili, ob- xavo sharoiti va boshqa sabablarga ko’ra, o’zgarib
turadi.Korxonalar miqyosida yoqilg’ini asosan Qoravulbozor neftni qayta ishlash
zavodi va qisman “Gazlineftgaz qazib chiqarish” shirkat korxonasi ishlab
chiqaradi. “Trubodetal”, Buxoro ta’mirlash zavodi, “NEM” ta’mir mexanika
zavodi, mashinasozlik va metallni qayta ishlash bilan shugullanadi, yengil sanoat
sohasida “Daewoo Tekstil Buhara”, “O’z karpet”, “Qorako’lteks” qo’shma
korxonalari mavjud. Oziq-ovqatsanoati korxonalari orasida eng kattasi - Kogon
yog’-ekstraktsiya zavodi. Shuningdek, Buxoro yog’-ekstraktsiya zavodi, “Vobkent
yog’”, “Shohrud”, “Yevrosnar” qo’shma korxonalari ham yetakchilik qiladi. Ayni
vaqtda, 2009- yildan boshlab sobiq Buxoro to’qimachilik kombinati (o’z paytida u
ulkan korxona hisoblangan) keyinchalik “Buxoro-teks” nomli korxona o’z
faoliyatini to’xtatdi.Viloyatda yuqoridagilardan tashqari “Halima begim Omad”,
“Sis Buxoro sayilga”, Olotda - “Merganteks”, Kogon, Romitan va Shofirkonda
tuqimachilik qo’shma korxonalari, shuningdek, “Buxorogips”, “Kogongips” QK,
Buxoro va G’ijduvonda teri mahsulotlarini qayta ishlovchi “Naqshbandiy” OAJlari
bor.
2018 yilda viloyat sanoat korxonalarida jami 5 736,9 tonna ip kalava, 48 797,0
ming kv.m.gazlamalar, 46 445,1 ming kv.m. tayyor ip gazlamalar, 337,1 ming juft
chulki paypoq, 337,1 ming juft paypoq, 47,8 tonna trikotaj mato, 118,0 ming juft
poyabzal, 6,5 mlrd kVt/ soat elektr-energiya, 21,0 tonna tonna qog’oz va karton,
135,3 mln dona qurilish g’ishtlari ishlab chiqarilgan.
Un va un mahsulotlarini Buxoro don mahsulotlari, Qorako’l va Kogan un-don
kombinatlari beradi. Qishloq tumanlari markazlarida paxta tozalash zavodlari
joylashgan, ularning eng kattalari G’ijduvon va Vobkent shaharlarida qurilgan.
Aroq va aroq mahsulotlarini “Shohrud” korxonasi ishlab chiqaradi. Qurilish
materiallari korxonasi Kogon, Buxoro va Vobkentda, qorako’l terisi zavodlari
Buxoro va G’ijduvonda joylashgan. Shu bilan birga, Buxoro, G’ijduvon kabi
shaharlarda mahalliy sanoat va milliy hunarmandchilik yaxshi rivojlangan
(zardo’zlik, zargarlik, misgarlik va b.).
Umuman olganda, viloyat sanoatining tarmoqlar tarkibida yoqilg’i- energetika
sanoati peshqadamlik qiladi - 41,3%. Yengil sanoatning ulushi -25,9 %), oziqovqat tarmog’iniki - 14,6 %. Qolgan sanoat tarmoqlaridan un-yorma, omixta yem
(4,4 %), qurilish materiallari sanoati (6,7 %), mashinasozlik va metalni qayta
ishlash (2,5 %) korxonalari ham faoliyat ko’rsatadi.
Sanoat ishlab chiqarishining hududiy tarkibi bir xil emas; bu borada Buxoro
va Kogon shaharlaridan tashqari Qoravulbozor tumani keskin ajralib turadi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin