Mavzu: Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə5/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#167827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Buxoro viloyatining iqtisodiy frdavis

Qishloq xo’jaligi. Buxoro viloyati respublikamizning muhim qishloq
xo’jaligi rayonlaridan biridir. Bu yerda, ayniqsa, paxta yetishtirish, Qorako’lchilik
yaxshi rivojlangan. Dehqonchilik jami qishloq xo’jalik mahsulotining 55,1 foizini,
fermer xo’jaliklari esa ushbu mahsulot hajmining 28,9 foizini ta’minlaydi.
Viloyatning cho’llik xususiyati bu yerda “foydali yer” koeffitsientining
pastligiga sabab bo’lgan. Masalan, jami 4197,3 ming gektar yerdan 2807,4 ming
gektari yoki 66,9 foizi qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarga to’g’ri keladi.
Ularning katta qismi esa ekstensiv chorvachilikka xizmat qiluvchi pichanzor va
yaylovlardan iborat. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar ulushi Peshku,
Vobkent, Romitan, G’ijduvon va Qorako’l kabi tumanlarda ancha yuqori.
Intensiv qishloq xo’jaligi, xususan dehqonchilikni rivojlantirishda
sug’oriladigan yerlarning ahamiyati katta. Bunday yerlar viloyatda 227 ming ga
yoki jami qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 8,1 foizini tashkil qiladi.
Ko’rinib turibdiki, bu raqam nihoyatda past bo’lib, yuqorida qayd etilgan Buxoro
viloyatining eng muhim cho’llik xususiyatini isbotlab beradi.Sug’oriladigan yerlar
vohalarda, ya’ni Buxoro - Qorako’l vohasida joylashgan. Binobarin, ularning
hissasi Vobkent, Kogon, Buxoro tumanlarida kattaroq. Eng kam sug’oriladigan
yerlar tumanlarning qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlariga nisbatan
hisoblaganda Peshku, Jondor, G’ijduvon, Qorako’l va boshqa cho’l tumanlarida
qayd etiladi.Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning atigi 7,1 foiziga ekin
ekiladi. Ayni vaqtda, bu ko’rsatkich Kogon, Vobkent tumanlarida 64- 74 foizga
yetadi. Peshkuda esa u bor-yugi - 2,0 %, Qorako’lda - 4,8 %, G’ijduvonda-5,3 %
va x.k. Cho’lda, albatta, yaylov va pichanzorlar ko’p bo’ladi. Shu bois, ularning
hissasi 91,9 foizga barobardir. Ayniqsa, bu ko’rsatkich Peshku tumanida yuqori -
97,8 %, Vobkent va Kogonda esa u ancha past.
2000-yilda viloyatning jami ekin maydoni 240 ming ga atrofida bo’lgan.
Uning 81 ming gektariga g’alla, 120 ming ga paxta, 16 ming ga yem- xashak, 7
ming gektariga sabzavot eqilgan. Bir yilda o’rtacha 330-350 ming t g’alla, 350-400
ming t paxta, 150 ming tonna turli xil sabzavotlar olingan; hosildorlik g’alla
yetishtirishda 40,3 s, paxtada 27,3 s/ga ni tashkil qilgan. Shuningdek, bir yilda
180-190 ming dona qorako’l terisi, 2200 tonna pilla tayyorlangan. 2013-yilda esa
vaziyat quyidagicha bo’lgan: jami ekin maydonlari 241 ming ga, uning 200 ming
gektari fermer xo’jaliklariga berilgan. Donli ekinlar (asosan bug’doy) maydoni 93
ming ga, yalpi hosil 628 ming tonna, hosildorlik 60,4 s/ga. Shundan bug’doy - 554
ming t, hosildorlik - 60,5 s/ga. Paxta maydoni 110 ming ga, yalpi hosil 350 ming
tonna atrofida, hosildorlik 31,5 s/ga teng bo’lgan. Demak, ko’rinib turibdiki,
So’nggi yillarda jami ekin maydonlari kam o’zgargan, g’allaga ko’proq yer
ajratilgan, paxta maydoni esa biroz qisqargan; hosildorlik g’alla va paxta
yetishtirishda oshgan.
Viloyatda kartoshka yetishtirish uncha rivojlanmagan. Bu ekinga 4,2 ming
ga yer ajratilib, undan 142 ming tonnadan ko’proq hosil olinadi. Sabzavot maydoni
esa 7,8 ming ga, yalpi hosil - 438 ming tonna. Ularning asosiy qismi dehqon
xo’jaliklarida yetishtiriladi. Yem-xashak ekinlarining umumiy maydoni jami ekin
maydonlarining 9,8 foizini tashkil qiladi, mevazorlar 11,7 ming ga, uzum - 9,7
ming gektarda yetishtiriladi.
2018-yilda viloyatda 80,3 ming gektarga donli ekinlar ekilib, undan 552,3 ming
tonna hosil olingan; hosildorlik – 57,1 s/gani tashkil etgan (shu jumladan, bug’doy
yalpi hosil – 453,2 ming tonna, hosildorlik 57,2 s/gani tashkil etgan).Mazkur yilda
viloyatda 104,5 ming gektar yerga paxta ekilib, 296,4 ming tonna hosil
yetishtirilgan (hosildorlik 28,3tsentnerni tashkil etgan).Shuningdek, 209,4 ming
tonna kartoshka (hosildorlik-243,1ts/ga), 688,8ming tonna sabzavot (hosildorlik-
257,9ts/ga), 148,3ming tonna poliz (hosildorlik-229,1 s/ga), 280,3 meva va
rezavorlar (hosildorlik-230,2ts/ga),188,1ming tonna uzum (hosildorlik-196,3ts/ga)
hosili yetishtirilgan.
2013-yil 01.01. holatiga yirik shoxli qoramollar soni 992 ming bosh, qo’y va
echkilar 1703 ming bosh bo’lgan. 2000-yilda chorva mollarining soni ancha
ko’paygan. Masalan, usha yilda yirik shoxli qoramollar 430 ming, qo’y va echkilar
840 ming bosh bo’lgan (bu borada Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand
viloyatlari bilan birga respublikamizda ajralib turadi).
2012-yilda go’sht (tirik vaznda) 162 ming tonna, sut 625 ming t, tuxum
217,5 mln. dona, jun 3120 t, Qorako’l terisi 384 ming dona, pilla 3100 t hajmida
olingan. 2019yilning 1 -yanvar holatiga bo’yicha viloyatda yirik qoramollar soni
1 209,0 ming boshni, shundan sigirlar 393,8 ming boshni, qo’y va echkilar 2 115,9
ming boshni, parrandalar 4695, 1ming boshni tashkil etgan.Shuningdek, mazkur
yilda viloyatda 243,0 ming tonna go’sht (tirik vaznda), 940,7 ming tonna sut,
428,6 mln dona tuxum yetishtirilgan.
Bu raqamlar 2000 yil ko’rsatkichlari bilan solishtirilsa, chorvachilik
sohasining ham so’nggi yillarda ancha rivojlanganligini kurish mumkin. Bevosita
agroiqtisodiyotga kelsak, bunda Buxoro, G’ijduvon, Qorako’l va Jondor
tumanlarining viloyat qishloq xo’jaligida yuqori o’rinlarni egallashi kuzatiladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin