Buxoro viloyatining kompleks rivojlanishini rag’batlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
3-rasm viloyatni komlekis rivojlanishi Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko’rish doirasida joriy yilning 22 iyul kuni Buxoro shahrida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xodjayev rahbarligida Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo’yicha Hukumat komissiyasining ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarning bevosita faoliyati davomida yuzaga keladigan dolzarb muammolarni muhokama qilish va hal etishga bag’ishlangan ochiq yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, Buxoro viloyati tumanlari va shaharlaridagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, shuningdek, viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 100 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.
3-rasm viloyatni komlekis rivojlanishi Tadbir davomida 50 dan ortiq muammoli masalalar, jumladan, kredit resurslarini ajratish, eksportchilar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash, kreditlarni to’lash muddatlarini uzaytirish, muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish, ilgari to’langan qo’shilgan qiymat solig’i summalarini qaytarish va boshqa jihatlar muhokama qilindi.
Xulosa Shuni xulosa qilib aytish mumkinki Xuddi shu tumandagi yana bir tadbirkor ichki interyerda ishlatiladigan metall buyumlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish va shu orqali 50 ta yangi ish o’rni yaratish uchun unga 500 ming dollar miqdorida kredit berishni so’radi.
Bir qator tadbirkorlar ogohlantirishlarsiz ro’y berayotgan elektr uzilishlaridan shikoyat qilishdi. Bu qimmatbaho xorijiy uskunalardan samarali va uzoq muddat davomida foydalanish uchun katta xavf tug’dirmoqda, qo’shimcha xarajatlar va ishlab chiqarishda uzilishlarni keltirib chiqarmoqda.
Vobkent tumanidan kelgan tadbirkor er uchastkasining qishloq xo’jaligi turidan qurg’oqchil maydonlari turiga o’tkazish maqsadida qayta ko’rib chiqishni so’radi, chunki so’nggi bir necha yil ichida qurg’oqchilik tufayli yerlari ekish uchun yaroqsiz bo’lib qoldi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 30 tadan ko’proq masalalar bo’yicha tezkor choralar ko’rilib, ularni amalga oshirish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Qolgan masalalar bo’yicha aniq echimlar ishlab chiqildi va mas’ul rahbarlarga tegishli amaliy chora-tadbirlarni o’z vaqtida bajarish vazifasi qo’yildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yanada rag’batlantirish bo’yicha istiqbolli g’oyalari va takliflari ko’rib chiqildi.
Yig’ilish yakunlari bo’yicha yakuniy bayonnoma qabul qilindi hamda mutasaddi rahbarlarga qo’yilgan vazifalarni samarali bajarish yuzasidan qo’shimcha topshiriqlar berildi.